Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Ishning borishi: 100 gr novvoy hamirturushini kvars qum bilan 
hovonchada eziladi. Maydalangan massani shishaga yupqa qavat qilib 
joylashtiriladi va quruq havo oqimida quritiladi. Quritilgan hamirturushni 
kukun holatga keltiriladi.
Saxarazani ajratib olish uchun olingan kukunga doimiy aralashtirib 
turgan holda 200 ml suv oz-oz miqdorda qo’shilib turiladi. Undan so’ng 
massani yana farfor hovonchada maydalaniladi va 3000 g tezlikda 10daqiqa 
ichida sentrifuga qilinadi (yoki filtr yordamida filtrlanadi). Musaffo filtrat 
kichkina hajmgacha kelguncha vakuumda 35
0
C haroratda quritiladi va -20
0

da sovutilgan atsetonning 5 marotaba ko’proq hajmi qo’shiladi, 
aralashtiriladi va bir necha daqiqadan so’ng 3000g tezlikda sentrifuga 
qilinadi. Hosil bo’lgan cho’kmani 30
0
C haroratda quritiladi va hovonchada 
quruq holatga keltiriladi. 
Olingan saxaroza preparati uzoq vaqt salanadi. Antiseptik sifatida 
kukunga filtr qog’ozga o’ralgan timol kristali qo’shiladi. Saxarozani 
faolligini aniqlash uchun 2 ta probirkaga preparatning (0,01%li) suv eritmasi 
0,5ml dan qo’shiladi. Birinchi probirkadagi fermentni parchalash uchun 3 


115 
daqiqa davomida qaynatiladi, so’ngra probirka sovutiladi. Keyin ikkala 
probirkaga 5% li saxaroza 3mldan qo’shiladi va probirkalar 10-15 daqiqaga 
40
0
C haroratli suv hammomiga joylashtiriladi. Keyin har ikkala 
probirkalarga feling eritmasidan 2ml dan qo’shiladi, aralashtiriladi va 
qaynash holatigacha isitiladi. Kontrol probirkada (ferment qaynatilib 
parchalaniladi) mis oksid cho’kmasi (I) hosil bo’lmaydi. Faol fermenti bor 
probirkada mis oksid qizil cho’kmasi(I) hosil bo’ladi. Bu Cu
+2
ionlarini 
oksidlanish darajasigacha keltiruvchi glyukoza va fruktoza borligini dalili 
bo’ladi. Bu moddalar (glyukoza va fruktoza) saxarozani (disaxaridni), 
gidrolizida hosil bo’ladi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling