Muxammed al-xorezmiy nomidagi toshkent informaciya


Download 99.68 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1258225
TuriReferat
Bog'liq
Akademik yozuv-1


ÓZBEKSTON RESPUBLIKASI INFORMACIYA TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKACIYALARNING RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMED AL-XOREZMIY NOMIDAGI TOSHKENT INFORMACIYA
TEXNOLOGIYALARÍ UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KÁSIP TÁLIM FAKULTETI

« Axborot xafsizligi » bólimi
1-kurs studentı Odilbek Tohirovning
« Akademiyalıq jazıw» fanidan
Referat

Mavzu :Abdulla Qodiriy ijodlarida monaloglarni qo’llanilishi


Tayorlagan: O.Tohirov
Fan o’qituvchisi: U.Jaksimova
Reja :

  1. Abdulla Qodiriy – yangi o’zbek adabiyotining asoschilaridan biri.

  2. Abdulla Qodiriy biografiyasi.

  3. Abdulla Qodiriyning zamonaviy mavzudagi asarlari.

  4. Abdulla Qodiriyning adabiy-tanqidiy qarashlari.

  5. Tanqid va adabiyotshunoslikda Abdulla Qodiriy ijodining o’rganilishi.

ABDULLA QODIRIY
(1894-1938)
Abdulla Qodiriy XX asr o’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. Qodiriyning o’zbek adabiyoti rivojida o’rni beqiyos. «O’tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» asarlari bilan u o’zbek romanchiligiga asos soldi. Qodiriyning dastlabki mashqlari 1913-1914 yillarda ilk bora nashriyot yuzini ko’rdi. Yozuvchining ilk she’rlari «Millatimga», «Ahvolimiz», «To’y»dir. Unda Qodiriy g’aflatda, jaholat botqog’ida qolgan xalqining ahvolini alam bilan yorqin detallar orqali ta’riflaydi:
Ko'r bizning ahvolimiz, g'aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog'ida vijdonni pulga sotamiz.
Qodiriy tez orada she’riyatni tashlab, dramaturgiya, nasrga o’tdi, birin-ketin «Baxtsiz kuyov», «Juvonboz» asarlarini e’lon qildi. Muallifning e’tirof etishicha, «Baxtsiz kuyov» «Padarkush» pyesasi ta’sirida, «Juvonboz» esa tatarlarda chiqib turgan jadidchilik ruhidagi hikoya va romanlarga taqlidan yozilgan. Bu ikki asarda ham Qodiriy o’z she’rlaridagi motivni davom ettiradi, jadid adabiyotiga xos g’oyalarni ilgari suradi. Oradan sal o’tmay «Uloqda» hikoyasi yuzaga keldi. Oybek bu hikoyaga juda yuksak baho beradi. «Uloqda» nomli hikoyasi «Juvonboz» va boshqa asarlariga nisbatan tenglashtirilmas darajada yuqori bir asar», – deb yozadi u. Bu asardan yozuvchi hikoya texnikasi, priyomlarini egallaganligi yaqqol ayon bo’ladi. Qodiriy «Uloqda» hikoyasi bilan o’zbek nasrida realistik metodning qaror topishiga asos soldi. «Uloqda» hikoyasi xalq so’zlari va ifodalari asarning badiiy to’qimasiga uzviy kirib ketganligi bilan ajralib turadi. Hikoya jonli, obrazli til bilan yozilgan. Shaxslar ham o’ziga xos til bilan so’zlaydilar. Hikoyada tashviqotchining, voizning o’rnini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, balki obrazlar orqali ko’rsatadi.
Adibning ana shunday asarlaridan «O’tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari uning ijodida eng katta hodisa darajasiga ko’tarildi. Yozuvchining e’tirof etishicha, «o’tgan kunlar»ni u 1919 yilda yoza boshlagan. Qodiriy bu romanida xolis – ob’yektiv turib, o’tgan XІX asr o’rtalaridagi Turkiston tarixining, o’zbek xalqi hayotining haqqoniy manzarasini beradi, muhim tarixiy jarayonlarni chuqur badiiy tahlil etadi, davrning etakchi ijtimoiy kuchlari mohiyatini ochadi, o’sha zamon kishilarining ahvol ruhiyati, orzu intilishlari, quvonch va tashvishlarini favqulodda bir mahorat bilan yorqin obrazlar orqali ko’rsatadi. Otabek, kumush, Yusufbek hoji, Oftob oyim, O’zbek oyim, Hasanali obrazlari orqali adib milliy timsollar yaratdi. Romanda inson erki, muhabbati masalasi bilan bir qatorda Rossiyaga munosabat muammosi ham katta o’rin tutadi. Asar qahramonlaridan Otabek roman boshlaridayoq o’z davrining ilg’or kishisi ilgari surishi mumkin bo’lgan qarashlarni, ya’ni Rossiyaning davlat qurilishi, qonunlari, tartiblari, maorif va madaniyati juda ibratli ekanligi, lekin Turkiston unga qo’shilishi mumkin emasligi to’g’risidagi fikrni suhbatdoshlari o’rtasiga tashlaydi. Hech bir inson o’z xalqining qul bo’lishini istamasligi e’tiborga olinsa, Otabekning bu qarashlari yuksak millatparvarlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalar ekanligi yaqqol ayon bo’ladi. Shunga qaramay, Otabekning mazkur g’oyalari Abdulla Qodiriyni Turkistonning Rossiyaga qo’shilishi progressiv ahamiyatini anglamaslikda va «millatchi», «xalq dushmani» sifatida ayblash uchun bir dastak tarzida foydalanilgan.
1926 yildan boshlab adib ikkinchi tarixiy romani «Mehrobdan chayon» asari ustida ishladi. Asarning «Mehrobdan chayon» deb atalishi, unda ko’proq munofiq dindorlarning «muqaddas dargoh»ga nomunosib harakatlariga, ilmiga amal qilmaydigan, e’tiqodni oyoqosti etadigan, shaxsiy manfaat yo’lida hech narsadan toymaydigan, halol odamlarni ko’rolmaydigan hasadgo’ylar qilmishiga ishoradir. Qodiriy bu romanda ham takrorlanmas go’zal timsollar Anvar, Ra’no, Solih Mahdum, Nigoroyim, Sultonali, Safar bo’zchi, Abdurahmon obrazlarini yaratdi. Romanda muhabbat masalasiga turli tabaqa vakillarining munosabatini ko’rsatish orqali yozuvchi XІX asr o’rtalaridagi tarixiy sharoitning haqqoniy manzaralarini chizishga, bir tomonda jabr-zulm avj olganligini, ikkinchi tarafdan esa adolat uchun kurash so’nmaganligini yorqin gavdalantirishga muvaffaq bo’lgan. Faqat mazkur asar «O’tgan kunlar» romani darajasida mukammal chiqqan deb hisoblash qiyin, chunki undagi ba’zi voqealar va ruhiy jarayonlar tasvirida badiiy dalillash san’ati etishmagandek tuyuladi. Xususan, Anvarning jallodlar qo’lidan osonlik bilan qutqarilishi asardagi eng zaif dalillangan o’rinlardan hisoblanadi. Umuman olganda, Abdulla Qodiriy yuqoridagi ikkita tarixiy romani bilan badiiy ijodda eng jiddiy muvaffaqiyatga erishdi. Zamonaviy asarlarida esa yozuvchi romanlari darajasidagi yutuqlarni qo’lga kirita olmadi. Chunonchi, zamonaviy mavzuda yozilgan Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» povesti naturalistik tasvir unsurlarining ortib ketishi tufayli mukammal asar darajasiga ko’tarilmadi. Shunga qaramay Abdulla Qodiriyning ko’pchilik asarlari qatori «Obid ketmon» qissasi ham o’z davrida haqiqiy bahosini ololmadi. Vulgar sotsiologizm og’usi bilan zaharlangan, faqat «sinfiy yondashish «Nigina mezon qilib olgan, aslida chinakam ilmiy talqindan uzoq, o’ta o’jar, johil tanqid bu o’ziga xos qissa mohiyatini buzib, uni mafkuraviy xatolarga to’la, «Siyosiy tuturug’siz» asar deb e’lon qildi. (J.Sharifiy, Olim Sharafiddinov. «Obid ketmon» haqida». «Qizil O’zbekiston», 3.06.1937.).
«Obid ketmon» keyingi o’ttiz yil ichida ham o’zining munosib bahosini olgani yo’q. Oybek ham «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo’li» kitobida qissani yaxshi baholamaydi, asarda kolxozlashtirish, sinfiylik ruhi etakchilik qilishini alohida ta’kidlaydi.
Qodiriy o’z faoliyati davomida matbuot sohasida ham ahamiyatli ishlar qildi. «Mushtum» jurnalining tashkil etilishi adib nomi bilan bog’liqdir. Yozuvchi bir qator ilmiy-publisistik, adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo’lat tajang nima deydi?», «Shirvon xola nima deydi?»kabi satirik asarlari bilan o’z jurnalini boyitdi. Muallif bu asarlarida inson xarakteridagi yomon illatlar, qusurlar ustidan kuladi. Mazkur asarlarida yozuvchi o’tmishning va o’zi yashayotgan davr turmushining dahshatli manzaralarini zaharxanda qahqaha vositasida gavdalantirib, chinakam hajviy xarakterlar yaratish bobida katta mahorat egasi ekanligini namoyish qiladi. XX asr o’zbek adabiyotida o’chmas iz qoldirgan Abdulla Qodiriy 1938 yilda qatag’on davrining qurboni bo’ldi.
Abdulla Qodiriyning adabiy-tanqidiy va estetik qarashlari aks etgan maqolalari adib ijodiy merosining talaygina qismini tashkil etadi. Yozuvchi oʻzbek adabiyotiga yangi roman janrini olib kirishi bilan kichik asarlari adabiyotshunoslikda tanqidiy tafakkurning yangi bosqichini boshlab berdi. Qodiriyning adabiy-estetik qarashlari hanuz chuqur o’rganilgan, o’zining chinakam ilmiy bahosini olgan emas. Mazkur izlanishlar bugungi kunda yaratilishi mo’ljallangan “Abdulla Qodiriy qomusi” ishtirokchilarining ham asl niyatlaridan biridir. Qodiriy hajviy asarlarining semantikasi haligacha ko’pgina adabiyotshunoslarimizning o’zaro bahslariga sabab bo’lishi barobarida, yangicha talqinlari borligini ko’rsatmoqda. Zero, har bir davr badiiy asarga o’zgacha munosabatda bo’lishga intiladi va bu tabiiy hamdir. Kimdir undan yuksak pafos qidirsa, yana kimdir undan diniy motivlarni izlaydi, boshqa birov esa uni estetik idealning eng yuksak namunasi sifatida ko’rgisi keladi. Qisqasi, har kim o’z tasavvuridagi Qodiriyni talqin qiladi. Aslida, Qodiriyni biz yaxshi taniy oldikmi?
Qomusga material yig’ish mobaynida shunga amin bo’ldikki, hali yozuvchining ilmiy biografiyasi to’liq yaratilmagan. Adib biografiyasidagi ba’zi mavhum nuqtalar, ochiq qolayotgan savollar bizni shunday xulosaga kelishimizga sabab bo’ldi. Qodiriy o’sgan oilaviy va adabiy muhit, uning dunyoqarashi shakllanishidagi muhim omillar, adibning adabiy-estetik qarashlari, ilk o’zbek romanlarining yuzaga kelishi, uning yozilish vaqti bilan bog’liq muammolar hozirgi kungacha mutaxassislarni o’ylatib kelmoqda. Yozuvchi tarjimai holiga kelsak, birinchidan, bu o’rinda biz yozuvchining 1926 yilda sudga taqdim qilingan tarjimai holiga tayanib kelamiz. Ammo bu ma’lumotning sovet mafkurasi andozalariga asoslanib yozilganligi, uning necha bor tahrir qilinganligini ham e’tibordan soqit qilmasligimiz lozim. Birgina adibning “boy yoki kambagʻal oilada” tug’ilganligini bilmasligi, otasining savdogar yoki bog’bon, sarboz bo’lganligi kabi masalalardagi atay tushirib qoldirilgan nuqtalar fikrimiz isboti. Ikkinchidan esa yozuvchi biografiyasidagi asosiy manba H. Qodiriyning “Otamdan xotira” kitobidir. Ammo bu kitobning qachon, qaysi davrda yozilganligi masalaga yondashuvda bir oz sergaklikni talab etadi. Kitob nashr etilgan yillarda hali sovet mafkurasining shabadalari butkul yo’qolmagan edi. Hatto”Yoshlik”(1989) jurnalidagi e’lon qilingan ma’lumotlar kitob bilan jiddiy farqlanishining o’ziyoq fikrimizga dalil. H. Qodiriyning yozuvchi haqidagi ma’lumotlarni yig’ib, to’plab, tartibga keltirib kitobni nashr ettirishi bu katta mehnat va adabiyotga yuksak sadoqat belgisidir. Lekin beayb parvardigor deganlaridek, bugungi kunda ba’zi ma’lumotlarda chalkashliklar ko’zga tashlanmoqda. Buning o’z navbatida obyektiv va subyektiv sabablari bor. Farzand o’z otasini ideal deb bilishi, uning kamchiliklarini ham fazilat sanashini islomiy oilada tarbiya ko’rgan har bir odam biladi. Qolaversa, bu holning ruhiy asoslariga e’tibor qaratsak, nohaq qatag’on etilgan ota va uning farzandi bo’lganligi uchun yillab qamalib chiqqan inson ko’nglidagi alamzadalik bilan ham izohlanishi mumkin. H. Qodiriy ham otasi, ham o’zi uchun sovet hukumatidan alamzada bo’lishga ma’nan haqqi bor edi. Bu kabi ichki omillar “Otamdan xotira” kitobida o’z izlarini qoldirgan. Qomusni yaratuvchilar esa bu kabi jihatlarga ortiqcha urg’u bermasdan, balki kitob muallifini va yozuvchi shaxsini to’g’ri anglab, tushunib xolisona baho berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganligini aytib o’tish joiz.
Abdulla Qodiriyning adabiy-tanqidiy va estetik qarashlari aks etgan maqolalari adib ijodiy merosining talaygina qismini tashkil etadi. Yozuvchi o’zbek adabiyotiga yangi roman janrini olib kirishi bilan kichik asarlari adabiyotshunoslikda tanqidiy tafakkurning yangi bosqichini boshlab berdi. Qodiriyning adabiy-estetik qarashlari hanuz chuqur o’rganilgan, o’zining chinakam ilmiy bahosini olgan emas. Mazkur izlanishlar bugungi kunda yaratilishi mo’ljallangan “Abdulla Qodiriy qomusi” ishtirokchilarining ham asl niyatlaridan biridir. Qodiriy hajviy asarlarining semantikasi haligacha ko’pgina adabiyotshunoslarimizning o’zaro bahslariga sabab bo’lishi barobarida, yangicha talqinlari borligini ko’rsatmoqda. Zero, har bir davr badiiy asarga o’zgacha munosabatda bo’lishga intiladi va bu tabiiy hamdir. Kimdir undan yuksak pafos qidirsa, yana kimdir undan diniy motivlarni izlaydi, boshqa birov esa uni estetik idealning eng yuksak namunasi sifatida ko’rgisi keladi. Qisqasi, har kim o’z tasavvuridagi Qodiriyni talqin qiladi. Aslida, Qodiriyni biz yaxshi taniy oldikmi?
Qomusga material yig’ish mobaynida shunga amin bo’ldikki, hali yozuvchining ilmiy biografiyasi to’liq yaratilmagan. Adib biografiyasidagi ba’zi mavhum nuqtalar, ochiq qolayotgan savollar bizni shunday xulosaga kelishimizga sabab bo’ldi. Qodiriy o’sgan oilaviy va adabiy muhit, uning dunyoqarashi shakllanishidagi muhim omillar, adibning adabiy-estetik qarashlari, ilk o’zbek romanlarining yuzaga kelishi, uning yozilish vaqti bilan bog’liq muammolar hozirgi kungacha mutaxassislarni o’ylatib kelmoqda. Yozuvchi tarjimai holiga kelsak, birinchidan, bu o’rinda biz yozuvchining 1926 yilda sudga taqdim qilingan tarjimai holiga tayanib kelamiz. Ammo bu ma’lumotning sovet mafkurasi andozalariga asoslanib yozilganligi, uning necha bor tahrir qilinganligini ham e’tibordan soqit qilmasligimiz lozim. Birgina adibning “boy yoki kambag’al oilada” tug’ilganligini bilmasligi, otasining savdogar yoki bog’bon, sarboz bo’lganligi kabi masalalardagi atay tushirib qoldirilgan nuqtalar fikrimiz isboti. Ikkinchidan esa yozuvchi biografiyasidagi asosiy manba H. Qodiriyning “Otamdan xotira” kitobidir. Ammo bu kitobning qachon, qaysi davrda yozilganligi masalaga yondashuvda bir oz sergaklikni talab etadi. Kitob nashr etilgan yillarda hali sovet mafkurasining shabadalari butkul yo’qolmagan edi. Hatto”Yoshlik”(1989) jurnalidagi e’lon qilingan ma’lumotlar kitob bilan jiddiy farqlanishining o’ziyoq fikrimizga dalil. H. Qodiriyning yozuvchi haqidagi ma’lumotlarni yig’ib, to’plab, tartibga keltirib kitobni nashr ettirishi bu katta mehnat va adabiyotga yuksak sadoqat belgisidir. Lekin beayb parvardigor deganlaridek, bugungi kunda ba’zi ma’lumotlarda chalkashliklar ko’zga tashlanmoqda. Buning o’z navbatida obyektiv va subyektiv sabablari bor. Farzand o’z otasini ideal deb bilishi, uning kamchiliklarini ham fazilat sanashini islomiy oilada tarbiya ko’rgan har bir odam biladi. Qolaversa, bu holning ruhiy asoslariga e’tibor qaratsak, nohaq qatag’on etilgan ota va uning farzandi bo’lganligi uchun yillab qamalib chiqqan inson ko’nglidagi alamzadalik bilan ham izohlanishi mumkin. H. Qodiriy ham otasi, ham o’zi uchun sovet hukumatidan alamzada bo’lishga ma’nan haqqi bor edi. Bu kabi ichki omillar “Otamdan xotira” kitobida o’z izlarini qoldirgan. Qomusni yaratuvchilar esa bu kabi jihatlarga ortiqcha urg’u bermasdan, balki kitob muallifini va yozuvchi shaxsini to’g’ri anglab, tushunib xolisona baho berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganligini aytib o’tish joiz.
Qodiriyning adabiyot maydoniga kirib kelishi dastlab u 1912 yilda o’z davrining yirik savdogar, fuqaroparvar kishisi Rasulmuhammadboy qo’lida ish yurituvchi bo’lib xizmat qilgan yillarga to’g’ri keladi. Ishlash jarayonida Qodiriy bu xonadondagi gazeta va jurnallar bilan tanishuv imkoniga ega bo’ladi. Bu, o’z navbatida, uni butunlay yangi olam bilan bog’ladi. Bu vaqtda Qodirmuhammadbobo ancha keksayib, ro’zg’or yuki bolalarga qolib, aynan tirikchilik tashvishi yozuvchini bu xonadonga yetaklagan edi. Rasulmuhammadboy ancha e’tiborli, ochiq ko’ngil, kambag’aldan chiqqan diyonatli boylardan bo’lib, o’z davri ziyolilari bilan yaqin aloqada bo’lgan. Abdullaning zehni, farosati millatparvar boyning nazariga tushib, keyinchalik o’ziga kuyov qiladi. Abdullaning so’z aytishga ehtiyoji ayni shu pallaga to’g’ri keladi. Boy xonadonidagi savdogarlar, mahalliy tadbirkorlar o’rtasidagi qizg’in suhbatlar Qodiriy uchun bevosita axborot oqimi bo’lib xizmat qilgan. Bu haqda u yozadi: “Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg’on gazetalarni o’qub, dunyoda gazet degan gap borlig’iga iymon keltirdim. 1913 yilda o’zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oyna” gazetalari chiqa boshlag’ach, menda shularga gap yozib yuborish fikri uyg’ondi”. Bu davrda adib hali o’z yo’lini aniq belgilab olmagan, adabiyotga havas ishi deb qaragandek ko’rinsa-da, davrning adabiyot oldiga qo’yayotgan talablarini ham hisobga olgan edi. Adibning birinchi maqolasi 1914 yil 1 apreldagi “Sadoyi Turkiston” gazetasida, “Toshkent xabarlari” ruknida “Yangi masjid va maktab” nomi bilan chop bo’lgan.
Abdulla Qodiriy matbuotda “To’y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylag’il” kabi she’rlari va “Baxtsiz kuyov”, “Juvonboz”(1915) kabi asarlarini “tatarlarda chiqib turg’an hikoya va ro’monlarga taqlidan” “ro’mon” deb e’lon qiladi. Yozuvchining bu davrda yozgan asarlarida quruq axborot ruhi ustuvor bo’lib, uslubiy jihatdan tajribasizlik sezilib tursa-da, ammo ularda o’z qarashlarida sobit bo’lgan e’tiqod egasini, iymoni but ulkan Ruhni his qilish qiyin emas. Keyinchalik, yozganlaridan tamoman mazmun va mohiyatda farqlanuvchi “Uloqda” (1916) hikoyasini yaratadi. Bu o’zbek adabiyotida estetik hodisa sanalib, yozuvchining usluban yangi bosqichga ko’tarilishi barobarida, badiiy pishiqligi jihatidan avvalgi asarlari bilan tenglashtirib bo’lmaydigan darajada yuqori bo’lib, Oybek “voizning o’rnini san’atkor egallashini” o’z vaqtida qayd etgan edi. Yozuvchi rus-tuzem maktabidan so’ng an’anaviy ta’lim tizimiga ko’ra madrasada o’qishni ma’qul ko’radi. Bizga ma’lumki, madrasada mantiq, fiqh, nahv kabi ilmlardan dars berilgan. Adibning madrasaga o’qishga ehtiyoj sezishi ham bizni mulohazaga chorlaydi. Qodiriy o’sha davrning taomilga ko’ra madrasada o’qidimi yoki islom ilmini chuqurroq o’rganish uchunmi yoki yozilajak romani uchun tayyorgarlikmi… Chunki yozuvchi romanlarida bu saboq ta’sirini, muallifning yetuk ilm egasi ekanligini his qilish qiyin emas. 1916–1917 yillarda yozuvchi Abulqosim madrasasida Usmonqori domladan arab va fors tillarini o’rganib, o’z davrining yetuk bilimdoni Alijon domla rahbarligi ostida Qur’ondan ta’lim olgan. Bu kabi jihatlar ham, o’z navbatida, uning shaxs bo’lib o’zini anglashi, tanishi uchun ma’lum saboq o’rnini bajaradi. Yillar davomida Qodiriy shaxsi shakllandi, takomiliga yetdi va nihoyat o’zligini topdi. Adabiyot maydoniga Qodiriy o’zini tanigan, iymon – e’tiqodi but, aytar soʻzi bor, niyati Haqqa bog’langan ruhi butun ijodkor sifatida kirib keladi.
Bu ulug’ ruh sohibi yillar, davrlar davomida ba’zida charhlandi, ba’zan egovlandi, gohida esa egildi, lekin sinmadi. Hayotning, taqdirning sinovlaridan, burilishlaridan o’zi aytganidek, “iymon tazyiqi ostida” o’tishni maqbul yo’l deb bildi. Yozuvchi “ziyoli” va “ziyonli” so’zlarini juda ehtiyotkorlik bilan qo’llagan. Hurriyatning dastlabki yillarida Eski shahar ozuqa qo’mitasining sarkotibi (1918), “Oziq ishlari” gazetasining muharriri (1919), Kasabalar sho’rosining sarkotibi (1920) bo’lib, xuddi shu davrda taniqli jurnalist va yozuvchi sifatida e’tirof etiladi. Bevosita bu davrda hurriyatga ishongan Qodiriyni ko’ramiz. Dastlab bolsheviklarning yolg’on va’dalariga ishongan yozuvchi keyinchalik vaqt o’tishi bilan zulm saltanatining nayranglari guvohi bo’lgach, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat e’tibori bilan o’zgarmay qolayotganini, munofiqlik, so’z boshqa, amal boshqa ekanligini asta-sekin anglab yetdi. Hukumatga ishongan adib ikki yo’l o’rtasida qoladi. Analitik psixologiyaning asoschilaridan biri K. G Yung “insonga jamiyatdagi tanazzul, boshboshdoqlik, tuturuqsizlik, oxir oqibat, ommaviy ongsizlik psixologik epidemiya kabi zararlidir”[1], deb yozgan. Turkiston xalqlariga tiqishtirilayotgan ommaviy ongsizlik millat ertasini yo’qqa chiqarar, javobgarlik hissi yo’qolib itoat, mutelik xalq orasida epidemiyaga aylanib ulgurgan edi. Ayniqsa, Qo’qon muxtoriyatining tor-mor etilishi ko’pgina hur fikrli ziyolilar qatorida yozuvchini ham befarq qoldirmadi, qalbini larzaga soldi. Nima uchun Qodiriy Cho’lpon, Fitratlar singari namoyishkorona kurash yo’lini tanlamadi? Bizning anglashimizcha, Qodiriy bunday kurash yo’lini ma’qul ko’rmagan. “Manzil uzoq, rohila oz”ligini bilgan. Adib “har kimga o’xshab kuchana bergim kelmaydi”, deb yozgan. “Yomonning yaxshisi bo’lib yurg’andan yaxshining yomoni bo’lib” yurishni afzal biladi. Qolaversa, adib “fardlik”ni yaxshi ko’rib, tabiatan vazmin, kamgap bo’lishi bilan birgalikda, nihoyatda ehtiyotkor bo’lgan. O’zining har bir so’zini, harakatini jiddiy mulohaza qilib doimo o’zini nazorat qilgan. Qodiriy inqilobni dastlab o’zida, qalbida o’tkazdi. Bu nihoyatda og’ir psixologik jarayon bo’lib, borgan sari yozuvchiga ichida yongan alanga tafti azob berardi. Yozuvchi haqiqatga yetishuvning o’ziga xos yo’lini tanladi. Tashqaridan murosaga o’xshasa-da, barcha norozilik va nafrat alangasini o’z vujudiga qamab ijod qilishni ma’qul bildi. Davr shiorlariga munosabat bildirishda Qodiriy boshqa yozuvchilarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashgan. Bu yillarda o’zida ichki inqilob yasagan yozuvchi “men”ini ko’rishimiz mumkin.
Adibning “O’tkan kunlar” romanini yaratishi ijodiy faoliyatining eng yuqoriga ko’tarilgan pallasi bo’lib, bu davrda yozuvchi o’z “men”i bilan topishdi.
Yana bir mulohaza. Qodiriy dinni niqob qilib olgan “nimcha ulamolar”ni o’ziga xos ravishda fosh etdi. Nima uchundir yozuvchi asarlaridagi diniy ulamolar, domlalar, hatto Buxoro madrasalaridagi ahvol tasvirida Qodiriy faqatgina qora ranglardan foydalangan. Bunga sabab munosabatmi, ahvolmi, darajami? O’sha davrda Turkiston ulamolari xalqni o’z ortidan ergashtirish kuchiga ega yagona ma’naviy kuch hisoblanib, ular bilan ma’lum ma’noda hokimiyat ham hisoblashgan. Qolaversa, “Xudoyorxonning birinchi istinodgohi bo’lg’an ulamoda insoniy his bitganligi”ni yozuvchi millat va yurt tanazzulining bosh sababi, deb hisoblagan. Ham alam, ham nafrat dinning asl mohiyatini tirikchilik vositasiga aylantirgan ulamolarni ayovsiz tanqid qilish adibning asosiy dasturiga aylandi, desak mubolag’a bo’lmas. Xuddi shu o’rinlarda “alamzada” yozuvchi “men”ini ko’rish mumkin. Umuman, alamzadalik yozuvchi hayotida muhim qiymatga ega. Avval uni o’zi ishongan hukumat, siyosat uni aldadi. Keyinchalik aldangan yozuvchi nohaq tuhmatning (1926) jabrini tortdi. Munofiq hukumat yozuvchini yolg’onchilikda aybladi. Xo’rlik, ishonchsizlik, malomat Qodiriydagi alamzadalikni ulkanlashtirib yubordi. Yuqorida aytganimizdek, H. Qodiriyga alamzadalik otasidan meros bo’lishi ham mumkindir.
1926 yilda yozuvchi ma’lum sabablarga ko’ra sudlanadi. Mash’um sud voqealari uni butunlay o’zi istagan maslakdan qaytishga undasa, bo’g’izda qolgan armonlar yozuvchini azoblar edi. Alam o’rtagan yozuvchi, ma’lum ma’noda, hukumat talablari bilan hisoblashishga o’zini ko’ndirishga uringan holatlar ham yo’q emas. Mana shu nutqi uning biroz bo’lsa-da, sovet hokimiyati talablariga bo’ysunish majburiyatini olib, zamona zayliga ko’ra o’zini zo’rlab bo’lsa-da, yon berib hukumatga qayishganini sezish qiyin emas. Bu yillarda Qodiriyni ilojsiz boshi berk ko’chaga kirib qolib, yo’lini yo’qotib qo’yishdan hadik olgan imkonsiz inson sifatida adib “men”ini ko’ramiz. U bu yo’ldan qanday chiqishni bilardi. Faqat iymoniga ishonardi. Har qanday o’tkinchi kuylar ohangini ajrata bilish salohiyati yozuvchiga kuch berib turardi. Suddagi nutqida “jazoyingizdan qo’rqub emas, balki vijdonim, iymonim tazyiqi ostida so’zlayman”, deyishi fikrimizga dalil.
Davr siyosiy izg’irinlaridan bezib, o’zini himoyalashga intilgan adib kuchini adabiyotga berib, o’zini ovutish va sovutish yo’lida yig’ilib qolgan faktlarni to’plab yangi roman yozishga bel bog’laydi. Bu uning davrga o’ziga xos isyoni edi. Qolaversa, roman yozib mashhur bo’lgan yozuvchini yanayam yangi gap aytish istagi tinch qo’ymasdi. 1928 yilda esa adibning ikkinchi tarixiy romani “Mehrobdan chayon” dunyo yuzini ko’radi. Keyingi romani “Mehrobdan chayon”da o’zini ko’ndirgan va shu bilan birga, niyatini so’z ortiga yashira olgan yozuvchi ruhini his qilish qiyin emas. Yozuvchi bu o’rinda o’z “men”iga bir qadar yaqinlashadi.
Inson shaxsining evrilishi, davr bilan murosaga borishi nihoyatda murakkab jarayon. Ammo shuni qat’iy ravishda ayta olish mumkinki, Qodiriy bu jarayondan o’z “men”ini omon saqlay oldi. Katta ma’nodagi Haqiqatga sodiq, maslagida sobit qolish yozuvchining hayotdagi muhim javhari bo’lib qoldi. O’z davriga sig’magan, hammabop bo’lishdan chekingan, iymoni but isyonkor shaxs ruhiyati ijodkorning jamiki asarlarida bosh belgi – o’zak yadroni tashkil qilgan. “Boylar, ulamolar, cho’ntakchi xoin va o’g’rilar, umuman, O’zbekiston teskarichilariga”, “o’choqboshini xoli topgan olaqarg’alarga” nisbatan matbuotda “jihodi akbar” qilgan. Tergov (1926,1937) jarayonidagi yozuvchining o’zini tutishi, jon talvasasi umidida o’zgalarning panasiga bekinmagan, “xo’rlikdan o’lim tansiqligini” baralla ayta olishi uning iymon-e’tiqod qo’rg’oni mustahkamligidan dalolat. Yozuvchining mazkur fikri uni yanayam yaqindan bilishimizga ko’mak beradi: “O’z butunlig’ini saqlay olmag’an boshqag’a yeng bo’la olmaydir. Shaxsiy butunliq, mustaqil shaxsiyat qullik bilan ziddir. Shaxsiy butunlig’i bo’lmag’an, ya’ni o’zida haqiqatni ixtiyor qila bilish kuchi topolmag’an ojiz, ixtiyorsiz odamlar jamiyat uchun foydalik va chin ag’zo bo’la olmaslar”.
Ijodkor ruhidagi kechinmalarni, iztiroblarni anglay olsak, uning asari tub mohiyatiga shu qadar chuqur kira olamiz. Zero, har bir asar ortida ijodkor ruhiyati mujassam. Bu jarayonni nafaqat adabiyotshunoslik, balki psixologiya, tarix, falsafa bilan bog’liq holda organish barobarida Qodiriy ijodini tarixiy jarayon bilan chambarchas bog’lash adabiyotshunoslikda hali ochilmagan nazariy ilmiy muammolar yechimiga ko’mak beradi.
Yangi davr o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri — Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkentda tug‘ilgan. 9-10 yoshlarida eski usul maktabda tahsil ko‘radi. So‘ng rus-tuzem maktabida o‘qiydi. 17 -18 yoshlarida bir savdogarga prikazchilikka yollanib, uch-to‘rt yil ishlaydi. So‘ng bog‘bonlik bilan tirikchilik o‘tkazadi. Abdulla Qodiriy ijodi 1913—1914 yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilg‘or fikrii yoshlar qatori jadidchilik harakatiga qo‘shilgan va o‘zining ilk asarlarida ma’rifat, millat taraqqiyoti va hurligi g‘oyalarini targ‘ib eta boshlagan. Qodiriy dastlab ma’rifiy she’rlar yozdi. «Ahvolimiz», «Millatimiz», «To‘y» kabi she’rlari jadid matbuotida e’lon qilinadi. 1915 yili u Behbudiyning «Padarkush» fojiasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» pyesasini yozadi. So‘ng o‘zi «milliy ro‘mon» deb atagan «Juvonboz» hikoyasini yaratadi. Bu asarlar ham avvalo ma’rifatparvarlik qarashlari mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi chirkin illatlar va qoloq urf-odatlarni keskin tanqid qilishga yo‘naltirilgan.
1917 yil fevral va oktyabr voqealaridan keyin A.Qodiriy hayotida ham, ijodida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. U sho‘ro idoralarida ishladi. «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida adabiy xodim, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan bo‘ldi. Moskvada V.Bryusov nomidagi jurnalistlar institutida tahsil oldi. A.Qodiriy 1925-1926 yillarda «O‘tgan kunlar» romanini e’lon qiladi. Bu to‘laqonii realistik ilk o‘zbek romani bo‘lib, Qodiriyning jadidona siyosiy qarashlari yuksak badiiy ifodasini topgan asar edi. 1928 yili yozuvchi «Mehrobdan chayon» romanini e’lon qildi.
Abdulla Qodiriy ning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta’qibu tahdidlar ichida o‘tdi. Rostgo‘y adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho‘ro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko‘rsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926 yilda «Mushtum»da bosilgan «Yig‘indi gaplar» hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun «aksilinqilobiy harakat qilganlik»da ayblanib qamoqqa olinadi, turli bo‘htonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib o‘z sha’nini himoya qiladi. «Obid ketmon» qissasi ham sho‘ro mafkurachilariga ma’qul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; «ideologik buzuqliklar va xatolar»ga to‘la, «siyosiy tutruqsiz» asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlari esa asosiy ma’nosi — millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg‘usi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar bo‘lib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar sho‘ro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida keskin qoralandi. 30 yillar o‘rtalariga kelib, qatag‘on kampaniyasi avjiga chiqdi. Nihoyat, A.Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi so‘roq-tergov, qiynoq, xo‘rlikdan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy hibsga olingach, asarlari «zararli» sanalib o‘tda yoqildi, kutubxonalardan yo‘qotildi, ularni o‘qish taqiqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekston Respublikasining “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari” to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonuni.- T.: O'zbeksdan, 2002.
2. Karimov I. A. Ozod va obod vatan, xoli va farovon hayot sońı maqsadimiz. T. 3.-T.: O'zbeksdan, 2000, 528 b.
4. Karimov I. A. Yuqori ruhiyatlik yengilmas kuch T.: O'zbeksdan, 2006.
5. Husanov N., Mirahmedova Z. Ixtisoslik tili. T.: TMI, 2003.
Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling