126
4. Mochevinani aniqlashdagi fermentativ (ureaza)
metodlarga misollar
keltiring?
5. Ureaza fermentining ta`sir mexanizmi qanday?
6. Mochevina qonda ortib ketsa qanday belgilar yuzaga keladi?
7. Ureazaning yetishmovchiligiga asosiy sabablarni sanab o`ting?
8. Odam organizmining qaysi qismida ureaza fermenti sintezlanadi?
2.5 Sitoxromoksidaza preparatini ajratib olish.
Kerakli asbob va reaktivlar: gomogenizator, shisha varonka, qaychi,
doka, filtr qog’oz, mushak to’qimasi, Nadi reaktivi (ilovaga qarang)
Ishning borishi: Yog’ to’qimasidan ajratilgan skelet mushaklarni (50-
80 g) qaychi yordamida maydalanadi, distillangan suvning 4
marotaba
ko’proq hajmda quyiladi va 10 daqiqa ichida gomogenizatsiya qilinadi.
Gomogenat dokaning 2 qavatidan filtrlanadi va qattiq qoldig’i ko’p
marotaba suv bilan oqova suvlari musaffo bo’lishigacha yuviladi. Olingan
rangsiz
atalani sitoxrom oksidaza, sitoxrom kompleksi va ayrim
digedrogenazalar bilan boy. Sitoxromoksidaza
faolligini aniqlash uchun
yuvilgan filtr qog’ozga jylashtirilagan atalaning ozgina qismiga Nadi
reaktivining 0,1-0,2 ml qo’shiladi. Reaktiv qo’shilganda 1necha
daqiqadan
so’ng ko’k rang paydo bo’ladi. Bu jarayonda endofenol havorang hosil
bo’ladi. Parallel control namuna ham quyiladi. Bunda atala avval 60-70
0
C 5
daqiqa qizdiriladi va undan keyinb mushak atalasi sovutiladi.
Sitoxromoksidaza
hujayra
mitoxondriyalari
bilan
mustahkam
bog’langan, shuning uchun mushak to’qimasidan
ferment ajratilishi
jarayonida sitoxromalar bilan birgalikda erimaydigan cho’kma qoladi.
Sitoxromoksidaza ta’sirini aniqlash uchun kislorod yordamida bu ferment
borligi ayrim amin va fenollarni oksidlanish reaksiyasi qo’llaniladi.
Masalan, α- naftol ishqoriy eritmasi va N,N –dimetilparafenilendiamin (Nadi
reaktivi) oson indofenol havorang hosil bo’lishi bilan oksidlanadi: