Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Saxaraza fermentini ajratib olishning qanday usullari mavjud? 
2. Feling eritmasi qanday tayyorlanadi? 
3. Feling eritmasi qanday maqsadda ishlatiladi? 
4. Ajratib olingan saxaraza fermentining aktivligi qanday aniqlanadi? 
5. Kontrol probirkada cho`kma tushmasligining sababi nima? 
6. Saxaraza fermenti aralashmasini nima sababdan 30
0
C da qurish zarur? 
7. Saxaraza preparatini uzoq vaqt saqlash uchun qanday ish olib borish zarur? 
8. Saxaraza fermenti substrati qaysi birikma hisoblanadi? 
 
2.2 Saxaraza fermentini klassifikasiyasi, ta`sir mexanizmi va 
qo`llanilishi 
(β-D-fruktofuranozid-fruktogidralaza KF 3.2.1.26) 
Saxaraza fermenti Klassifikasiyasi Saxaraza (β – D-fruktofuranozid – 
fruktogidrolaza KF 3.2.1.26.) 
Sinf: 3- Gidrolazalar sinfiga mansubligini bildiradi. 
Kichik sinf: 2. – Glikozil birikmalarga ta’sir etadi. 
Kenja sinf: 1. – Glikozidlar gidrolazalar 
Tartib raqami: 26. – β – D – fruktofuranozid – fruktogidrolaza 


116 
Saxaraza fermenti ilk bora Vilshtatter tomonidan kristall shaklda ajratib 
olingan. Saxarozani aniqlashda shakarqamish qandi inversiyasi yordamida 
polimetrik tahlil yoki trammer namunasidan foydalaniladi. Saxarozalarni 
parchalovchi fermentlarni mikrob manbalaridan oladilar. 1894-yilda Dyure 
xamirturush saxarozasi bilan ishlab bu fermentni topgan va uni 100 ͦ C da 
qaynatadi, ferment o’zini spetsifikligini yo’qotadi. Bir qancha vaqtdan so’ng 
havoda o’z holatiga qaytadi. Lekin uning tajribasida 80 ͦ C da butunlay 
tiklanmaydi ammo 100 ͦ C dan keyin ochiq havoga chiqarilganda o’z 
xususiyatini saqlashi uning tajribasi savol bo’lib qolgan. Saxaraza- glikozil- 
gidralazalarning yirik guruhi bo’lib, ular saxaroza molekulasini glukoza va 
fruktozaga parchalaydi.Ko’pincha keng subustrat spetsifikligiga ega. Saxaraza 
ferment oshqozon osti bezi va ingichka ichak shilliq qavatida sintezlanadi. 
Subustrat molekulasining aniqlanishiga ko’ra saxaraza guruhlari β- 
fruktozidazalar va a- glukozidaza larga bo’linadi.

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling