Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Sitoxromoksidaza fermentini ajratib olishning qanday usullari mavjud? 
2. 
Nadi eritmasi qanday tayyorlanadi va uni nima maqsadda ishlatiladi? 
3. 
Indofenol havorang qanday hosil bo`ladi? 
4. 
Ajratib olingan sitoxromoksidaza fermentining aktivligi qanday 
aniqlanadi? 
5. 
Kontrol probirkada cho`kma tushmasligining sababi nima? 
6. 
Sitoxromoksidaza fermenti aralashmasini asosan qaysi to`qimalardan 
ajratib olinadi? 
7. 
Sitoxromoksidaza preparatini qanday sharoitda saqlash lozim? 
8. 
Sitoxromoksidaza fermenti substrati qaysi birikma hisoblanadi? 
 
2.6 Sitoxromoksidaza fermentini klassifikasiyasi, ta`sir mexanizmi va 
qo`llanilishi 
(sitoxrom C:O
2
– oksireduktaza; KF 1.9.3.1) 
Sitoxromoksizada fermenti va klassifikatsiyasi 
Sitoxromoksidaza 
(cytochromoxidase) 
grekcha 
cyto-hujayra, 
Chroma - rang va oxygenium –kislota yaratuvchi degan ma’noni anglatadi. 
Sitoxrom oksidazani birinchi bo’lib 1929-yilda nemis olimi Otto 
Varburg tomonidan topilgan. U birinchi bor bu fermentni Atmungs ferment 
yoki “nafas fermenti” deb nomlaydi va 1931-yilda meditsina 
fiziologiyasidan “butun tabiatning nafas olish mexanizmi ochilishi” 
maqolasi uchun “Nobel” mukofotiga sazovor bo’ladi. Britaniyalik olim 
Devid Keylin tomonida Tabiatning kompleks IV mexanizmi deb kiritildi. 


128 
1939-yilda E.F. Xartri tomonidan sitoxrom c ni a
3
deb ataldi. Varburg nafas 
olish fermenti ingibitorlari sifatida KCN va CO laridan foydalangan. 1966-
yilda Triton X-100 nomli toza preparati olindi. 
Sitoxrom oksidaza irlandiyalik shifokor va olim C. A. Makmann 
tomonidan kashf etilgan bo'lib, u 1885 yilda 605 nm to'lqin uzunligidagi 
yutilish spektridagi qaytariluvchi o'zgarishlarni tavsiflab bergan, bu 
sitoxrom oksidazaning o'ziga xos spektral imzosi bo'lgan hayvon 
hujayralarida oksidlanish paytida yuz beradi. Biroq, uning ishi nufuzli 
fiziologlar Xoppe-Zayler va Levi tomonidan tanqid qilindi, ular Makmann 
shunchaki 
gemoglobinning 
parchalanish 
mahsulotlarini 
so'rilishini 
kuzatayotganini ta'kidladilar. Natijada, ushbu ferment bo'yicha tadqiqotlar 
30 yildan ortiq vaqt davomida to'xtatildi, toki Hans Fiser 1923 yilda 
Makmann natijalarini tasdiqlamaguncha. 
Ushbu fermentni keyingi tadqiqotlari nemis olimi Otto Warburg 
tomonidan davom ettirildi. O'zining ishida u CO yordamida xamirturush 
suspenziyasida nafas olishni ingibatsiya qildi, so'ngra assimilyatsiya 
spektrlarini oldi, har xil to'lqin uzunlikdagi izchil nurli nurlanish bilan 
ingibatsiyani olib tashladi. 
 
Britaniyalik olim Devid Keylin 1939-yilda IV kompleks tabiatini 
o’rganib, u sitoxrom C ni oksidlashini aniqladi.
 
Keylin bu fermentni Cu dan iborat oqsil desa, Varburg esa uning 
kofaktori Fe degan xulosaga keldi. 
 
Uzoq tortishuvlardan so’ng sitoxromoksidaza Fe va Cu dan iborat 
degan xulosaga kelindi 
 
Sitoxromoksidazaning kislorod bilan bog’lanish mexanizmini XX asr 
70-yillarida amerikalik bioximik Britton Chens tomonidan YaMR 
spektroskopiya metodi yordamida aniqlandi. 
Sitoxromlar gem oqsillari guruhiga mansub. 
Gem - Fe atomiga biriktirilgan porfirin halqasi.
Sitoxromlar gemlarni o’z ichiga olgan elektron tashuvchilar.


129 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling