"Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" va h k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARINING SIFAT VA SAMARADORLIGINI
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
53-55
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARINING SIFAT VA SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI https://doi.org/10.5281/zenodo.6567365 Yoqubova Bonuoy Alisher qizi, BuxDUPI 1-bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sifat samaradorlikni oshirishda innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati, fanlararo integratsiya, innovatsion metodlarni qo‘llashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Bingo”, “Bilag‘on “ metodlari tavsiya etilgan va ahamiyati asoslangan. Kalit so‘zlar: innovatsiya, metod, innovatsion usullar, pedagogik yangilik, texnologiya, integratsiya Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. A. Avloniy 54 O‘qituvchi innovatsion yondashuv asosida eng avvalo darsni to‘g‘ri va sifatli tashkil etishi lozimdir. Innovatsion faoliyatda dars jarayonida pedagogik texnologiya va pedagogik yangiliklar; o‘qitishning yangi usul va metodlarining yaratilishi va qo‘llanishi o‘quv jarayonining samarali va sifatli tashkil etilishini ta’minlaydi. Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantirish vositasidir. Pedagogik texnologiya – “pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan barcha shaxs, amaliy va uslubiy vositalarning tizimlashgan majmui va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi”. (Klarin M.V.) Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlab, ularni amaliyotda erkin qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bolaning tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tatbiq qila olishi, ta’limning yangi-yangi usul va metodlarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuningdek, o‘quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta’limda pedagogik texnologiyalarni o‘rinli qo‘llash, turli innovatsion usul va metodlardan foydalanish, samaradorlikni oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Ma’lumki, bugungi kunda dars jarayonida “Qora quti”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Videotopishmoq“, “Muzyorar” hamda ta’lim vositalari bo‘lgan grafikli organayzerlardan: “Nilufar guli”, “Baliq skeleti”, “Venn diagrammasi”, “BBB” texnologiyalaridan o‘quv jarayonini tashkil etishda foydalanilmoqda. Mazkur maqolada dars jarayonining samarasi va sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi yana bir nechta innovatsion metodni tavsiya qilamiz. “Bingo” interfaol o‘yini o‘quvchilar bilan guruh asosida ishlashga, mavzuning tezkor va puxta o‘zlashtirilishga xizmat qiladi. O‘yinning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 1. O‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi. 2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. 3. O‘tilgan mavzu o‘yin orqali o‘zlashtiriladi. “Bingo” metodini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - sinf o‘quvchilari bir nechta (5-7 ta) guruhga bo‘linadi; - o‘tilgan mavzu bo‘yicha guruhlarga bir xil topshiriq beriladi; - o‘qituvchi topshiriqni guruhlarga tarqatib, o‘yin shartini tushuntiradi; - berilgan topshiriqqa qaysi guruh javob bersa, o‘qituvchi shu guruhga aytgan savolini topshiradi; - qaysi guruh berilgan topshiriqni birinchi bo‘lib bajarsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi; - birinchi bo‘lgan g‘olib guruh o‘yinda ishtirok etmay turadi va o‘yin g‘oliblari ketma-ket aniqlanib, ballar qo ‘yib boriladi. Bu interfaol metoddan faqat guruhda ishlash vaqtida emas, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, yangi mavzuni mustahkamlashda, umumlashtiruvchi, takrorlash darslarida ham foydalanish mumkin. Xulosamiz shuki, dars samaradorligini oshirishda o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlash, ona tili fanining amaliy yo‘nalishidan kelib chiqib o‘ylab fikr yuritish hamda kreativlikni oshirish, o‘quvchilarni izlanish, ijodiy faoliyatga yo‘llash, til vositalarini tushungan holda hukm chiqarish va fikr-mulohazalarini himoya qilish, topshiriqlarni zavq bilan bajarish imkonini beradi. Bugungi kun bolalari telefon, planshet va kompyuterda ishlash ko‘nikmasiga ega. O‘quvchilarni darsga qiziqtirish, mavzuni puxta va chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashish ayni kundagi dolzarb masaladir, bunda bizga “Lepbuk“ metodi yordam beradi. Bunda o‘yin lahzasi hamda internetdagi o‘yin ichida o‘yin mavjud. “Lepbuk” inglizcha “Lapbook” so‘zidan olingan bo‘lib, tizza-kitobcha yoki qat- lam-kitob ma’nosini bildiradi. Lepbuk – tizimlashtirilgan va har xil dizaynlashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tematik yoki istalgan biror mavzuda o‘quvchilar uchun tayyorlangan interaktiv papka. Lepbuk o‘quvchilarga turli xil tabiiy hodisalar, narsalar, his-tuyg‘ularni aytib berish va ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat! Kitob, shuningdek, turli xil ta’limiy o‘yinlar va jumboqlarni ham o‘z ichiga olgan. Bu kitobni ma’lum darsda qo‘llash boshqa fanlar bilan integratsiya uchun qo‘l keladi. Bundan tashqari kitob turli jumboq va sirlarga to‘la ko‘plab cho‘ntak, topshiriq, daftarlarga ega bo‘lib, ular o‘z navbatida yosh tadqiqotchilar va sirlilikni yoqtiruvchilarga juda ma’qul keladi. 55 1-rasm “Lepbuk” metodining tasviriy ko‘rinishi Jumladan, mavzuga doir ingliz tilida lug‘at uchun sahifa ajratsa bo‘ladi, o‘quvchilar diqqatini jamlash uchun “1 daqiqa ichida” o‘yini mavjud, bunda matematika, tabiat va kun yangiliklari borasida turli tezkor savol- javoblarni o‘tkazsa bo‘ladi. Bilag‘on lepbuk kitobiga zamon talabi bo‘lgan Xalqaro baholash tadqiqoti PIRLS yuzasidan matnlar va test namunalarini ham joylashtirsa bo‘ladi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, axborot-kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivojlanib borishi zamonaviy o‘qituvchi-pedagogning kompyuter texnologiyasidan xabardor bo‘lishi, tahlil qila olishi va yangilik yarata olish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishini taqozo qiladi. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida ko‘rgazmalardan foydalanish, texnik vositalarni dars jarayoniga tatbiq etish, ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga undash va pedagogik texnologiyalardan samarali, maqsadga muvofiq foydalanish muhim va shart. Zero bir soat berilgan sifatsiz ta’lim kelajakka qilingan xiyonatdir. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling