117
• B- fruktozidaza( FK 3.2.1.26)
• Levansaxaraza (FK 2.4.1.10)
Saxaraza achitqilar turlarida juda ko’p miqdorda va boshqa yuksak o’simlik
turlarida ham bo’ladi. Hayvon organizmida ingichka ichakning shilliq qavatida
bo’ladi, shuningdek ingichka ichak shirasi va lekositlarda ham bo’lishi
mumkin. Qon tarkibida faqat yosh hayvonlar
qoniga saxarozani ineksiya
qilingandan paydo bo’ladi. Ichak shirasidagi saxaraza
achitqi saxarazasiga
nisbatan yanada termobilya:
U bir soat davomida 51º gacha qizdirilganda inaktivirlanadi va 55º da
butunlay parchalanadi. Tirik va o’lik xamirturush
hujayralari tashqarisida
saxaraza ajralmaydi. Saxarazani uchrashi hujayralar oziqlanishiga bog’liq.
Odamlarda saxaraza pH-5-7; cho’chqada pH-4,75; xamirturushda pH – 3,5 -5,5
miqdorida bo`lganda faol bo`ladi. Saxaraza
pH ning ishqor tomoniga
o’zgarishiga ta’sirchan bo’ladi.
Neytral tuzlar, asosli
tuzlar va temir sulfat
tozalangan saxarazaga ta’sir qilmaydi. Saxarazaga etil spirti ta`sir ko`rsata
olmaydi, metil spirtining past konsentratsiyasi
kuchsizlantiradi, 60 %
da esa
saxaraza harakatini to`liq to`xtatadi.
Konditer sanoatida saxarozani glukoza
va fruktozaga aylantiruvchi
xamirturush
invertazasidan
foydalaniladi,
u
baland
konsentratsiyada
saxarozalarning kristall shaklga o’tib qolishidan ogohlantiradi.
Xamirturush
saxarazasi faolligining tezligi uni substratlarning konsentratsiyasiga bog’liq.
Saxarozalarning fermentativ gidrolizi ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otadi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha pivoli xamirturush tarkibida saxarozani gidroliz
qiluvchi xususiyatga ega bo’lgan 2 ta ferment bor.
1. Aglukozidaza xamirturush (maltaza),
2. Invertaza yoki saxaraza.
Do'stlaringiz bilan baham: