Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Fermentlaning qanday ta`sir mexanizmlari mavjud? 2. Fermentlarning funksional tuzilishini tushuntiring? 3. Izoferment nima? 4. Izofermentlarning ishlash prinsipi nimadan iborat? 5. Multifermentlar qanday xususiyatga ega? 6. Multifermentlar qanday mexanizm asosida ishlaydi? 7. Fermentlarni substrat bilan bog`lanish usullarini tushuntiring? 8. Substrat va fermentning o`zaro bog`lanuvchi bog`lariga nimalar kiradi? 9. Kofermentlarga misollar keltiring? 10. Ferment faolligini oshiruvchi metallar qanday xususiyatga ega? 1.5. Fermentlarning aktivligiga aktivator va ingibitorlarning ta`siri Fermentativ reakstiyalar ayrim moddalar ta’sirida qisman yoki to’liq faolligini yo’qotishi mumkin, unday birikmalarni fermentlarning ingibitorlari deyiladi. Ayrim ferment ingibitorlaridan dori sifatida samarali foydalanish mumkin. Ba’zi ingibitorlar ferment ishtirokida faoliyatini butunlay to’xtatishi yoki organizmga zahar sifatida ta’sir qilishi mumkin. Reakstion muhitda ba’zi bir ionlarning ishtirok etishi ferment – substrat kompleksi hosil bo’lishini tezlashtiradi. Bunday moddalar aktivatorlar deyiladi. Fermentativ reakstiyalarning faolligini pasaytirish bir necha xil bo’ladi: konkurent (raqobatli) va nokonkurent (raqobatsiz) yo’l bilan amalga oshiriladi. Raqobatli ingibitorlar strukturalari bo’yicha substratlarga o’xshab, ular ferment- ingibitor kompleksini hosil qilib, substratni siqib chiqaradi. Bunda ferment denaturastiya hodisasiga uchramasdan, o’z faolligini pasaytiradi. Ferment faolligini 55 raqobatli pasaytirish qaytar bo’lib, substratning miqdori ko’p bo’lganda, ferment- ingibitor kompleksidan ingibitorni siqib chiqarishi mumkin. Ko’pchilik dori-darmon moddalari inson va hayvonlarga raqobatli konkurent sifatida ta’sir qiladi. Misol tariqasida, sulfamid preparatlarini ta’sir qilish mexanizmini ko’rsatish mumkin, ular strukturasi bo’yicha p-aminobenzoy kislotasiga (PABK) o’xshaydi. Bu modda mikrob hujayrasidagi fol kislotasining intermedianti hisoblanadi. Fol kislota esa nuklein kislotasining almashinuvida hal qiluvchi moddalardir. Organizmga sulfamid dori berganda PABK metabolizm – fermentining faolligi ingibirlanadi. Natijada nuklein kislotaning sintezi kamayib, mikroorganizm esa o’ladi. Bu erda sulfanilamid fol kislotasining sintezlovchi fermentga raqib hisoblanadi. Shunday qilib, ko’pchilik dorilar ferment bilan raqobatli konkurent asosida ta’sir qiladi. Dorining samaradorligini oshirishda ingibitor ferment bilan yuqori darajada bog`lanishi lozim, aks holda dorining miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi. Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarning faol markaziga (substrat birikadigan joyga) birikmaydi. Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarning faol markazidan uzoq bo’lmagan erlarga ta’sir qilib, fermentning konfarmastiyasini qisman buzib, faol markazini dezintegrastiyaga sabachi bo’ladi. Shunday ingibitorlar borki, ular ferment – substrat kompleksining ajralishiga yo’l qo’ymaydi. Bularga misol tariqasida, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan gerbistidlar, insektistidlar va stimulyatorlarni keltirish mumkin. Reaksiya tezligini pasaytiruvchi moddalarga fermentlar ingibitorlari deb ataladi. Oqsil denaturatsiyasini vujudga keltiruvchi moddalar va omillar (qizdirish, kislota, ishqor, og‘ir metall tuzlari va boshqalar) fermentlarni ingibirlaydi. Qaytar va qaytmas ingibirlanish tafovut etiladi. Qaytar ingibirlanishda reaksiya tezligining pasayishi ingibitor va ferment o‘rtasidagi reaksiya tezligini qaytar pasayishi hisobiga boradi: E+I ↔ EI Fermentlarning qaytmas ingibirlanishi mustahkam ferment va ingibitor ta’sirida birikma hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi: 56 E+ I → I EI Kompleksining hosil bo‘lishi kataliz jarayonida ishtirok etuvchi ferment funksional guruhlari bilan kovalent bog‘ hosil bo‘lishi hisobiga boradi. Ta’sir mexanizmiga ko‘ra qaytar ingibirlanish quyidagicha bo‘linadi: 1) raqobatli; 2) raqobatsiz; 3) raqobat qilmaydigan; 4) substrat; 5) allosterik. Raqobatli ingibirlanishda ingibitor fermentning substrat bilan birikadigan funksional guruhlari bilan birikadi. Raqobatli ingibitorlar odatda substrat bilan tuzilishi jihatidan o‘xshaydilar. Klassik misol bo‘lib SDGning malonat kislotasi bilan ingibirlanishi hisoblanadi, u qahrabo kislota bilan struktura jihatidan o‘xshashdir; akonitaza ftorlimon kislota bilan ingibirlanadi. Raqobatli ingibitor bilan substratning o‘xshashligi natijasida bunday ingibirlanish izosterik ingibirlanish deb ham ataladi. Raqobatsiz ingibirlanishda ingibitor ferment bilan funksional bo‘lmagan guruhlar orqali bog‘lanadi. Raqobatsiz ingibirlanishga sianid kislota, kimyoviy birikmalar, natriy ftorid, natriy azid va boshqalar ta’siri misol bo‘la oladi. Ular ferment katalitik markaziga kiruvchi SHguruhlarni bog‘lab oladi. Raqobatsiz ingibitor ta’sirini substrat miqdorini ko‘paytirib bartaraf qilish mumkin emas. Ingibitorga bog‘lovchi moddalar bilan ta’sir etish mumkin. Bunday moddalar reaktivatorlar deb yuritiladilar. Raqobat qilmaydigan ingibirlanish deb, fermentsubstrat kompleksiga ingibitorning birikishi bilan boradigan fermentativ reaksiyaning pasayishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor ferment bilan substratsiz muhitda birikmaydi. Ayni vaqtda, ingibitor substratning ferment bilan bog‘lanishini yengillashtiradi, keyin esa o‘zi ferment-substrat kompleksi bilan birikib, ferment faolligini ingibirlaydi. Bu ingibirlanishning kam uchraydigan turidir. E+ S → ES +I →ESI 57 Substrat ingibirlanish deb fermentativ reaksiyani substrat miqdori ko‘p bo‘lgan vaqtda pasayishiga aytiladi. Bunday ingibirlanish katalitik o‘zgarishga uchray olmaydigan ferment-substrat kompleksining hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling