Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Ferment aktivligi 
Bolalarda 1-2 yoshda 30 U/l yoki 10-25 g/(ch,l) 
Kattalarda 120 U/l gacha yoki 16-36g/(ch,l) 
Siydik analizida farq qilishi mumkin.
1 yoshgacha 105 U/l gacha 
16 yoshda 160U/l gacha


140 
Kattalarda 560 U/l gacha
Amilazaning biokimyoviy analizi me`da osti bezi kasalliklari 
diagnostikasikasida muhim sanaladi. Qonning quyuq qismida 60% α-
amilaza bo’ladi. So’lak suyuqligida 40% α-amilaza bo’ladi. Fermentning 
aktivligi kunduz qismida yuqori bo’ladi. Kechasi aktivligi pasayadi. Amilaza 
siydik orqali chiqariladi. Siydik analizida ayniqsa me’da osti bezining o’tkir 
yallig’lanishi turli etaplari aniqlanadi. 
Amilazani aniqlash uchun bemor venasidan ertalab och qoringa qon 
olinadi. Olingan qon bir soat davomida analiz qilinadi. Siydik ham shuncha 
vaqtda analiz qilinadi. Amilaza miqdorini aniqlashda turli laboratoriyalar har 
xil usullarni ishlatgani uchun turli xil chiqadi. 
Amilaza aktivligini oshishi quyidagi sabablarga bog’liq. 
Terida turli toshmalar 
• Ichak yallig’lanishlari (appenditsit, metatromboz-ichaklarning qon bilan 
ta’minlanishining buzulishi) 
Qandli diabet 
• Buyraklarning funksiyasini buzilishi 
• Ko’p spirtli ichimliklar is’temol qilish. 
• Garmon, narkotik, siydik haydovchi dorilar va ba’zi antibiotiklarni 
noto’g’ri qabul qilganda. 
• Metil spirti bilan zaharlanganda. 


141 
Amilazaning miqdorini oshib borishiga qarab patologik holatlarni 
aniqlash mumkin. Bunda amilaza miqdori 6-12 soatda 30 martagacha 
oshishi mumkin. Aktivligi me’da osti bezining faoliyati tiklansa amilaza 
miqdori 2-6 kun davomida normaga qaytadi. Amilazaning miqdori 5 kun 
davomida baland bo’lsa bunda yallig’lanish jarayoni kuchayib borayotgan 
bo’ladi. α-amilazaning miqdori agar ferment immunoglobulin bilan 
kompleks (makroamilazamiya dunyoning 2% aholisida uchraydi) hosil 
qilganda ham oshadi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling