N-1 shaklidagi dalolatnomani to‘ldirish
7-band. Agar jabrlanuvchi bir necha kasb egasi bo‘lsa, unda baxtsiz hodisa yuz berganda bajarayotgan kasbi ko‘rsatiladi.
8-band. Ish stajining to‘liq yillar soni ko‘rsatiladi, agar ish staji bir yildan kam bo‘lsa, unda oy va kunlar soni ko‘rsatiladi.
11.1-band. Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablari — asosiysi birinchi bo‘lib, qolganlari ahamiyatiga yarasha tartibda ko‘rsatiladi.
11.2-band. Jarohatta sabab bo‘lgan asbob-uskunaning nomi, turi, rusumi, chiqarilgan yili, tayyorlagan korxona nomi.
11.3-band.Sud-tibbiy muassasa ma’lumotnomasi (xulosasi)ga asosan jabrlanuvchining hushyorligi (alkogol yoki narkotiklar ta’siridaligi) ko‘rsatiladi.
Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) haqida ma’lumotlar
Ism-sharifi, tug‘ilgan yili, kasbi, lavozimi, umumiy va kasb bo‘yicha (shu jumladan, ushbu korxonadagi) ish staji, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish, yo‘riqnomalar berish, bilimlarni tekshirish vaqti, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramog‘idagi oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar
(ism-sharifi, tutilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari).
Izoh: Guruhiy baxtsiz hodisalar tekshirilgadda har bir jabrlanuvchi haqida alohida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. O ila a’zolari haqidagi ma’lumotlar faqat o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar tekshirilganda ko‘rsatiladi.
Korxona, bo‘linma, sex, ish joyining tavsifi
Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni qisqacha tavsiflab, jabrlanuvchiga qaysi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish kerak.
Agar baxtsiz hodisa ob’ektdagi halokat natijasida yuz bergan bo‘lsa, dalolatnomaga quyidagilar qo‘shimcha qilib kiritiladi:
ob’ekt tavsifi (qozonlar va ko‘tarma inshootlar ob’ektlari uchun ob’ekt nomi va xili, uning asosiy o‘lchovlari, zavod bergan tartib raqami, tayyorlovchi zavod, tayyorlangan va o‘rnatilgan yili, so‘nggi tekshiruvdan o‘tgani, shuningdek, tayinlangan tekshiruvdan o‘tish muddati);
halokat toifasi va tavsifi haqida ma’lumotlar;
nobud bo‘lgan mahsulotlar (natura ifodasida va so‘m hisobida), halokat natijasida etkazilgan zarar (so‘m hisobida).
Do'stlaringiz bilan baham: |