Muzeyshunoslik malakaviy amaliyoti davomida tadqiq qilinadigan zamonaviy mavzular
- Muzeyshunoslik faniga kirish. Zamonaviy yondashuvlar va ularni ahamiyati.
- Muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishish. Ish yuritishni tashkil etilishini o‘rganish.
- O‘zbekistonda Muzey ishini shakllanish tarixi.
- Muzey eksponatlari qiymatini tekshirish komissiyasi faoliyatini o‘rganish.
- Eksponatlarni muzeylarga qabul qilish.
- Eksponatlarni turlari va ular bilan tanishish.
- Eksponatlardan ko‘chirma olishni o‘rganish.
- Muzey eksponatlarining tavsifi va yo‘lko‘rsatkichlarini tuzish.
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyot uchun ob’ekt tanlash
Malakaviy amaliyot o‘quv rejasiga binoan tashkil qilinishi. Oliy o‘quv yurtining ichki va tashqi imkoniyatlarini hisobga olib, muassasa joylashgan regiondagi shahar, respublika hududida, amaliyot o‘tovchi talabalarning bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqib hamkorlik shartnomasi asosida malakaviy amaliyotni tashkil qilish.
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyotni yakunlash
Talabalarning amaliyotdagi ishtirokini tekshirish. Hisobotini qabul qilish. Talabalarni baholash. To‘plangan materiallarning nisbatan qimmatdorlari elektron nusxalarini to‘plash. Eng yaxshi ma’lumotlarni maqola sifatida chop qilish. Tarixiy hujjatlarni to‘plash.
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyotini tashkil qilish va o‘tash tartiblari.
Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarida Muzeyshunoslik malakaviy amaliyoti 2 hafta qilib belgilangan. Malakaviy amaliyotning bunday turi juda murakkab bo‘lib, u amaliyot rahbari va amaliyotchi talabalardan jiddiy mas’uliyatni talab qiladi. Muzeyshunoslik malakaviy amaliyoti quyidagicha tashkil qilinadi va olib boriladi.
Muzeyshunoslik malakaviy amaliyotini tashkil qilish
1. Ob’ekt tanlash - dastlab tanishuv amaliyoti o‘tash uchun ob’ekt tanlanadi.
Zamonaviy mavzular uchun esa integratsiya jarayoniga ko‘proq jalb etilgan ob’ektlar tanlanadi.
2.SHartnoma tuzish – talabalar amaliyot o‘taydigan muassasa rahbariyati bilan muzey saqlovxonalariga kirish-chiqish, hujjatlar bilan ishlash, qiroatxonalardan foydalanish bo‘yicha kelishish.
3.Konferensiya o‘tkazish - amaliyot rahbari tomonidan tashkiliy ishlar hal qilingach, amaliyotchi talabalar bilan konferensiya tashkil etiladi. Bunda talabalarga muzey amaliyotini o‘tashdan asosiy maqsad va vazifalar, o‘quv rejasida amaliyot uchun ajratilgan vaqt miqdori, tanishuv amaliyotini o‘tash tartiblari, zarur bo‘lgan o‘quv va texnik qurilmalar, kundalik ish tartibi va rejalari, material to‘plash, ularni tahlil qilish, xisobot topshirish shakli haqida axborot va tushuncha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |