Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Uglerod manbalari 
Gidrolitik fermentlar asosan indutsibel tabiatga ega bo‘lganligi uchun oziqa 
muhiti tarkibiga kerakli bo‘lgan fermentni faol to‘plpsh maqsadida uning 


85 
induktorini qo‘shishi darkor. 
Uglerod manbasi mikroorganizmlar uchun eng kerakli bo‘lgan 
komponentdir, chunki barcha organizmlarda eng asosiy metabolik jarayonlar aynan 
shu element ishtrokida amalga oshiriladi. Uglerod mabasi vazifasini har xil organik 
birikmalar bajarishi mumkin va ular hujayra moddalarini boshlang‘ich materiallari 
hamda energiya manbasi sifatida ishlatiladi. 
Mikroorganizmlardan gidrolitik fermentlarni olishda uglerod manbasiga 
alohida e’tibor berish kerak, chunki ular shu kompleks fermentlarning 
stimulyatorlari bo‘lib hisoblanadi. Agarda uglerod manbasi (kraxmal, pektin va 
h.k) oziqa muhitiga ko‘p miqdorda qo‘shilsa, ular harakatsiz bo‘lib qoladilar va 
shuning uchun mikroorganizm talabiga qarab ularni qism – qism qilib qo‘shish 
kerak. Uglerod manbasini tanlash albatta, mikroorganizmning fiziologik 
xususiyatlariga va u hosil qiladigan fermentning turiga bog‘liqdir hamda har bir 
mikroorganizm uchun tadqiqotlar yo‘li bilan aniqlandi. 
Azot manbalari 
Muhitda azot manbasi vazifasini mineral tuzlar yoki azotning organik 
birikmalari bajarishi mumkin. Masalan, proteinazalar hosil bo‘lishida azot 
manbalari nafaqat oziqa muhitining muhim komponent sifatida, balki, biosintez 
jarayonini faollashtiruvchi vazifasini ham bajaradi. Eng yaxshi natijalar muhitga 
oqsillar va ularning parchalanish mahsulotlarini qo‘shishi yo‘li bilan olinadi. 
Azotning organik mabalariga hayvonlarnig har xil oqsillari (pepton, kazein, 
gemoglobin, jelatin, tuxum oqsili), o‘simlik xom ashyolari oqsillari 
(yog‘sizlantirilgan soya, makkajo‘xori ekstrati), mikroorganizmlarning biomassasi 
hamda oqsillarning kislotali, ishqorli va fermentativ gidrolizatlari, aminokislotalar 
va boshqa birikmalar kiradi. 
Azotning noorganik manbalari sifatida asosan har xil azot kislotasi va 
ammoniyning tuzlaridan foydalaniladi. Noorganik azot manbalarini tanlashda 
kation va anionlarning fiziologik ta’siriga e’tibor berish kerak. Muhit pH 
ko‘rsatkichini ishqoriy yoki kislotali tomonga o‘zgarishi produtsentning biosintetik 
xusisiyatiga qattiq ta’sir qiladi. 


86 
Ko‘p tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda, azotning organik 
manbalaridan foydalanish noorganiklarga nisbatan ko‘proq ijobiy hisoblanadi. 
Lekin ularni birgalikda ma’lum o‘rganilgan miqdorda ishlatilsa, ularning ta’siri 
ko‘p hollarda ijobiy tomonga buriladi. 
Oziqa muhitida azot va uglerodning nisbati shunday bo‘lishi kerakki, 
mikroorganizm ikkala elementga ham muhtojlik sezmasligi kerak. Bir element 
tanqisligini ikkinchi element hisobiga to‘g‘irlash mumkin emas. Masalan, 
glyukozaoksidaza va katalaza fermentlarini Penicillium vitale zamburug‘i azot va 
uglerodning o‘zaro nisbatiga qarab hosil qiladi va ushbu nisbatni o‘zgartirish yo‘li 
bilan yoki glyukozaoksidaza, yo bo‘lmasa katalaza olish mumkin. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling