Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


Download 335.49 Kb.
bet68/92
Sana10.01.2023
Hajmi335.49 Kb.
#1086231
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK

Ollinga har dam kelur yuz ming alam...


Istamak ranji ko‘ngulni zor etar,
Topmomog‘lig‘ ruhni afgor etar...

Lam’a ko‘rguzgan soyi mehri visol,
Aylagay shoming saharg‘a intiqol...


Ajdahodin etmagay ko‘nglungda ranj,
O‘yla bo‘lmish bo‘lg‘ay ul mash’uf ganj.
Alisher Navoiy har bir vodiy ta’rifidan so‘ng shu vodiy mohiyatini ochib beruvchi hikoyat ham keltiradi. Jumladan, asarda talab vodiysi bilan bog‘liq quyidagi hikoyat beriladi:
Qadimda bir qudratli podshohning YUsufdek go‘zal o‘g‘li bo‘lgan ekan. Butun olam ahli unga oshiqu shaydo bo‘lib, agar u qatl etmoqchi bo‘lsa ham, kishilar bundan g‘am chekishmas ekan. Bir kuni u sahroda aylanib yurib, minglab oshiqi zorlarning uning ishqida iztirob chekayotganligini ko‘radi23. Ular orasida ikki devona shahzodaning diqqatini tortadi. Mulozimlar ularni ushlab qasr tomon olib keladilar. SHoh ulardan birini zindonga tashlab, ikkinchisini o‘ziga itboqar qilib tayinlaydi. SHunda ulardan biri ikkinchisidan bu azob-uqubat ichida holi qanday ekanligini so‘raganida u bu holat mashaqqat emas, balki oshiq uchun rohat ekanligini aytadi. Ikkinchisi ham bu so‘zlarni tasdiq etib, oshiq o‘z ma’shuqi vasliga talabgor ekan, bu azoblar unga faqat mamnunlik baxsh etishini bayon qiladi. Bu so‘zlarni pana joydan eshitib turgan shahzoda benihoya xursand bo‘lib, ularni o‘zining yaqin mahramlariga aylantiradi.
Hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, talab vodiysiga qadam qo‘ygan solik oshiqlikdan keladigan jami sinovlarga, mashaqqat va uqubatlarga tayyor turishi, ma’shuq vasli yo‘lidagi qiyinchiliklarni baxtu saodat deb qabul qilishi kerak. Zero, bu vodiydan maqsad YAratganning vaslidir.

  1. Ishq vodiysi – bu vodiyda qushlarning qalbini Simurg‘ning ishqi band etadi, ular o‘zlarini va dunyoni unutadilar. Alisher Navoiy bu vodiyni shunday ta’riflaydi:

Ishq keldi masha’li getifuro‘z,
Dema mash’al shu’layi ofoqso‘z.

Ishq aro har kimsa darxur bo‘lmag‘ay,
O‘tqa loyiq juz samandar bo‘lmag‘ay...


Kuymagan ishq ichra ermas ishqboz,
Oshiq ermas, ulki ermas jongudoz.
Mazkur vodiy tavsifi uchun hazrat Alisher Navoiy Asma’iy24 bilan bog‘liq hikoyatni keltiradi. Hikoyatga ko‘ra, Asma’iy haj tomon ketayotib, bir chashma boshida yozuv bitilgan toshni ko‘radi. Toshda shunday deb yozilgan edi: “Ey Hijoz ahli! Bir sirning chorasini topsangiz: agar kishi ishqqa mubtalo bo‘lib, ishq uni sabru qaroridan judo etgan bo‘lsa, nima qilsin?”
Asma’iy qo‘liga qalam olib, yozuv tagiga shunday so‘zlarni bitadi: “Kimki bu halokatli yo‘lga kirgan bo‘lsa, undan qo‘rqmasin”. Bu so‘zlarni yozib bo‘lib, Asma’iy yana yo‘lida davom etadi. Ertasiga yana shu joyga kelib qarasa, toshda yangi yozuv paydo bo‘lgan ekan: “Agar oshiq pok bo‘lsayu, ishqini yashirin saqlasa, lekin muhabbat shiddatidan toqati toq bo‘lib, vaslga ehtiyoj sezsa, buning ilojini topmasa, nima qilsin?” Asma’iy bu so‘zlarni o‘qib, qalami bilan shunday deb yozib qo‘yadi: “Agar o‘sha dardli inson nasihatlarimdan o‘z maqsadiga erishmagan bo‘lsa, o‘lsin va ishq o‘tidan o‘zini xalos qilsin!”
Oradan bir kun o‘tib, oshiqning javobini bilish uchun o‘sha joyga kelgan Asma’iy chashma yonida boshini toshga urib, halok bo‘lgan bir kishini ko‘radi. Asma’iy bu holdan azoblanib, halok bo‘lgan oshiq uchun motam tutadi va marhumni qabrga qo‘yadi.
Ushbu hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, oshiqning asosiy maslagi – ishq yo‘lida jismdan voz kechish va yor uchun o‘lmoqlikni arzimas ish deb bilish.

  1. Ma’rifat vodiysi – bunda qushlar Simurg‘ haqidagi bilimlar, g‘oyalar cheksizligini his etadilar, Simurg‘ni taniy boshlaydilar.

Kimki bu vodiyg‘a bo‘ldi muttasif,
Topti anda hollarni muxtalif.



Download 335.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling