74
ketmasligi uchun adsorbsiya qilingan ferment qatlami bifunksional agentlar bilan
ishlov beriladi.
Natijada, tashuvchi satxida Fermentlarni bir-birlariga bog‘langan
holatidan iborat yupqa plenka hosil bo‘ladi. Bifunksional agent sifatida
glutaraldegid, gossipol va boshqalapHi ishlatish mumkin.
Immobilizatsiya qilishni original yo‘li professor K.Martinek
tomonidan
namoyish etilgan. Buning uchun qisman kimyoviy destruksiyaga uchragan neylon
iplaridan foydalaniladi.
Tashuvchi, ferment eritmasiga solinadi va mexanik
tortiladi, natijada neylonni g‘ovaklari
yiriklashib, unga fermentning joylashishi
osonlashadi. Ma’lum vaqtdan keyin tortib turgan kuch olinadi va neylon yana o‘z
holatiga keladi, ferment esa g‘ovaklarda siqilib qoladi.
Elektr toki yordamida
ushlash usuli, immobilizatsiyaning yangi usullaridan bo‘lib, membranalar
yordamida ajratilgan elektrodlar bilan kollektorlarda elektr maydoni hosil qilinadi.
Kollektor
qilib silikagel, ion almashuv smolalari, minerallar ishlatilishi mumkin.
Ferment kollektorlarda elektrostatik va dipol-dipollik o‘zaro ta’sir
kuchlari orqali
ushlanib qoladi. Bu usulni yomon tomoni shundan iboratki, immobilizatsiya tizimi
hamisha elektr toki ta’sirida bo‘lishi shart. Tok uzilsa yoki o‘chsa ferment
tashuvchidan yuvilib ketadi.
Adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilishning afzalligi va kamchiliklari
Afzalligi
Kamchiligi
Sorbentning arzonligi
Ferment
va tashuvchi orasidagi
bog‘ni mustaxkam emasligi
EksperimentlapHi osonligi
Umumiy yagona yo‘riqnomani
yo‘qligi
Bir vaqtni o‘zida fermentni
tozalash mumkinligi
Do'stlaringiz bilan baham: