Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Immobilizatsiya qilish usullari


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Immobilizatsiya qilish usullari 
Immobilizatsiya qilish usullari ikkiga bo‘linadi: 
fizikaviy yo‘llar bilan immobilizatsiya qilish; kimyoviy yo‘llar bilan 
immobilizatsiya qilish; 
Har qaysi usulda immobilizatsiya qilishda quyidagilarga e’tibor berish 
kerak; "tashuvchilar" (sorbentlar) ning tabiati va fizik-kimyoviy xususiyati organik 
va noorganik tabiatga ega bo‘lishlari mumkin. 
Immobilizatsiya qilishga mo‘ljallangan "tashuvchi" larga quyidagi talablar 
qo‘yiladi:
kimyoviy va biologik mo‘tadillik; 
 
mexanik nuqtai nazardan mustahkamlik; 
 
ferment va uni substrati uchun o‘tkazuvchanlik; 
 
texnologik jaroyonlar uchun zarur bo‘lgan shaklda olinishi 
 
osonligi (granula, membrana, varak va xokazo holatda). 
 
reaksion shaklda tez kirishi; 
 
yuqori gidrofilligi (immobilizatsiya jarayonini suvli muhitga o‘tkazish 
uchun); 
 
arzonligi. 
Tabiiyki, bu talablarni barchasiga javob beraoladigan tashuvchilar yo‘q. SHu 
sababli ham immobilizatsiya uchun juda ham ko‘p materillardan foydalanishga 
to‘g‘ri keladi. 
Organik polimerli tashuvchilar 
Bunday polimerlarni ikki sinfga bo‘lish mumkin: tabiiy polimerlar va sun’iy 
polimerlar. O‘z navbatida tabiiy polimerlarni ham biokimyoviy xossalariga qarab 
guruhlarga bo‘lish mumkin; polisaxaridlar; oqsil, lipid tabiatli tashuvchilar. Sun’iy, 
ya’ni sintez yo‘li bilan olingan polimerlar ham guruhlarga bo‘linadi, masalan, 
makromolekularni asosiy zanjirni kimyoviy tuzilishiga qarab, polimetilenlik, 
poliamidlik, poliefirlik tashuvchilar va x.k. 
Immobilizatsiya qilish usulli, fermentni xususiyatini va ishlatilishiga qarab, 


67 
"tashuvchi"larga bir qator qo‘shimcha talablar qo‘yiladi: kovalent immobilizatsiya 
qilinganda "tashuvchi" fermentni faolligini belgilovchi qismi bilan bog‘lanmasligi 
lozim; (fermenti faollik markazi o‘z holda bo‘lishi shart), ferment faolligini 
pasaytirish xususiyatlari bo‘lmasligi shart. 
Immobilizatsiya qilish jarayonida quyidagilarni bilish lozim; "Tashuvchi" va 
ferment har xil zaryadlarga ega bo‘lsalar, immobilizatsiya jarayoni tez va 
mustahkam kechadi, aksincha bir xil zaryadga ega bo‘lsalar jarayon qiyin kechadi; 
"tashuvchini" zarrachalari qancha kichik bo‘lsa, sorbsiya qilish xususiyati shuncha 
baland bo‘ladi. Immobilizatsiya jarayonida ko‘proq polimetilen tipidagi 
"tashuvchi" lar boshqalarga nisbatan kengroq ishlatiladi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling