Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Sitoxrom turlari:
Sitoxrom a – gem guruhda metil guruhini o’rnini bosadigan formil guruh mavjud. Sitoxrom b – gem guruh gemoglobin va mioglobinga o’xshaydi, ammo oqsil gem bilan bog’lanmagan. Sitoxrom c – kovalent bog’ orqali oqsil gemga birikadi. Kichik, suvda eruvchi oqsil. Sitoxrom d – digidroparfirin guruhi mavjud. Ba’zi sitoxromlar (b, c1, a, a3) katta integral membrana oqsil komplekslarining bir qismidir (masalan, kompleks III). Kompleks strukturasi: Sutemizuvchilar va qushlar mitoxondriyasidagi IV kompleks 13ta oqsil subbirlikdan iborat, katalitik aktivlikkka ega bo’lgan 3ta subbirlik mitoxondriya genlari tomonidan, qolgan 10tasi esa DNK genlari tomonidan kodlanadi. Bunday gomodimer buqa mitoxondriyasida aniqlangan. Mr = 350 Kda. S.cerevisiae da IV kompleks 11 ta subbirlikdan iborat. Haligacha to’liq o’rganilmagan kompleks osimlik mitoxondriyasidagilardir. Chuqur native elektroforez yordamida arabodopsis IV kompleksi 8 subbirlikdan iborat Sitoxrom c oksidaza 1.9.3.1 EC • 1. Oksidazalar sinfi • 9 gem guruhi harakati donorlari kichik sinfi • 3. kislorodning sifat akseptorlari kenja sinfi • 1. sitoxrom C oksidaza Sistematik nomi: Ferrositoxrom c kislorod oksireduktaza Ilmiy nomlari: sitoxrom 3, sitoxrom a 3, Varburgning nafas olish fermenti, indofenol oksidaza, indofenolaza, Kompleks IV (mitoxondryaning elektronlar transporti), tiklanuvchi sitoxrom c oksidaza, NADH sitoxrom c oksidaza kabi fanda nomlari mavjud. 4[sitoxrom c 2+ ] + 4 H+ O 2 ↔4 [sitoxrom c 3+ ] + 2H 2 O 130 Sitoxrom c oksidaza bu aerob nafas olish zanjiridagi elektronlar tashiluvi jarayonida qatnashuvchi eng asosiy ferment hisoblanadi. Elekrtron tashiluvi jarayonida mitoxondryaga kirayotgan paytda asosan suv va kislorod orqali tashilish jarayonini kuzatishimiz mumkin. Bu jarayonni bacha eukariotlarda va bazi aerob nafas oluvchi bakteriyalarda ham kuzatishimiz mumkin. 4 molekula sitoxrom c oqsili katalizi bilan mitoxondryada shu vaqtning o’zida 4 ta elektron, O 2 va H 2 O gacha tiklanadi. Yani sarf bo’lgan energiya yana qaytadan tiklanadi. Hosil bo’lgan O 2 H + elektronlari mitoxondryaning matriksida yig’iladi. Bu hosil bo’lgan protonlar ATF hosil bo’lishi uchun sarf bo’ladi. Bu jarayonda hujayra ham nafas oladi, ham eneriya yig’adi. Sitoxrom c ga xos xususiyatlar Eng ko’p eukariot hujayrada uchraydi, Suvda eruvchan periferik oqsil hisoblanadi, Mitoxondriyaning membranalararo fazasida joylashgan, pH 7 da musbat zaryadlangan, Manfiy zaryadlangan fosfolipidli 2 qatlamli sirt yaqinida joylashgan, Gem Fe dan iborat. Ikki holat: oksidlangan Fe III va qaytarilgan Fe II Ingibitorlar: Siyanid, azidlar va uglerod oksidi, Vodorod sulfidi, Metil spirti Sitoxrom c evalutsion ravishda saqlanib qolgan yadro bilan kodlangan mitoxondiryal oqsil bo’lib, uning tarkibida sut emizuvchilarning tarkibidagi 104 ta aminokislotalar mavjud. U diametri 50-100 A bo’lgan granulalardan tashkil topgan. Sitoxrom oksidaza turli fosfolipidlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek tarkibida Cu va Fe mavjud bo’ladi. Sitoxrom oksidaza har biri bitta gemni o’z ichiga olgan 3 ta subbirlikdan iborat bo’ladi. Har birining molekulyar og’irligi 120 kDa bo’lgan 2 ta sitoxrom birlik va 60 kDa molekulyar og`irlidagi bitta sitoxrom a3 birligi. U to'rtta sitoxrom C molekulasining har biridan elektronni oladi va ularni bitta dikislorod 131 molekulasiga o'tkazadi, molekulyar kislorodni ikki suv molekulasiga aylantiradi. Bu jarayonda u to'rtta protonni ichki suv fazasidan bog'laydi, ikkita suv molekulasini hosil qiladi va ATF sintazining ATF sintezi uchun foydalanadigan proton elektrokimyoviy potentsialining transmembran farqini oshirib, membrana orqali yana to'rtta protonni harakatga keltiradi. Tarkibida ikkita Gem (a va A3) va ikkita mis (CuA va CuB) ionlarini o'z ichiga olgan murakkab oqsil. Eukariotlarda mitoxondriya membranasida, prokariotlarda-sitoplazma membranasida uchraydi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling