Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Helicobacter pylori 
H.pylori turli xil kasalliklarni: gastrit, oshqozon raki va yarasi (30% 
odamlarda) chaqiradi. Bu bakteriyada ureazani o`ziga xos strukturasi bo`lib, 
ureaza fermenti bakteriyani noqulay pH muhitda yashovchanligini oshiradi. 
Bugungi kunda aynan ureazaning ingibitorlarini qo`llash orqali ferment 
aktivligini pasaytirib, bakteriyaning yashovchanligini yo`qotish yo`lga 
qo`yilmoqda. Ingibitorlarga og`ir metallar (Pb
2+
), vodorod peroksid
atsetogidroksil kislota kiradi. Ular kimyoviy gradient bo`lganligi uchun 
ularni to`g`ridan – to`g`ri qo`llash nojo`ya ta`sirlarni keltirib chiqaradi. 
Bundan tashqari parazitga qarshi antibiotiklarni o`zini ta`sir qildirganda ham 
organizm uchun salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. 
Ingibitorlardan 
atseto 
gidroksil 
kislotasini, 
antibiotiklardan 
ammoksatsilin, 
tetratsiklin, 
metronidazol, 
tinidazol, 
kloritromitsin, 


124 
eritromitsinlar bilan qo`llanilganda tajribalarda yaxshi natija bergan va 
hozirda shu usuldan foydalanilmoqda. (2017 yil).
Oshqozon – ichak trakti va siydik ayirish yo`lidagi ayrim patogenik 
bakteriyalar ureazani ishlab chiqaradi. Bu fermentni boshqa mezonlarga 
muvofiq holda ureaza testi orqali shu bakteriyalarning identifikatsiyasi 
miqdorini aniqlash mumkin. Shunday laboratoriya metodlari qo`llaniladiki, 
bu metodlar siydikda mochevina miqdorini aniqlaydi. Bu esa ureaza 
fermentini qay darajada ishlashini bilishga yordam beradi.
Ureaza fermentining o`sma hujayralarini ingibitorlashga ta`siri. 
Ushbu kashfiyot o`sma kasalliklarga qarshi ureazali oqsillar va 
polipeptidlar yordamidagi terapiyaga asoslangan. Bu kashfiyot o`sma 
hujayralarini ingibitorlashda (sutemizuvchilarda) ureaza fermenti yordamida 
farmasevtik kompozitsiya yaratishdan iborat. 
Kompazitsiya bakterial yoki o’simlik ureazasida ximik fragmentni 
o’zida tutadi. Ximik fragment lipasoma yoki vizikula bo’lishi mumkin. U 
ureaza bilan qo’shilib fermentni, rak hujayralariga yetib borishini 
ta’minlaydi. O’sma hujayralarini ingibirlash shu o’sma hujayralarini 
bo’linishini qaysidir siklini sekinlashtirish yoki to’xtatib qo’yish (masalan: 
G2/M fazasida) orqali amalga oshiriladi.  

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling