Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Ureaza fermentini ajratib olishning qanday usullari mavjud? 
2. Nessler eritmasi qanday tayyorlanadi va uni nima maqsadda ishlatiladi? 
3. Fenolflolein eritmasi qanday maqsadda ishlatiladi? 
4. Ajratib olingan ureaza fermentining aktivligi qanday aniqlanadi? 
5. Kontrol probirkada cho`kma tushmasligining sababi nima? 
6. Ureaza fermenti aralashmasini nima sababdan 38
0
C da inkubasiya qilindi? 
7. Ureaza preparatini qanday sharoitda saqlash lozim? 
8. Ureaza fermenti substrati qaysi birikma hisoblanadi? 
 
2.4 Ureaza fermentini klassifikasiyasi, ta`sir mexanizmi va qo`llanilishi 
(karbamidogidrolaza; KF 3.5.1.5) 
Ureaza mochevinaning gidrolizini katalizlaydi: 
CO(NH₂)₂ + Н₂О → 2NH₃+ СО₂ 
Bu ferment uchun kofaktor sifatida Ni (2
+
) reakciyada ishtirok etadi. 
Ureaza fermentining klassifikasiyasi: 
3. Gidrolazalar sinfi,
5.Amidogidrolazalar kichik sinfi,  
1. To`g`ri chiziqli amidlar kenja sinfiga kiradi. 
Ureaza fermenti 840 aminokislotalar molekulasidan iborat, shulardan 
90 tasi sisteinga tog`ri keladi. Optimal pH – 7.4; optimal harorat 60 C ga 
teng. Alfa va betta subbirliklaridan iborat
.


121 
Ureaza termini lotincha urea - mochevina so'zidan kelib chiqqan. 1926 – 
yilgacha fermentlarning oqsil tabiatga egaligi haqida hech qanday ma'lumot 
bo'lmagan. Faqatgina 1926- yilda Djeyms B.Samner (1887-1955) Kornell 
Universitetida ishlovchi, soya dukkaklaridan toza holda ajratib, ureaza 
fermentining kristall formasini olishga muvaffaq bo'ldi. 
Bu ferment tabiatda keng tarqаlgan. Uning manbalari turli xil 
mikroorganizmlar, masalan: 
 
helikobakteriyalar
 
sut kislotali bakteriyalar, 
 
zamburug`lar,
 
umurtqasiz hayvonlar.
Ureaza o'simliklarda uchraydi (dukkakli o'simliklar, tarvuzning urug`i va 
boshqalar), ammo hayvon to'qimalarida uchramaydi. 
Ureaza azotning tabiatda davriy aylanishida ishtirok etuvchi ferment 
hisoblanadi. Bu ferment tuproq mikroorganizmlarida uchramaganida, odamlar 
va hayvonlar tomonidan ajralib chiqadigan mochevinani tuproq tozalay olmagan 
bo'lar edi. Oddiy hisoblashlarning ko'rsatishicha, odamlar populyasiyasining o'zi 
har yili 50 mln. tonna atrofida mochevina ishlab chiqaradi. Mochevinaning bu 


122 
barcha massasi, tuproq va suvga tushib, bakterial ureaza yordamida karbonat 
ammoniygacha ishlanadi, bu esa o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi yoki nitrit 
yoki nitratlargacha oksidlanganda (nitrifikasiya) o'zlashtiriladi. 
Shunday qilib, mochevina tarkibidagi azot o'simlik oqsillari tarkibiga kiradi, 
so'ngra bu oqsillar bilan hayvon va odamlar oziqlanadi. Shuning uchun ham 
tuproq mikroorganizmlarining ureazasi – biologik azotning mineralizasiyasida 
asosiy ferment hisoblanadi.

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling