Muzeyshunoslik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha dastur


Muzeyshunoslik fanidan tanishuv amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad


Download 132.03 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1601336
1   2   3   4   5
Bog'liq
33269 muzey amaliyot dastur 2022 (4)

Muzeyshunoslik fanidan tanishuv amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad:
birinchidan, talabalarni olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalari asosida mustahkamlash,
ikkinchidan, amaliyot ilmiy faoliyatga mo‘ljallanganligi sababli, talabalarni mustaqil tadqiqotga o‘rgatish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda bir qancha asosiy vazifalar belgilanadi.
-talabalarni tanishuv amaliyoti tadqiqotning alohida uslubi hisoblangan kuzatuv amaliyoti bilan tanishtirish.
- tanishuv amaliyoti davomida qo‘llaniladigan uslublar bilan tanishtirish.
- talabalarni dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va ularni o‘zlari to‘plagan tarixiy ma’lumotlarni nazariy bilimlari bilan solishtirish, tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarishga o‘rgatish.
- tarixiy yozma hujjatlar va statistik ma’lumotlar haqidagi hujjatlarni yig‘ish uchun talabalarga mavzu va ob’ekt tanlashni o‘rgatish.
-talabalarni ushbu soha yuzasidan ilmiy tekshirish, izlanish ishlarini olib borishga qiziqishlarini tarbiyalash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni ma’naviy rag‘batlantirish
- talabalarda milliy an’analar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqish, hurmat, e’tibor va faxr –iftixor tuyg‘ularini shakllantirish.
- talabalarni o‘ziga xos milliy mentalitetimiz, tariximiz va osori-atiqalarimizni asrash va kelajak avlodga etkazish ruhida tarbiyalash.
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyotining o‘quv rejasidagi boshqa amaliyotlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy ketma-ketligi.
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyoti ixtisoslik amaliyoti hisoblanib, uni o‘tash uchinchi bosqichning to‘rtinchi semestri uchun mo‘ljallagan. Tarix mutaxassisligi talabalari uchun keyingi amaliyot hisoblanib, ixtisoslik bo‘yicha qolgan barcha amaliyotlar u bilan uzviy bog‘liq va ketma-ketlik tarzida amalga oshiriladi. O‘quv rejasiga binoan uning davomi sifatida muzeyshunoslik, ilmiy tadqiqot, pedagogik amaliyotlari ko‘zda tutilgan.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling