Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Vakuum-bug‘lantirish usulida ferment eritmalarini quyuqlashtirish


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Vakuum-bug‘lantirish usulida ferment eritmalarini quyuqlashtirish 
Qattiq va suyuq oziqa muhitlarida o‘stirilgan mikroorganizmlarning 
ekstraktlari saqlash uchun chidamsizdir. Tayyor texnik preparat formalarini (P2x 
va G2x) olish uchun ularni quyuqlashtirish kerak. Quruq texnik yoki toza ferment 
preparatlarini olishda vakuum–bug‘lantirish usuli ham bir bosqich bo‘lib 
hisoblanadi. 
Odatda fermentlar bug‘lantirish haroratiga juda ta’sirchan bo‘ladi. SHuning 
uchun quyuqlashtirishning asosiy sharti past haroratda qaynatish va jarayonni 
qisqa muddat ichida olib borish bilan birga, bug‘lantirilayotgan suyuqlikni qizib 
ketishini va fermentlarning inaktivatsiyaga uchrashini oldini olishdir. 


94 
Agarda quyuqlashtirilayotgan eritma qanchalik toza bo‘lsa, shunchalik kam 
miqdorda har xil moddalarni kam tutadi va undagi fermentlar yuqori haroratga juda 
kam ta’sirchan bo‘ladi. Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan organizm ekstraktida juda 
ko‘p miqdorda himoyalovchi birikmalar bo‘ladi va ular quyuqlashtirish jarayonida 
ferment 
inaktivatsiyasining 
oldini 
oladi, 
lekin 
kultural 
suyuqligini 
quyuqlashtirishda buning aksini kuzatish mumkin, ya’ni ferment ko‘p miqdorda 
o‘z faolligini yo‘qotadi. 
Quyuqlashtirish jarayonida ferment eritmalaridagi moddalarning miqdori va 
mineral tarkibi bir muncha o‘zgaradi, quyuq modda hisobiga esa 11–20% gacha 
kamayadi va quyuqlashgan ekstraktning pH ko‘rsatkichi ham o‘zgaradi. 
Produtsendlarning turiga qarab ularning kultural suyuqliklari ham har xil kimyoviy 
tarkibiga va fermentlar kompleksiga ega bo‘lganligi uchun, vakuum–
bug‘lantirishning harorat rejimlari tadqiqot yo‘li bilan aniqlanadi. 
Ferment faolligini quyuqlashish jarayonida yo‘qotilishi nafaqat uni olib 
borilish rejimiga, balki uskuna yoki qurilmaning konstruksiyasiga ham bog‘liqdir. 
Keyingi yillarda vakuum–bug‘lantirgich uskunalari ancha takomillashtirilmoqda. 
Ushbu uskunalar turbka shaklida (gorizontal, vertikal va qiya) bo‘lib, jarayonning 
o‘tish muddatini 10 marotabaga yaqin qisqatiradi va fermentning faolligi 
yo‘qolishini bir muncha kamaytiradi. Bular jumlasiga “Alfa–Laval” (SHvetsiya), 
“Edinstvo” (YUgoslaviya), “Lyuva” (SHveysariya), “APV” (Fransiya) va boshqa 
bir qancha firmalar uskunalarini kiritish mumkin va ularning samaradorligi 200 
dan 20000 l/s ni tashkil qiladi hamda fermentning faolligi 10% atrofida yo‘qotiladi. 
Ushbu uskunalar yuqori samaradorligiga qaramay vakuum–bug‘lantirish 
usuli bilan fermentlarni quyuqlashtirish ko‘pgina kamchiliklardan holi emas. 
SHuning uchun bu usul o‘z o‘rnini asta–sekin ultrafiltrlash usuliga berishi 
mumkinligi yaqqol isbotlanmoqda. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling