118
izomaltozani parchalovchi ferment - invertazni yo’qolib ketishiga olib keladi.
Kasallik yoshlikda bola ovqatiga tarkibida saxaroza va dekstrinlar bo’lgan
mevali
soklar, sut aralashmalari qo’shilgandan so’ng boshlanadi. Ko’p hollarda
saxarazalarning dastlabki tanqisligi 1 yoshgacha namoyon bo’ladi. Bolalarda suvli
diareya, qorin dam bo’lishi, qusish boshlanadi.
Najasi suyuq holda, achchiq hidli
va ko’p miqdorda keladi. Bola fiziologik va psixilogik
rivojlanishdan orqada
qoladi. Kattalarda ham saxarazalarning dastlabki tanqisligi uchraydi. Uning
belgilari balog’at yoshida namoyon bo’ladi. Lekin ko’proq 30-40
yoshli
bemorlarda saxaraza tanqisligi ikkilamchi hisoblanib, ichak xronologik shamollash
oqibatidagi shilliq qismining jaroxatlanishidan kelib chiqadi. Ko’p holatlarda
kasallikning klinik tasviri uglevodlarning kam ishlab chiqishida ko’rinadi.
Bir xil
holatlarda ko’p miqdorda saxaroza iste’mol qilganda bemorda terlash, taxikardiya,
bosh og’rig’i boshlanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Saxaraza fermentining klassifikasiyasi qanday?
2.
Saxaraza yetishmasligi sababli yuzaga keladigan kasalliklar qaysilar?
3.
Ushbu fermentning o`rganilish tarixi ketma-ketligi qanday?
4.
Saxarozani parchalash xususiyatiga ega boshqa qanday fermentlar mavjud?
5.
Saxaraza fermentining ta`sir mexanizmi qanday?
6.
Ushbu fermentning sinteziga javobgar gen qaysi xromosomada joylashgan?
7.
Saxarazaning yetishmovchiligiga asosiy sabablarni sanab o`ting?
8.
Odam organizmining qaysi qismida saxaraza fermenti sintezlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: