Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni
ekstraksiya qilish Hamma fermentlar asosan suvda eruvchandir. SHuning uchun eng yaxshi ekstragent bo‘lib suv hisoblanadi. Mikroorganizmlardan fermentlarni olish uchun ular maydalanib, hujayra devorlari mexanik yoki avtomatik holda buzilib, ekstraksiya jarayoniga jalb qilinadi. Bu usulda ham ho‘l holdagi, ham quruq holdagi mikroorganizmdan ferment eritmasini olish mumkin. Biomassadan ferment ekstraksiyasini to‘liq amalga oshirish uchun: harorat, pH, jarayon davomiligi, ekstraksiya uskunasining konstruktiv xususiyatlari, ajratilayotgan ferment tabiati va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq. Bu omillar 93 har bir produtsent misolida alohida taqiqodlar yordamida aniqlanadi va tavsiya etiladi. Masalan, harorat ekstraksiya jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni juda ko‘p fermentlar termolabil bo‘lib, hattoki, 35–40 0 S da inaktivatsiyaga uchraydi. Shuning uchun zavod sharoitida iloji boricha suvning harorati 22–25 0 S da ushlab turiladi va har xil mikroflora o‘smasligi uchun antiseptiklardan (formalin, benzol, toluol, xloroform va h.k) foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda fermentlarni pH 5–7 ko‘rsatgichda to‘liq ajratib olish mumkin. Bioshrot bilan fermentlarning kam isrofgarchiligi asosida quyuqlashtirilgan ekstraktlar olish uchun maxsus ekstraksiya uskunalarini ishlatish darkor. Yaqingacha diffuziyali batareyalar keng ko‘lamda ishlatilar edi. Bu qurilmada ekstraksiya qilingan mikroorganizm fermenti nisbatan ko‘p faollikni yo‘qotadi va qo‘l ishiga asoslangan holda ko‘p xarajat talab qiladi. SHu bilan birga kam samaradordir. SHuning uchun to‘xtovsiz ishlovchi ekstraksiya uskunalari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bular jumlasiga ferment sanoatida bir muncha qiziqish uyg‘otgan yuqori bosimda ishlovchi “Niro Atomayzer” (YAponiya) firmasi va rotor tipidagi “Rouns–Dauns” firmasi ekstraktorlaridir. Lekin hozirgi vaqtda press–diffuziya jarayoniga asoslangan uskunalarga qaytish an’anasi kuzatilmoqda. Uning mohiyati shundaki, suvda ushlab turilgan kultura presslanadi va yana suvda tindirilib presslanadi va h.k. larga asoslanadi. Ehtimol ekstraksiyaning bu usuli kelajakda o‘z rivojini topishi mumkin. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling