Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Molekullar massa
10.000 –Batsillus haloduranos 96.000-Psedomanas sp 435.000-Sulfolobus solfatarius 138 Struktura shakli Monomer-48 Dimer-4 Gomodimer-3 Tetremer-3 Optimal pH muhiti 2-10,5- bacillus 4,8-5- aspergillus awamore 6-7-Zabrotes subfasciatus α–Amilaza ikki va undan ortiq glyukoza qoldiqlarini tutgan qandlar gidrolizida ishtirok etadi. Bog’larni uzilishi glyukozaning istalgan qoldig’i o’rtasida kechishi mumkin, uzilish joyidagi monosaxaridlarning qoldiqlari α– monomerlar konfiguratsiyasiga ega. α–amilaza kraxmalning amilozasini glyukozaga va maltozaga aylantiradi. Kraxmal tarkibidagi amilopektin to’liq gidrolizga uchramaydi. Bunda tarmoqlangan polisaxarid-qoldiqli dekstrin qoladi. So’lakning, oshqozon osti bezining, ichak shilliq pardasining α-amilazasi ovqat hazm bo’lishida ishtirok etadi, jigarning α–amilazasi glikogenni parchalaydi. 139 Bu ferment tabiatda keng tarqalgan. Mikrorganizm, o’simlik va hayvonlar tarkibida uchraydi. Birinchi marta amilaza Yevropa mamlakatlarida tabiiy holda don, urug’ tarkibidan ajratib olingan. Bu fermentning ahamiyatini juda ko`p sohalarda kuzatsa bo`ladi. Hozirgi kunda bu fermentning asosiy manbasi bu mikrorganizmlar hisoblanadi. Bakteriya, zamburug’ va achitqilardan olinadi. Α-amilazani Bacillus licheniformis, Bac.smyloliquefaciens, Aspergillus oryzae vakillari ajratadi. Bacillus licheniformis dan olinadigan alfa amilaza juda yuqori haroratga chidamli va kraxmalni 100°C atrofidagi haroratda gidroliz qilish qobiliyatiga ega. Mana shu xususiyati tufayli ba`zi yuvish vositalari va kraxmalni olib tashlash vazifasida qo`llaniladi. Bundan tashqari etanol ishlab chiqarishda ham aynan shu fermentdan foydalaniladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling