Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Sitoxrom turlari: 
Sitoxrom a – gem guruhda metil guruhini o’rnini bosadigan formil guruh 
mavjud. 
Sitoxrom b – gem guruh gemoglobin va mioglobinga o’xshaydi, ammo oqsil 
gem bilan bog’lanmagan.
Sitoxrom c – kovalent bog’ orqali oqsil gemga birikadi. Kichik, suvda 
eruvchi oqsil. 
Sitoxrom d – digidroparfirin guruhi mavjud.
Ba’zi sitoxromlar (b, c1, a, a3) katta integral membrana oqsil 
komplekslarining bir qismidir (masalan, kompleks III).
Kompleks strukturasi: Sutemizuvchilar va qushlar mitoxondriyasidagi 
IV kompleks 13ta oqsil subbirlikdan iborat, katalitik aktivlikkka ega bo’lgan 
3ta subbirlik mitoxondriya genlari tomonidan, qolgan 10tasi esa DNK 
genlari tomonidan kodlanadi. Bunday gomodimer buqa mitoxondriyasida 
aniqlangan. Mr = 350 Kda. S.cerevisiae da IV kompleks 11 ta subbirlikdan 
iborat. 
Haligacha 
to’liq 
o’rganilmagan 
kompleks 
osimlik 
mitoxondriyasidagilardir. Chuqur native elektroforez yordamida arabodopsis 
IV kompleksi 8 subbirlikdan iborat 
Sitoxrom c oksidaza 1.9.3.1 EC 
• 
1. Oksidazalar sinfi 
• 
9 gem guruhi harakati donorlari kichik sinfi 
• 
3. kislorodning sifat akseptorlari kenja sinfi 
• 
1. sitoxrom C oksidaza
Sistematik nomi: Ferrositoxrom c kislorod oksireduktaza 
Ilmiy nomlari: sitoxrom 3, sitoxrom a
3, 
Varburgning nafas olish 
fermenti, indofenol oksidaza, indofenolaza, Kompleks IV (mitoxondryaning 
elektronlar transporti), tiklanuvchi sitoxrom c oksidaza, NADH sitoxrom c 
oksidaza kabi fanda nomlari mavjud. 
4[sitoxrom c
2+
] + 4 H+ O
2
↔4 [sitoxrom c
3+
] + 2H
2



130 
Sitoxrom c oksidaza bu aerob nafas olish zanjiridagi elektronlar 
tashiluvi jarayonida qatnashuvchi eng asosiy ferment hisoblanadi. Elekrtron 
tashiluvi jarayonida mitoxondryaga kirayotgan paytda asosan suv va 
kislorod orqali tashilish jarayonini kuzatishimiz mumkin. Bu jarayonni 
bacha eukariotlarda va bazi aerob nafas oluvchi bakteriyalarda ham 
kuzatishimiz mumkin. 4 molekula sitoxrom c oqsili katalizi bilan 
mitoxondryada shu vaqtning o’zida 4 ta elektron, O
2
va H
2
O gacha tiklanadi. 
Yani sarf bo’lgan energiya yana qaytadan tiklanadi. Hosil bo’lgan O
2
H
+
elektronlari mitoxondryaning matriksida yig’iladi. Bu hosil bo’lgan 
protonlar ATF hosil bo’lishi uchun sarf bo’ladi. Bu jarayonda hujayra ham 
nafas oladi, ham eneriya yig’adi. 
Sitoxrom c ga xos xususiyatlar 
 
Eng ko’p eukariot hujayrada uchraydi, 
 
Suvda eruvchan periferik oqsil hisoblanadi, 
 
Mitoxondriyaning membranalararo fazasida joylashgan,
 
pH 7 da musbat zaryadlangan, 
 
Manfiy zaryadlangan fosfolipidli 2 qatlamli sirt yaqinida joylashgan, 
 
Gem Fe dan iborat.
 
Ikki holat: oksidlangan Fe III va qaytarilgan Fe II
 
Ingibitorlar: Siyanid, azidlar va uglerod oksidi, Vodorod sulfidi, Metil 
spirti
Sitoxrom c evalutsion ravishda saqlanib qolgan yadro bilan kodlangan 
mitoxondiryal oqsil bo’lib, uning tarkibida sut emizuvchilarning tarkibidagi 
104 ta aminokislotalar mavjud. U diametri 50-100 A bo’lgan granulalardan 
tashkil topgan. Sitoxrom oksidaza turli fosfolipidlarni o’z ichiga oladi. 
Shuningdek tarkibida Cu va Fe mavjud bo’ladi. Sitoxrom oksidaza har biri 
bitta gemni o’z ichiga olgan 3 ta subbirlikdan iborat bo’ladi. Har birining 
molekulyar og’irligi 120 kDa bo’lgan 2 ta sitoxrom birlik va 60 kDa 
molekulyar og`irlidagi bitta sitoxrom a3 birligi. U to'rtta sitoxrom C 
molekulasining har biridan elektronni oladi va ularni bitta dikislorod 


131 
molekulasiga o'tkazadi, molekulyar kislorodni ikki suv molekulasiga 
aylantiradi. Bu jarayonda u to'rtta protonni ichki suv fazasidan bog'laydi, 
ikkita suv molekulasini hosil qiladi va ATF sintazining ATF sintezi uchun 
foydalanadigan proton elektrokimyoviy potentsialining transmembran 
farqini oshirib, membrana orqali yana to'rtta protonni harakatga keltiradi. 
Tarkibida ikkita Gem (a va A3) va ikkita mis (CuA va CuB) ionlarini o'z 
ichiga olgan murakkab oqsil. Eukariotlarda mitoxondriya membranasida, 
prokariotlarda-sitoplazma membranasida uchraydi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling