O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_____________p.f.n., dots. S.Xodjaniyazov
“_____” ________________2022 yil
MUZEYSHUNOSLIK AMALIYOTI
O‘TKAZISH BO‘YICHA DASTUR
Urganch – 2022
Ushbu dastur Muzeyshunoslik amaliyoti va uni olib borishning uslublariga bag‘ishlangan dastur bo‘lib, unda umumlashtiruvchi ma’lumotlar tizimli ravishda bayon etilgan.
Mazkur dastur ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarni malakaviy amaliyotini o‘tash tartibi bilan tanishtiruvchi dasturdir. Qolaversa, talabalarni tadqiqotchi sifatida tarixiy materiallar yig‘ish va to‘plangan ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilishga o‘rgatadi.
Dastur oliy o‘quv yurtlarining ijtimoiy–gumanitar fanlarga ixtisoslashtirilgan bakalavr va magistr yo‘nalishlari mutaxassislik talabalari hamda O‘zbekiston tarixi fanidan ilmiy tadqiqot olib boruvchi va bu soha bilan qiziquvchi boshqa soha vakillari uchun ham muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tuzuvchilar:
N. Botirova, Sh. Yusupov, A. Yusupov, O. Matqurbanov
Taqrizchi:
t.f.n, dots. S. Navruzov
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyot dasturi.
1.Muzeyshunoslik malakaviy amaliyot haqida tushuncha
Oliy ta’limda har bir mutaxassislik talabalari nazariy bilimlarni egallash bilan birgalikda amaliy ko‘nikmalarini egallashlari zarur. SHu maqsadda o‘quv rejalarida har bir bosqich yakunida amaliyot o‘tash uchun amaliyot soatlari belgilangan.
Tarix ta’lim yo‘nalishi talabalari bakalavr doirasida O‘zbekiston tarixi fanidan tanishuv amaliyoti, pedagogik, arxiv, muzey, o‘lkashunoslik, arxeologik va etnografik amaliyotlarni o‘tashlari belgilangan. O‘quv rejasiga binoan uchinchi bosqich talabalari “Muzeyshunoslik” fanidan nazariy bilimlarga ega bo‘lganlaridan keyin, bosqich yakunida uni O‘zbekiston tarixi fanidan tanishuv amaliyot bilan mustahkamlaydilar. Bu amaliyot o‘ziga xos bo‘lib, belgilangan tarixiy obidalar, me’moriy yodgorliklar va diqqatga sazovor ob’ektlarda bevosita amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |