Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


 Zamburug`lardan amilaza preparatini ajratib olish


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

 
2.7 Zamburug`lardan amilaza preparatini ajratib olish 
Kerakli asboblar, reaktivlar. Termostat, suv hammomi, shisha 
voronka, 50 ml ga mo’ljallangan tumshug’i bor tsilindr, farfor plastinka, 
100 ml Erleymeyer konik kolba, kimyoviy shisha probirka, zamburug’ 
kukun, kraxmal (1%), yod (0,3%) kaliy yodidda (3%). 
Zamburug’ mitseliylarini kultivatsiya qilish. Zamburug’ mitseliylari 
bir nechta komponentli sintetika ozuqa muhitda rivojlanadi. Tarkibi (Chapek 
muhiti) quyidagi: saxaroza – 3 g, NaNO
3
-0,2-0,2 g, KH
2
PO
2
-0,1g, MgSO
4
-
0,05g, KCL-0,05g, FeSO
4
( yoki Fe
2
(SO
4
)
3
)-0,001g, suv bilan 100 ml gacha 
olib boriladi (pH-7). 
Ishning borishi. Zamburug’ mitseliylari massasini olish uchun pix 
boylagan narsadan bir parchasini Chapek muhitiga joylashtiriladi (yoki 
Asperguillus 
niger) zamburug’ 
mitseliyinning toza kulturasidan 
foydalaniladi. 5-6 kundan so’ng muhitning ustida qo’ziqorinning kuchli 
qavati rivojlanadi va bundan amilaza ajratib olinadi. 
Zamburug’ mitseliylaridan amilaza preparatini olish 
Zamburug’ mitseliylari massasini muhitdan filtrlab olinadi, shishaning 
ustiga kichchik parchalar bilan joylashtiriladi va 37
0
C haroratda quritiladi. 
Quritilgan massani farfor havonchada kvars qumning 3 marotaba ko’proq 
miqdorda yangilanadi. Olingan yupqa bir miyordagi kukun amilaza olish 
uchun mo’ljallangan. 
 
Zamburug’ mitseliylaridan amilazaning ta’sirini aniqlash 
Zamburug’ mitseliylaridan olingan preparatning 2 g ni 37
0
C isitilgan 
suvning 50 ml bilan qo’shiladi, 5 daqiqa aralashtiriladi va bu haroratda 2 
soat to’yinadi. Kata silkitilgandan so’ng qattiq qoldiq filtrlanadi. Filtratda 


136 
qo’ziqorin amilazalar kompleksi bor. Probrkaga olingan filtaratni 5 ml 
qo’yiladi, 10 ml 1% kraxmal qo’shiladi va tez silkitiladi. Tez probirkadagi 
suyuqlikning bir tomchisini (shisha tayoqcha yordamida) fafor plastinka 
ustida yodid kaliy eritmasida tayyorlangan yod eritmasini 1-2 tomchisi bilan 
aralashtiriladi. Proba (namuna) - to’q ko’k rang hosil qiladi. Probirkani 40
0
C gacha qizdirilgan suv hammomiga joylashtiriladi. Har 2 daqiqadan so’ng 
probirkada proba (namuna) olinib turadi. Kraxmal parchalanishi bilan yodli 
probalar har xil rangda bo’ladi; ko’k siyoh rang, qizil va nihoyasida sariq 
rang, chunki har xil murakkab darajadagi dekstirinlar hosil bo’ladi. 
Amilaza kompleksi fermentlari kraxmal gidrolizini tezlashtiriladi, bu 
jarayonda xilma-xil oraliq va oxirgi maxsulotlar paydo bo’ladi. Qo’ziqorin 
amilaza preparatida asosan α-amilazadan tashkil topgan. Kraxmal 
gidrolizining darajasi haqidagi tasavvurni yod bilan kraxmal va dekstrinlarni 
rangi o’zgarishi bilan ifodalanadi. Kraxmaldagi amilaza yod bilan ko’k rang 
beradi, amilodekstirinlar (molekulyar og’irligi taxminan ~ 10000) –ko’k 
siyoh rang; eritrodekstrinlar (molekulyar og’irligi taxminan 4000 dan to 
6000)-qizil g’isht rang; arxodekstrinlar (molekulyar og’irligi taxminan 
3700)- deyarli rang bo’lmaydi va oxirida maltodekstirinlar (molekulyar 
og’irligi taxminan 1000)-yod bilan umuman rang hosil qilmaydi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling