Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Sitoxromoksidaza fermentini ajratib olishning qanday usullari mavjud? 2. Nadi eritmasi qanday tayyorlanadi va uni nima maqsadda ishlatiladi? 3. Indofenol havorang qanday hosil bo`ladi? 4. Ajratib olingan sitoxromoksidaza fermentining aktivligi qanday aniqlanadi? 5. Kontrol probirkada cho`kma tushmasligining sababi nima? 6. Sitoxromoksidaza fermenti aralashmasini asosan qaysi to`qimalardan ajratib olinadi? 7. Sitoxromoksidaza preparatini qanday sharoitda saqlash lozim? 8. Sitoxromoksidaza fermenti substrati qaysi birikma hisoblanadi? 2.6 Sitoxromoksidaza fermentini klassifikasiyasi, ta`sir mexanizmi va qo`llanilishi (sitoxrom C:O 2 – oksireduktaza; KF 1.9.3.1) Sitoxromoksizada fermenti va klassifikatsiyasi Sitoxromoksidaza (cytochromoxidase) grekcha cyto-hujayra, Chroma - rang va oxygenium –kislota yaratuvchi degan ma’noni anglatadi. Sitoxrom oksidazani birinchi bo’lib 1929-yilda nemis olimi Otto Varburg tomonidan topilgan. U birinchi bor bu fermentni Atmungs ferment yoki “nafas fermenti” deb nomlaydi va 1931-yilda meditsina fiziologiyasidan “butun tabiatning nafas olish mexanizmi ochilishi” maqolasi uchun “Nobel” mukofotiga sazovor bo’ladi. Britaniyalik olim Devid Keylin tomonida Tabiatning kompleks IV mexanizmi deb kiritildi. 128 1939-yilda E.F. Xartri tomonidan sitoxrom c ni a 3 deb ataldi. Varburg nafas olish fermenti ingibitorlari sifatida KCN va CO laridan foydalangan. 1966- yilda Triton X-100 nomli toza preparati olindi. Sitoxrom oksidaza irlandiyalik shifokor va olim C. A. Makmann tomonidan kashf etilgan bo'lib, u 1885 yilda 605 nm to'lqin uzunligidagi yutilish spektridagi qaytariluvchi o'zgarishlarni tavsiflab bergan, bu sitoxrom oksidazaning o'ziga xos spektral imzosi bo'lgan hayvon hujayralarida oksidlanish paytida yuz beradi. Biroq, uning ishi nufuzli fiziologlar Xoppe-Zayler va Levi tomonidan tanqid qilindi, ular Makmann shunchaki gemoglobinning parchalanish mahsulotlarini so'rilishini kuzatayotganini ta'kidladilar. Natijada, ushbu ferment bo'yicha tadqiqotlar 30 yildan ortiq vaqt davomida to'xtatildi, toki Hans Fiser 1923 yilda Makmann natijalarini tasdiqlamaguncha. Ushbu fermentni keyingi tadqiqotlari nemis olimi Otto Warburg tomonidan davom ettirildi. O'zining ishida u CO yordamida xamirturush suspenziyasida nafas olishni ingibatsiya qildi, so'ngra assimilyatsiya spektrlarini oldi, har xil to'lqin uzunlikdagi izchil nurli nurlanish bilan ingibatsiyani olib tashladi. Britaniyalik olim Devid Keylin 1939-yilda IV kompleks tabiatini o’rganib, u sitoxrom C ni oksidlashini aniqladi. Keylin bu fermentni Cu dan iborat oqsil desa, Varburg esa uning kofaktori Fe degan xulosaga keldi. Uzoq tortishuvlardan so’ng sitoxromoksidaza Fe va Cu dan iborat degan xulosaga kelindi Sitoxromoksidazaning kislorod bilan bog’lanish mexanizmini XX asr 70-yillarida amerikalik bioximik Britton Chens tomonidan YaMR spektroskopiya metodi yordamida aniqlandi. Sitoxromlar gem oqsillari guruhiga mansub. Gem - Fe atomiga biriktirilgan porfirin halqasi. Sitoxromlar gemlarni o’z ichiga olgan elektron tashuvchilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling