Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Tripsinogen———————-→ tripsin + geksapeptid


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Tripsinogen———————-→ tripsin + geksapeptid
229 aminokislota qoldig‘i 223 aminokislota qoldig‘i 
Polipeptid zanjirning ma’lum qismi ajratilgandan keyin uning fazoviy 
strukturasi o‘zgaradi va faol markazi shakllanadi, ya’ni faol bo‘lmagan 
o‘tmishdosh faol tripsin fermentiga aylanadi. Ba’zi holatlarda qisman 
proteolizning ketma-ket ketuvchi shalola reaksiyalari sodir bo‘ladi. Faollashgan 
ferment o‘z navbatida keyingi fermentning faolligini oshiradi va hk. Masalan: qon 
ivishi bir qator fermentlarning faollanishi shalola mexanizmi asosida sodir bo‘ladi, 
oxirgi ferment qon plazmasining eruvchi oqsili fibrinogenni erimaydigan oqsil 
fibringa aylantiradi. 
Qisman proteoliz orqali ferment faolligining boshqarilishi proteolitik 
fermentlar (peptidgidrolaza) uchun xosdir. Peptidgidrolazalarning substratlari 
bo‘lgan oqsillar faollanib ketsa hujayraga zarar keltirishlari mumkin. Shuning 
uchun, evolyutsiya davomida proteolitik fermentlarni faol bo‘lmagan holda 
bo‘lishi, hujayrada saqlanishi va kerak bo‘lgan holda faollanish mexanizmi ishlab 
chiqilgan. 
Fermentlarni hujayrada joylanishi 
Barcha hujayralar uchun umumiy bo’lgan jarayonlarda ishtirok etadigan turli 
xil fermentlarni uchratish mumkin. Ixtisoslashgan hujayralarda faqat shu 
hujayralarning vazifasi bilan bog`liq bo’lgan fermentlar uchraydi. Hujayralarning 
har bir organoidi ham muayyan bir biokimyoviy vazifani bajarganligi uchun 
ularning tarkibida shu vazifa bilan bog`liq bo’lgan fermentlar yoki ularning 
majmuasi joylashadi. 


62 
Mitoxondriyalarda energiyaga boy bo’lgan ATF ni katalizlovchi 
oksidlanish-qaytarilish 
fermentlari 
bo’ladi. Bu energetik generatorlarda 
(mitoxondriyalarda) DNK, RNK larni borligi kuzatilib, ularga tegishli fermentlar 
mavjudligi aniqlangan. 
Xloroplastlarda uglevodlarning hosil bo’lishi bilan bog`liq bo’lgan ferment 
tizimi hamda quyosh energiyasini kimyoviy bog`larga aylantirish reakstiyalarini 
katalizlovchi fermentlar joylashgan. Glikoliz jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar 
hujayraning suyuq qismi gialoplazmada aniqlangan. Lizosoma va vakuolalar 
tarkibida har xil organik birikmalarni parchalaydigan gidrolaza fermentlari 
mujassamlashgan. 
Oqsillar biosintezi bilan bog`liq bo’lgan fermentlar ribosomada, nuklein 
kislotalarning almashinuvini katalizlaydigan fermentlar esa yadroda uchraydi. 
Shunday qilib, hujayraning organoidlarida joylashgan fermentlar tizimi hujayra, 
to’qima, a’zo va umuman tirik organizm faoliyatini mutanosib-gormoniya holida
maqsadga muvofiq ishlashda benihoya katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling