Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Allosterik boshqarilish. Ko‘pgina fermentlar, faollikni oshiruvchi yoki
pasaytiruvchi, ma’lum bir metabolitlar bilan qayta bog‘lanishi mumkin. Bunday metabolitlar effektorlar deb yuritiladilar. Effektor fermentning katalitik faol markazi bilan bog‘lanmasdan, maxsus boshqaruvchi – allosterik markazga bog‘lanadi. Allosterik fermentlar odatda 2 yoki undan ortiq subbirliklardan tashkil topgan. Bir subbirlikda katalitik markaz (katalitik subbirlik), boshqasida – boshqaruvchi markaz (boshqaruvchi subbirlik) mavjud. Allosterik ingibitor bo‘lmagan sharoitda substrat katalitik faol markaz bilan bog‘lanadi va reaksiya sodir bo‘ladi. Agar muhitda allosterik ingibitor bo‘lsa, u boshqariluvchi markaz bilan bog‘lanadi, natijada boshqaruvchi subbirlikning konformatsiyasini o‘zgartiradi; buning natijasida katalitik subbirlikning, katalitik markazning ham konformatsiyasi o‘zgarib, natijada fermentning faolligi pasayadi. Allosterik ingibitorning konsentratsiyasi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p ferment molekulasi u bilan bog‘lanadi va substratning parchalanish tezligi shuncha past bo‘ladi. Allosterik aktivatorlar ta’sir etganda xuddi shu yo‘sinda fermentning faolligi ortadi. Misol tariqasida, uridintrifosfat (UTF) sintezining boshqarilishini ko‘rib chiqamiz. Tuzilishi bo‘yicha UTF ATFga o‘xshaydi. UTF sintezining metabolik yo‘li 8 reaksiyani o‘z ichiga oladi. Birinchi reaksiya karbamoilfosfatsintetaza II bilan boshqariladi. Reaksiya natijasi – karbomoilfosfat – uglerod ikki oksidi, glutaminning amid guruhi va ATFning fosfat qoldig‘idan hosil bo‘ladi; ATF energiya manbai bo‘lib ham xizmat qiladi. Karbamoilfosfatsintetaza II – allosterik ferment: metabolik yo‘lning oxirgi mahsuloti – UTF – uning allosterik ingibitori hisoblanadi. UTF konsentratsiyasi 59 qancha yuqori bo‘lsa, shuncha UTF sintezi past bo‘ladi. Sarflanish tezligi hujayraning ehtiyojiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday boshqarilish manfiy qayta bog‘lanish orqali boshqarilish deb yuritiladi. Oqsil ingibitorlari bilan boshqarilish. Oqsillarni fosforlovchi fermentlar proteinkinazalar faolligining ingibitorlari bilan boshqarilishning muhim misollaridan hisoblanadi. Proteinkinaza faol shaklda bitta polipeptid zanjirdan iborat (C subbirlik). Hujayrada C oqsil bilan birika oladigan oqsil mavjud (R subbirlik). Hosil bo‘lgan tetramer R2C2 kompleks fermentativ faollikka ega emas. Fermentning faollanishi sAMF ishtirokida boradi. R subbirlik yuzasida sAMFni bog‘lovchi markaz bor: sAMF bog‘langandan keyin oqsilning konformatsiyasi o‘zgaradi va R subbirlikning C subbirlikka mos kelishi pasayadi, kompleks dissotsiatsiyaga uchraydi: R 2 C 2 + 2sAMF → R 2 s AMF 2 + 2C Bu jarayon qaytar bo‘lganligi sababli, hujayrada sAMF miqdorining ortishi proteinkinazaning faollanishiga olib keladi. Bu jarayonning pasayishi esa – ingibirlanishni vujudga keltiradi. Proteolitik fermentlarning oqsil ingibitorlari keng tarqalgan. Bu ingibitorlarning funksiyasi – organizm to‘qima va suyuqliklarida oqsillarning barvaqt parchalanishining oldini olish hisoblanadi. Xususan, qon plazmasidagi proteinazalarning oqsil ingibitorlari fiziologik faol peptid, qon ivishi, qon laxtalarining erishi kabi jarayonlarni boshqarishda qatnashadilar. Oqsil effektorlarining ta’sir mexanizmi ferment konformatsiyasining o‘zgarishi hamda metabolitlar bilan allosterik boshqarishdagi kabi bo‘lishi mumkin. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling