Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Haroratning ta’siri. Ko‘pgina fermentlarning produtsentlari, xususan 
mikroskopik zamburug‘lar, mezofil mikroorganizmlar hisoblanadi va ularning 
rivojlanishi uchun mo‘‘tadil harorat 22 – 32
0
S atrofida bo‘ladi. 
Fermentlarni bakterial produtsentlari orasida ko‘pgina termofillari ham 


84 
uchraydi va ularni ularni mo‘‘tadil o‘stirish harorati 35 – 55
0
S dir. Masalan, 
B.mesentericus PB bakteriyasi – 37
0
S ni talab qilsa, Bac.diastaticus 60 – 65
0
S ni, 
Asp.oryzae esa atigi 28 – 30
0
S ni talab qiladi. Hamda lipaza fermentining 
produtsenti Rhizopus microsporus zamburug‘ining faol rivojlanishi va ferment 
hosil qilishi uchun 40
0
S harorat mo‘‘tadil hisoblanadi. 
Sanoatda termofil mikroorganizmlardan foydalanishning bir qancha ijobiy 
tomonlari bor. CHunki ularni yuqori haroratda o‘stirilganda jarayonning 
sterilligiga bo‘lgan talabni o‘z – o‘zidan kamaytiradi. Bundan tashqari termofil 
mikroorganizmlar yuqori haroratga bardoshli bo‘lgan fermentlarni hosil qiladi. 
Harorat hosil bo‘layotgan ferment miqdorining o‘zgarishida katta ahamiyatga 
egaligi bilan ham ajralib turuvchi omildir. 
Mikro- va makroelementlar ta’siri 
Miroorganizmlarni o‘stirish uchun oziqa muhitlarini tayyorlashda ferment 
sanoati yoki qishloq xo‘jaligi o‘simliklari qoldiqlaridan keng ko‘lamda 
foydalaniladi. Qattiq oziqa muhitlari asosan qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining 
qoldiqlarini maydalab, namligini ma’lum darajaga keltirib va unga boshqa makro– 
va mikroelementlarning eritmalarini aralashtirib tayyorlanadi. 
Suyuq oziqa muhitlari tayyorlashda esa kam eruvchan komponentlardan 
miqdori cheklangan holda foydalanish mumkin. Aks holda uning erimagan 
qoldiqlari oziqa muhiti va kultural suyuqlikni qayta ishlashda xalaqit beradi. Oziqa 
muhiti tarkibiga har xil o‘simlik va ferment sanoati qaynatmalari va gidrolizatlari 
dag‘al filtratlarini hamda spirt bardasi, mikroblar biomassasi plazmolizatlari, 
aminokislotalar va boshqalarni qo‘shib tayyorlash mumkin. Bularda yirik 
qoldiqlarning bo‘lmasligi to‘xtovsiz o‘stirish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. 
Suyuq oziqa muhitlari tarkibida, odatda 2,5% dan 20% gacha urug‘ moddalar 
eritma holida bo‘ladi. Muhitning pH ko‘rsatgichi uni tayyorlash vaqtida va 
sterilizatsiyasidan keyin nazorat qilinadi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling