Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Yarim o‘tkazgich membranalar yordamida immobilizatsiya qilish


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Yarim o‘tkazgich membranalar yordamida immobilizatsiya qilish 
Bu usul kichik molekulali substratni suvdagi eritmasi, katta molekulaga ega 


76 
bыlgan ferment eritmasidan yarim o‘tkazgich membrana yordamida ajralib 
turishiga asoslangan. YArim o‘tkazgich membrana substratni oson o‘tkazadi, 
ferment esa membranadan o‘ta olmaydi. Bu usulni har xil modifikatsiyasi, yarim 
o‘tkazgich membranalapHi olish va ulapHi tabiati asosida yaratilgandir. 
Mikrokapsulalash - usuli birinchi bыlib, 1964 yilda T.CHang tomonidan 
yaratilgan. Bu usul - fermentni suvdagi eritmasini mikrokapsulalar ichiga 
joylashtirishdan iborat. Mayda teshikli polimer plyonkalardan tashkil topgan 
kichik koptokchalar ichidagi Fermentlarni tashqariga chiqishi belgilab qo‘yilgan. 
KapsulalapHi olish usuliga qarab, ulapHi o‘lchami hal xil bo‘ladi (10 dan 100 
mikrometrgacha). 
Mikrokapsulalar olishning ikki usuli mavjud bo‘lib, birinchisida fermentni 
suvdagi eritmasi PAV (sirt faol moddalar) saqlovchi dietilefiri bilan kuchli 
aralashtirish natijasida dispers o‘olatga o‘tkaziladi. PAV - bu erda emulgator 
vazifasini bajaradi. Hosil bo‘lgan emulsiyaga, to‘xtatmasdan polimepHing efirdagi 
eritmasi qo‘shib boriladi. 
Polimer (nitrat sellyuloza), suvda erimasligi sababli emulsiyaga tekkan joyda 
yupqa membrana mikrokapsula hosil qiladi. Tayyor bыlgan mikrokapsula 
sentrifuga yordamida yoki filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi. 
Mikrokapsula hosil qilishning ikkinchi yo‘li - ikki moddaning fazalararo 
polikondensatsiya qilishiga asoslangan. Moddalardan biri suvning mayda 
emulsiyalarida ikkinchisi esa organik fazada erigan bыladi. Ko‘p tarqalganlardan 
biri poliamid mikrokapsulasi. 
Bu mikrokapsula 1,6-geksametilendiamin (suv fazasi) va sebatsin 
kislotasining xlor gidridi (organik faza) asosida olinadi. Bu usul faqatgina yuqori 
pH ga chidamli bo‘lgan (diamin eritmasi) fermentlar uchun ishlatilishi mumkin. 
Mikrokapsula hosil qilish uchun ishlatiladigan ferment eritmasi 10% atrofida inert 
oqsil moddasi (gemoglobin) saqlashi lozim. Bu oqsil kapsula ichida kerakli bosim 
bo‘lishini hamda fermentni mo‘tadilligini ta’minlaydi. Fermentni mo‘tadilligini 
oshirishi uchun glutaraldegid bilan ishlov beradi, ba’zida esa adsorbsiya yoki gelga 
kiritish yo‘li bilan immobilizatsiya qilinadi. 


77 
Ba’zi holatlarda immobilizatsiya qilish uchun molekulalari kovalent 
bog‘langan oqsillardan tashkil topgan membranalardan ham foydalaniladi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling