Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Kerakli asbob va idishlar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Kerakli asbob va idishlar: hovoncha, qum, pipetka, shpatel, 100 ml li 
oʻlchov kolbasi, filtr qogʻoz, voronka, 200 ml li 2 ta konussimon kolba, menzurka, 
shtativ, probirkalar, suv hammomi, gaz gorelka, mikrobyuretka, 50 ml li stakan 
yoki kolba. 


143 
Reaktivlar: kartoshka yoki sabzi, distillangan suv, kalsiy karbonat kukuni
vodorod peroksidning 0,1 n li eritmasi, sulfat kislotaning 10% li eritmasi, kaliy 
permanganatning 0,1 n li eritmasi. 
Katalaza fermenti (H
2
O

: H
2
O
2
) oksidoreduktaza KF – 1.11.1.6 tarkibida 
gem bor fermentlar guruhiga kirib, molekulasida 4 ta Fe, ya’ni 4 ta gem boʻladi. 
Molekulyar massasi 225000 – 250000. Bu fermentning eng xarakterli funksiyasi 
vodorod perksidning parchalanishini nihoyat darajada tezlashtirishidadir: 
H
2
O
2
+ H
2
O
2
2 H
2
O
+ O
2
Katalaza fermenti, hujayra nafas olishida paydo boʻladigan va tirik hujayra 
uchun zaharli mahsulot – vodorod peroksidni parchalashga xizmat qiladi. Katalaza 
barcha oʻsimliklarda, ko’pchilik aerob bakteriyalarda va hayvonlar organizmida 
topilgan.
Katalazaning aktivligini aniqlash bu fermentni ma’lum miqdordagi H
2
O
2
bilan inkubatsiya qilganda parchalanmay qolgan vodorod peroksidini KMnO
4
bilan 
titrlab aniqlashga asoslangan: 
5H
2
O
2
+ 2 KMnO
4
+ 4 H
2
SO
4
→ 2KHSO
4
+ 2MnSO
4
+ 8H
2
O + 5O 
 
Ishning bajarilishi
2 g kartoshka (yoki sabzi) hovonchada qum bilan eziladi va asta-sekin 2 – 3 
ml suv quyiladi. Kislotali muhitni pasaytirish uchun gaz pufakchalari ajralishi 
toʻxtaguncha shpatelning uchida ozgina CaCO
3
sepiladi. Maydalangan massaning 
hammasi 100 ml li oʻlchov kolbasiga solinadi va kolbaning belgi chizigʻigacha suv 
quyiladi. Aralashma 30 – 60 minut tinch qoldiriladi va shundan keyin filtrlanadi. 2 
ta 200 ml li konussimon kolbaga 0,1 n H
2
O
2
eritmasidan 25 ml quyiladi va ulardan 
biriga 20 ml ferment ekstraktidan qu’shiladi, ikkinchisiga shuncha miqdor, ya’ni 
20 ml ekstraktni qaynab turgan suv hammomida 5 minut qizdirib, so’ngra kolbaga 
quyiladi. 30 minutdan keyin ferment ta’sirini toʻxtatish uchun har ikkala kolbaga 
10% li sulfat kislota eritmasidan 5 ml dan quyiladi va aralashma 1 minut davomida 


144 
pushti rangga kirguncha 0,1 n li KMnO
4
eritmasi bilan titrlanadi. Kontrol va tajriba 
uchun sarflangan kaliy permanganat eritmasining ml miqdori aniqlanadi.
Hisoblash. 1,5 g sabzidan 100 ml katalaza ekatrkti tayyorlangan bo’lsa, 
olingan ekstaktni titrlashga 15,5 ml, kontrol uchun 30,2 ml 0,1 n li KMnO
4
eritmasi sarflanadi. Parchalangan H
2
O
2
ning miqdori: 30,2 – 15,5 = 14,7 ml. 1 ml 
0,1 n li KMnO
4
1,7 mg H
2
O
2
ga to’g’ri kelsa, 14,7 ∙ 1,7 = 24,99 mg H
2
O
2
ga
toʻg’ri keladi. 1 g sabzidagi katalazaning 30 minutda parchalahi mumkin bo’lgan
H
2
O
2
miqdorini hisoblaymiz: 
3
,
83
5
,
1
20
100
99
,
24



mg H
2
O
2
∙ 1 minutda esa: 
83,3 : 30 = 2,27 mg H
2
O
2
ni parchalar ekan, 1 g sabzida (2,77 ∙ 0,034) = 84 
E katalaza boʻladi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling