Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentning miqdori
pH belgilari
Reaksiya muhiti immobilizatsiya qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega, ayniqsa sorbsiya, elektrostatik o‘zaro ta’sir yordamida amalga oshirilgan holatlarda. Bunga asosiy sabab pH o‘zgarishi bilan oqsil yoki tashuvchining sorbsiya uchun javobgar bo‘lgan ionogen guruhlapHi ionizatsiyasi o‘zgaradi. Ionalmashuv xossalariga ega bo‘lmagan tashuvchilardan foydalanganda, sorbsiya oqsil yoki fermentni izoelektrik nuqtasida amalga oshirilsa yaxshi natija beradi. Ammo bu qonuniyatni chetlab o‘tish hollari ham uchrab turadi. Masalan, albuminni lateksga sorbsiya bo‘lishini har xil pH da o‘rganib chiqilganda bu jarayonni pH ga aloqadorligi W simon bo‘lganligi, ko‘mirda adsorbsiya qilinganda esa mo‘tadil pH 3 dan 6 gacha o‘zgarishi, bu o‘zgarish ko‘mipHi tabiatiga bog‘liqligi isbotlangan. Ion kuchi Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‘lanishni kuchiga ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. TuzlapHi yuqori miqdorda tashuvchi sirtidan elektrostatik yo‘l bilan bog‘langan fermentni siqib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ion kuchini oshishi bilan fermentni desorbsiyasi oshib boradi. Ba’zi hollarda bunga aksincha ta’sir ham uchrab turadi, buni oqsilni "tuzlanishi" deb ataladi. Fermentning miqdori Eritmada fermentni miqdori oshib borgan sari, uni sorbsiya bo‘lishi va immobilizatsiya bo‘lgan fermentni katalitik faolligi oshib boradi. Immobilizatsiya bыlgan ferment faolligini, eritmadagi ferment miqdoriga nisbatan taqqoslab o‘rganganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fermentni eritmadagi miqdorini oshib borishi bilan ma’lum nuqtagacha fermentni katalitik faolligi oshib boradi va undan keyin o‘zgarmasdan qoladi va hatto kamayishi ham mumkin. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, fermentni faolligi tashuvchi satxini butunlay qoplab olgunga qadar faollik oshib boradi, keyin esa ferment 2-chi, 3-chi qavat hosil qiladi va x.k. Oxirida, tashuvchining eng tepa qismida yopishgan fermentlar 72 faollik ko‘rsatadi, tagida qolganlari esa substrat bilan aloqa qilaolmaydilar va o‘z- o‘zidan "ishsiz" qoladilar. SHuning uchun ham immobilizatsiya bo‘lgan fermentni faolligi kamayadi. Harorat Haroratni oshishi adsorbsiya jarayoniga ikki xil ta’sir qiladi. Birinchidan, haroratni oshishi fermentni inaktivatsiyasiga (denaturatsiya) olib keladi, ikkinchi tomondan esa haroratni oshishi fermentni tashuvchi g‘ovaklariga diffuziyasini kuchaytirish hisobidan, ferment faolligini oshishiga olib keladi. Demak, adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilishni mo‘tadil sharoiti bo‘lish kerak. Bunday harorat adsorbsiya qilinadigan fermentni tabiati va tashuvchi satxiga bog‘liq bo‘lib, har bir ferment yoki tashuvchi uchun qator tajribalar orqali topiladi. SHunday qilib, Fermentlarni adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilish bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, faqat tajribalar asosida aniq topiladi. Quyida ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‘ni kuchaytirishga xizmat qiluvchi omillar haqida fikr yuritamiz. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling