20. Sitema, element va struktura tushunchalarining mohiyatini ochib bering. Tizim, element struktura
Download 25.97 Kb.
|
02081 RMB falsafa yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22.Sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, erkinlik va zaruriyat juft kategoriyalarga misollar keltiring.
Mazmun va shakl. Mazmun va shakl tushunchalari, ularning dialektikasi qadimdayoq sinchiklab o‘rganilgan. Uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik tuyg‘usi, aql va tananing barkamolligi qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo‘lgan. Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go‘zal shakl-shamoyil kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g‘oya tushunchasining sinonimi sanalgan. Aristotel g‘oya, ya'ni shaklni materiya bilan uzviy bog‘liq deb hisoblagan. Qadimgi Yunonistonda mazmun va shakl muammosi qo‘yilgan bo‘lsa, keyingi ming yillikda bu muammoni turli yo‘nalish mutafakkirlari yechishga harakat qildi. Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o‘zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko‘rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, balki birbirini to‘ldiradi. Demak, mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‘indisi. Har qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi. Shakl – narsaning tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va tashqi omillar bilan o‘zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. Shakl,-deydi Ibn Sino,-jismlarning mavjudligi qanday bo‘lsa, shunday saqlanishi yoki boshlang‘ich materiyaning konkret jismga aylanishidir. Shakl- tabiiy kuch sifatida anorganik jismlarni harakatga keltiradi: o‘simlik, hayvon, odam, kosmik ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. Shakl-jismdan konkret narsa va predmet hosil bo‘lishidir. Shakl-jismlarning alohida xususiyati bo‘lib, konkret yashash tarzini belgilaydi. Shakl umumiy nom bo‘lib, narsa turini, narsaning mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligini bildiradi. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‘tadi. Shakl tufayli jism jism bo‘la oladi.
Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan ta'riflarning o‘zidayoq biz ularning o‘xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning ham, shaklning ham zaruriy komponenti. Shu sababli mazmunni shakldan faqat mavxumlik nuqtai nazardangina ajratish mumkin. -------22.Sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, erkinlik va zaruriyat juft kategoriyalarga misollar keltiring. Download 25.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling