Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Gel ichiga kiritish yo‘li bilan immobilizatsiya qilish


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Gel ichiga kiritish yo‘li bilan immobilizatsiya qilish 
Bu usulni mohiyati shundan iboratki, ferment molekulasi, qattiq to‘qilgan 
polimer zanjirlaridan iborat bo‘lgan gel hosil qiluvchi uchlamchi elaklarga 
o‘pHatiladi. Zanjir bog‘lari orasidagi masofa ferment molekulasidan kichik 
bo‘lgani uchun, u maxkam siqilib turadi va polimerdan chiqib keta olmaydi. 


75 
Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‘ni mustaxkamligini oshiruvchi omil rolini 
ferment va tashuvchi gel orasida paydo bo‘lgan vodorod bog‘lari ham o‘ynashi 
mumkin. 
Polimer zanjirlari orasidagi bo‘shliq suv bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Masalan, 
akril kislotasi hosilalari asosida paydo bo‘lgan gelda, uning miqdoriga qarab, 50 
dan 90% gacha suv bo‘lishi mumkin. 
Fermentlarni gelda immobilizatsiya qilishning ikki usuli bor. Birinchisi
ferment monomer eritmasida eritiladi so‘ngra polimerizatsiya qilinadi. Bunday 
eritmaga ko‘pchilik hollarda bifunksional agentlar ham qo‘shiladi. 
Ikkinchisi, P.Bertfeld va Dj.Uenlar ishlatgan N-N' metilen-bisakrilamidni 
polimerizatsiya qilish asosida olinadigan immobilizatsiyalangan fermentlar. 
Gelga kiritish yo‘li bilan immobilizatsiya qilish usuli o‘zining soddaligi 
bilan ajralib turadi. Bu usul bilan fermentni xoxlagan geometrik konformatsiyada 
(sferik zarrachalar va x.k.) olish va fermentni tashuvchi ichida bir tekis tarqalishiga 
erishish mumkin. 
Ko‘pchilik polimer gellar o‘zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa 
chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar esa Fermentlarni bir necha 
marotabalab ishlatish imkonini beradi. Bu usul universal usul bo‘lib nafaqat barcha 
xildagi fermentlar, balki poliferment tizimlar, hujayra va hujayra fragmentlarini 
immobilizatsiya qilish uchun ham to‘g‘ri keladi. Bu usulni ijobiy tomonlaridan 
yana biri - uni fermentga mo‘tadillik berish imkoniyatidir. Va nihoyat bu usulda 
immobilizatsiya qilingan ferment, bakteriologik zararlanishdan qo‘rqmaydi 
chunki, ferment molekulasidan katta bo‘lgan bakteriyalar gelni ichiga kira 
olmaydilar. 
Usulning eng katta kamchiligi ba’zi bir holatda polimer matrikslari 
substratni diffuziyasigi xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi past bыlishi 
mumkin. SHunday ekan, substrat sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatilganda 
bu usuldan butunlay foydalanish mumkin emas. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling