20. Sitema, element va struktura tushunchalarining mohiyatini ochib bering. Tizim, element struktura


------23.Qonun tushunchasi. Taraqqiyot qonunlariga misollar keltiring


Download 25.97 Kb.
bet6/8
Sana04.02.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1162862
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
02081 RMB falsafa yakuniy

------23.Qonun tushunchasi. Taraqqiyot qonunlariga misollar keltiring.
Qonuntizim elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa. Ularning uchta
turi mavjud.
Voqyelik qonunlaribizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat'iy nazar
mavjud va amal qiladi.
Fan qonunlariodamlar tomonidan anglab yetilgan voqyelik qonunlarining ongimizdagi
in'ikosi. Har bir fan voqyelikning muayyan sohasini o‘z predmeti sifatida o‘rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni aniqlaydi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo‘lsa, uning qonunlari shuncha umumiy bo‘ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga ko‘ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‘lgan qonunlar umumiyroq qonunlarning ayrim ko‘rinishlari sifatida amal qiladi va so‘nggi zikr etilgan qonunlardan ularning oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi.
Masalan, geometrik optikada yorug’likning aks etish va sinish qonunlari elektromagnit
to‘lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o‘z navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan kelib chiqadi.
Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda
mavjudbo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining bazis va lokal sharoitlarini farqlash lozim. Bazis sharoitlar qatoriga qonunnin amal qilish sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi. Mazkur sharoitlardan tashqarida qonun amal qila olmaydi (ular yo‘q bo‘lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim ham yo‘q bo‘ladi). Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi sharoitlar kiradi. Qonun bu sharoitlarning har anda variatsiyasida o‘z kuchini saqlab qoladi, lekin ularning o‘zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jism, og‘irlik kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan Arximed qonuni qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo‘lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu yerda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim hollarda esa – u cho‘kib ketadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan natijalarga
erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Yangi bazis sharoitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar.
------24. Metodlarning tasnifi.Fan va falsafa metodlari.

Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling