Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Saxaraza yetishmasligi sababli yuzaga keladigan kasalliklar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Saxaraza yetishmasligi sababli yuzaga keladigan kasalliklar 
Bu kasallik irsiy bo’lib autosom retsessiv holatda irsiylanadi. Saxarazalar – 
izomaltazalar sintezi 3-xromosomada joylashgan gen orqali determinatsiya 
qilinadi. Saxaraza-izomaltazalar tanqisligi ichak shilliq qismida saxaroza va 


118 
izomaltozani parchalovchi ferment - invertazni yo’qolib ketishiga olib keladi. 
Kasallik yoshlikda bola ovqatiga tarkibida saxaroza va dekstrinlar bo’lgan mevali 
soklar, sut aralashmalari qo’shilgandan so’ng boshlanadi. Ko’p hollarda 
saxarazalarning dastlabki tanqisligi 1 yoshgacha namoyon bo’ladi. Bolalarda suvli 
diareya, qorin dam bo’lishi, qusish boshlanadi. Najasi suyuq holda, achchiq hidli 
va ko’p miqdorda keladi. Bola fiziologik va psixilogik rivojlanishdan orqada 
qoladi. Kattalarda ham saxarazalarning dastlabki tanqisligi uchraydi. Uning 
belgilari balog’at yoshida namoyon bo’ladi. Lekin ko’proq 30-40 yoshli 
bemorlarda saxaraza tanqisligi ikkilamchi hisoblanib, ichak xronologik shamollash 
oqibatidagi shilliq qismining jaroxatlanishidan kelib chiqadi. Ko’p holatlarda 
kasallikning klinik tasviri uglevodlarning kam ishlab chiqishida ko’rinadi. Bir xil 
holatlarda ko’p miqdorda saxaroza iste’mol qilganda bemorda terlash, taxikardiya, 
bosh og’rig’i boshlanadi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Saxaraza fermentining klassifikasiyasi qanday? 
2. 
Saxaraza yetishmasligi sababli yuzaga keladigan kasalliklar qaysilar? 
3. 
Ushbu fermentning o`rganilish tarixi ketma-ketligi qanday? 
4. 
Saxarozani parchalash xususiyatiga ega boshqa qanday fermentlar mavjud? 
5. 
Saxaraza fermentining ta`sir mexanizmi qanday? 
6. 
Ushbu fermentning sinteziga javobgar gen qaysi xromosomada joylashgan? 
7. 
Saxarazaning yetishmovchiligiga asosiy sabablarni sanab o`ting? 
8. 
Odam organizmining qaysi qismida saxaraza fermenti sintezlanadi? 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling