Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Kerakli asbob va idishlar
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Kerakli asbob va idishlar: hovoncha, qum, pipetka, shpatel, 100 ml li
oʻlchov kolbasi, filtr qogʻoz, voronka, 200 ml li 2 ta konussimon kolba, menzurka, shtativ, probirkalar, suv hammomi, gaz gorelka, mikrobyuretka, 50 ml li stakan yoki kolba. 143 Reaktivlar: kartoshka yoki sabzi, distillangan suv, kalsiy karbonat kukuni, vodorod peroksidning 0,1 n li eritmasi, sulfat kislotaning 10% li eritmasi, kaliy permanganatning 0,1 n li eritmasi. Katalaza fermenti (H 2 O 2 : H 2 O 2 ) oksidoreduktaza KF – 1.11.1.6 tarkibida gem bor fermentlar guruhiga kirib, molekulasida 4 ta Fe, ya’ni 4 ta gem boʻladi. Molekulyar massasi 225000 – 250000. Bu fermentning eng xarakterli funksiyasi vodorod perksidning parchalanishini nihoyat darajada tezlashtirishidadir: H 2 O 2 + H 2 O 2 2 H 2 O + O 2 Katalaza fermenti, hujayra nafas olishida paydo boʻladigan va tirik hujayra uchun zaharli mahsulot – vodorod peroksidni parchalashga xizmat qiladi. Katalaza barcha oʻsimliklarda, ko’pchilik aerob bakteriyalarda va hayvonlar organizmida topilgan. Katalazaning aktivligini aniqlash bu fermentni ma’lum miqdordagi H 2 O 2 bilan inkubatsiya qilganda parchalanmay qolgan vodorod peroksidini KMnO 4 bilan titrlab aniqlashga asoslangan: 5H 2 O 2 + 2 KMnO 4 + 4 H 2 SO 4 → 2KHSO 4 + 2MnSO 4 + 8H 2 O + 5O Ishning bajarilishi. 2 g kartoshka (yoki sabzi) hovonchada qum bilan eziladi va asta-sekin 2 – 3 ml suv quyiladi. Kislotali muhitni pasaytirish uchun gaz pufakchalari ajralishi toʻxtaguncha shpatelning uchida ozgina CaCO 3 sepiladi. Maydalangan massaning hammasi 100 ml li oʻlchov kolbasiga solinadi va kolbaning belgi chizigʻigacha suv quyiladi. Aralashma 30 – 60 minut tinch qoldiriladi va shundan keyin filtrlanadi. 2 ta 200 ml li konussimon kolbaga 0,1 n H 2 O 2 eritmasidan 25 ml quyiladi va ulardan biriga 20 ml ferment ekstraktidan qu’shiladi, ikkinchisiga shuncha miqdor, ya’ni 20 ml ekstraktni qaynab turgan suv hammomida 5 minut qizdirib, so’ngra kolbaga quyiladi. 30 minutdan keyin ferment ta’sirini toʻxtatish uchun har ikkala kolbaga 10% li sulfat kislota eritmasidan 5 ml dan quyiladi va aralashma 1 minut davomida 144 pushti rangga kirguncha 0,1 n li KMnO 4 eritmasi bilan titrlanadi. Kontrol va tajriba uchun sarflangan kaliy permanganat eritmasining ml miqdori aniqlanadi. Hisoblash. 1,5 g sabzidan 100 ml katalaza ekatrkti tayyorlangan bo’lsa, olingan ekstaktni titrlashga 15,5 ml, kontrol uchun 30,2 ml 0,1 n li KMnO 4 eritmasi sarflanadi. Parchalangan H 2 O 2 ning miqdori: 30,2 – 15,5 = 14,7 ml. 1 ml 0,1 n li KMnO 4 1,7 mg H 2 O 2 ga to’g’ri kelsa, 14,7 ∙ 1,7 = 24,99 mg H 2 O 2 ga toʻg’ri keladi. 1 g sabzidagi katalazaning 30 minutda parchalahi mumkin bo’lgan H 2 O 2 miqdorini hisoblaymiz: 3 , 83 5 , 1 20 100 99 , 24 mg H 2 O 2 ∙ 1 minutda esa: 83,3 : 30 = 2,27 mg H 2 O 2 ni parchalar ekan, 1 g sabzida (2,77 ∙ 0,034) = 84 E katalaza boʻladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling