Muzeyshunoslik malakaviy amaliyotni o‘tashda an’anaviy uslublar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Talabalar Muzeyshunoslik malakaviy amaliyotni to‘g‘ri va to‘la o‘tashlari uchun, amaliyot o‘tashning ilg‘or an’anaviy va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Joylarda kuzatuv va tanishuv amaliyoti olib borishning
-bilvosita (arxiv hujjatlaridan, manbalardan foydalangan holda)
-bevosita (ko‘rish va izlanish ishlarida qatnashib ma’lumot to‘plash)
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyoti davomida talabalar daftar, ruchka, lug‘at, diktofon, zamonaviy qo‘l telefonlari, raqamli fotoapparatlar, audio tasma va raqamli video kameralardan, kompьyuterlar va internet tarmoqlaridan foydalanishlari mumkin.
Asosiy qism
Kirish. Muzeyshunoslik malakaviy amaliyot bilan tanishish.
Amaliyot o‘tkazilishi yuzasidan konferensiya tashkil qilinadi. Muzeyshunoslik malakaviy amaliyot haqida tushuncha beriladi. Amaliyot o‘tash vaqti, o‘rganiladigan ob’ekt, tadqiqot metodlari, qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy informatsion va texnik vositalar va amaliyot o‘tash tartiblari tushuntiriladi.
Tanishuv amaliyoti davomida an’anaviy mavzularni tadqiq qilish
Tarixiy yozma hujjatlarining davri muammosi, ob’kt haqida ma’lumot beruvchi moddiy va yozma manbalar asosida xalqlarni xo‘jalik faoliyati, moddiy madaniyati, ijtimoiy munosabatlar va mahallachilik an’analari, oilaviy-maishiy turmush an’analari, diniy tasavvurlar va ular bilan bog‘liq turli marosimlar, urf-odatlar, iqtisodiy munosabatlarning mohiyatini ochib berishdan iborat.
Olib boriladigan Muzeyshunoslik malakaviy amaliyoti davomida shu tarixiy hujjatlarning paydo bo‘lishi, yozma manbalarni qanday uslubda paydo bo‘lganligi va o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining xususiyatlari haqida ma’lumotlarni yozma manbalar asosida qiyosiy tahlil asosida taqqoslash bayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |