20. Sitema, element va struktura tushunchalarining mohiyatini ochib bering. Tizim, element struktura
Download 25.97 Kb.
|
02081 RMB falsafa yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Element –(lot. elementum – birlamchi modda)
-------20.Sitema, element va struktura tushunchalarining mohiyatini ochib bering. Tizim, element struktura. Butun va qism kategoriyalarini tizim, struktura, element kategoriyalari to‘ldiradi va rivojlantiradi. Qadimgi yunon falsafasida tizim tushunchasi borliqning tartibliligi va yaxlitligi sifatida tavsiflangan. Hozirgi talqinda tizim muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‘lgan elementlarning organik to‘plami sifatida tavsiflanadi. Tizim(yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan elementlar yig‘indisi. Har qanday tizimning strukturasi avvalo uning tarkibiy elementlariga bog‘liq. O‘z navbatida, elementlarning xossalari ham ko‘p jihatdan o‘zlari hosil qilgan tizimning strukturasi bilan belgilanadi. Tizim va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Tizimli yondashuvtizimlarning sifat jihatidan o‘ziga xosligidan qat'iy nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi. Elementlari va strukturasining xususiyatiga ko‘ra tizimlarning har xil turlari farqlanadi. Ob'ektiv borliqda mavjud bo‘lgan moddiy tizimlarni va ob'ektiv borliqning inson ongidagi in'ikosi hisoblangan ideal tizimlarni farqlash ayniqsa keng tarqalgan. Elementlari va aloqalarining soniga ko‘ra sodda va murakkab tizimlar farqlanadi. Element –(lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo‘linmas qismi. Qism tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «element» tushunchasidan kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‘linmas qism. Bunda «qism» butun tushunchasi bilan, «element» esa – struktura tushunchasi bilan munosabatga kirishadi. Elementnarsaning boshqa bo‘linmaydigan zarrasini anglatuvchi kategoriya. Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma'lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari hisoblanadi. Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizim elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa usuli. Download 25.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling