Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Enzimoterapiya – fermentlardan kasalliklarni davolashda foydalanish:
1. Oshqozon-ichak yo‘lida tegishli bezlardan fermentlar kam ishlab 
chiqarilganda (pepsin, pankreatin, festal, panzinorm).
2. Turli yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini davolashda: tripsin, ximotripsin 
va boshqalar.
3. Qon va boshqa suyuqliklarda ferment yetishmaganligida ferment 
preparatlari yuboriladi.
4. Tomirlardagi tromblarni eritish uchun (insult, infarkt miokardda) 
proteolitik 
fermentlardan 
foydalaniladi: 
fibrinolizin, 
brinaza, 
brinolaza 
(aktinomitsetlardan), streptokinaza va urokinaza.
5. 
Zararli 
o‘simtalarni 
kompleks 
davolashda, 
masalan, 
asparaginazalimfoblast leykozlarni davolashda qo‘llaniladi (bu hujayralar 
asparaginning yetishmasligiga sezgirdirlar, chunki asparaginsintetaza fermentini 
saqlamaydilar). Poliaminooksidaza eksperimental o‘smalarni davolashda 
foydalaniladi (ular poliaminlarni oksidlovchi ferment saqlamaydilar, shu sababdan 
to‘planishi vujudga keladi).
6. Ferment ingibitorlari o‘tkir pankreatit, artrit, allergik kasalliklarni 
davolashda qo‘llaniladi. Xolinesteraza, karboangidraza, monoaminooksidaza va 
proteolitik fermentlar ingibitorlaridan foydalaniladi. 
Fermentlardan 
analitik 
reagentlar 
sifatida 
laboratoriya 
tashxisida 
qo‘llaniladi. Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda organik moddalarni 
fermentativ usullar yordamida aniqlashdan muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. 
Fermentlardan foydalanish qon, siydik, to‘qima va boshqa biologik materiallarda 


111 
kam miqdordagi glyukoza, etanol, siydikchil, siydik kislotasi, aminokislotalar
lipidlar, xolesterin, nukleotidlar va boshqalarning miqdorini aniqlashga imkon 
beradi. Glyukoza va boshqa uglevodlarni fermentativ aniqlash usullari spetsifik 
fermentlardan foydalanishga asoslangandir. Glyukozani aniqlash uchun quyidagi 
fermentlardan foydalaniladi: 
a) glyukozoksidaza, glyukozani glyukon kislotasi va H
2
O
2
gacha oksidlaydi; 
b) geksokinaza, ushbu reaksiyani katalizlaydi glyukoza+ATF → glyukoza-
6-fosfat+ADF 
d) glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza glyukozani NAD yordamida 
glyukozolaktongacha oksidlaydi.
Glyukozani biomateriallarda glyukozoksidaza yordamida aniqlash keng 
tarqalgan ferment usuli hisoblanadi. Glyukozaning miqdori haqida eritmada 
kislorod konsentratsiyasining kamayishi yoki hosil bo‘lgan H2O2 miqdori 
bo‘yicha tahlil qilinadi.
Etanolning 
miqdorini 
aniqlash 
alkogoloksidaza 
yoki 
alkogoldegidrogenazadan foydalanishga asoslangan. Alkogoloksidaza etanolning 
havo kislorodi bilan atsetaldegid va H
2
O
2
gacha oksidlanishini katalizlaydi.. 
Alkogol DG etanolni aldegid va NADH
2
gacha oksidlaydi. Keyingi yillarda 
etanolni aniqlashning fermentativ elektrod usuli yaratilgan.
Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH
4+
va CO
2
ga 
parchalanishiga asoslangan.. Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda foydalaniladi. 
Hosil bo‘lgan NH4+ ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka aylanadi va u NH3 ni 
sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi. Shuningdek, fermentli membran 
elektrodlardan ham foydalaniladi, ularda ureaza eritmasi dializ plenkalari orasiga 
joylashtiriladi.
Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham foydalaniladi 
(ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash spektrofotometrda NADH
2
ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani fermentativ aniqlash uning kislorod 
bilan allontoin va H
2
O
2
gacha urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan. 
Teshikli shishaga immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi. 


112 
Aminokislotalarni aniqlash L-aminooksidaza fermentlaridan foydalanishga 
asoslangan. Ular aminokislotalarni havo kislorodi yordamida ketokislota, H
2
O
2
. va 
NH3gacha oksidlaydi. Bu jarayon elektrokimyoviy usulda aniqlanadi. Hozirgi 
vaqtda laktat, piruvat, 3 – oksibutiratlarni NADH
2
konsentratsiyasining 
o‘zgarishiga qarab spektrofotometrik yoki elektrokimyoviy aniqlash usuli ishlab 
chiqilgan. 
Glitserinni 
aniqlash 
uchun 
glitserinkinaza, 
glitserin-
3fosfatdegidrogenaza usullari qo‘llaniladi. Lipid va fosfolipidlarni topishda 
birinchi bosqichda spetsifik lipaza va fosfolipaza fermentlaridan foydalaniladi. 
Xolinfosfatidlarni spetsifik tahlil usuli xolinoksidaza fermentini qo‘llashga 
asoslangan. Uning yordamida xolin betain va H
2
O
2
ga parchalanadi. Vodorod 
peroksidi peroksidaza usuli bilan topiladi. Xolesterinni fermentativ aniqlash 
usullari xolesterinoksidazadan foydalanishga asoslangan, u xolesterinni xolestan – 
4 – ona – 3 va H
2
O
2
gacha oksidlaydi. Oxirgi mahsulot polyarografik, 
spektrofotometrik, fluorimetrik, xemilyuminessent usulida aniqlanadi. Fermentlar 
bilan xolesterin aniqlaganda usulning sezuvchanligi va spetsifikligini oshiradi, 
shuningdek tekshiruv o‘tkazishni soddalashtiradi. Spesifik degidrogenaza va 
diaforaza qon plazmasida 1mkMgacha o‘t kislotalarini fluorimetrik indikatsiya 
qilishga imkon beradi. Ferment usullari NAD, NADF, FMN va ATF miqdorini 
topishga imkon beradi. NAD miqdorini aniqlash uchun LDG fermenti qo‘llaniladi. 
Bakterial ferment lyutsiferaza NAD, FMN, ATF miqdorini aniqlash uchun 
foydalaniladi. Guaninnukleotidlarni fermentativ tahlili spetsifik nukleotidkinazalar 
yordamida o‘tkaziladi, oxirgi mahsulot NADF yoki ATF miqdori aniqlanadi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling