N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
Machay g‘or makoni mezolitning so‘nggi bosqichiga oid yodgorlik
bo‘lib, u Hisor tizmasining Ketmonchopti tog‘ining janubidan Machay daryosining o‘ng sohilidan topilgan. G‘or-makon ko‘p qatlamli bo‘lib, u erdan ko‘p miqdorda tosh qurollari va oz miqdorda suyakdan yasalgan mehnat qurollaar ham topilgan. Suyak qurollar 15 nusxada b o iib , ular bigiz, igna, so‘zan va boshqalardir. G ‘oming madaniy qatlamlaridan jami 870ta toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Ular har xil shakldagi nukleuslar, retushlangan va retushlanmagan paraqa va paraqachalar, tosh pichoqlar. arrasimon qurollar, keskich, ushatgich toshlar, nayza va o‘q uchlari, trapesiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollar topilgan. Machay g‘oridan topilgan qurollaming ishlanish texnikasi, katta kichikligi Tojikistonning Vaxsh daiyosi havzasidagi, Markaziy Farg‘ona va Toshkent vohasidagi mezolit qurollariga ancha o‘xshab ketadi. Lekin ulaming o‘ziga xos jihatlari ham bor. Machay g‘orining madaniy qatlamlaridan antropologik materiallar - odam bosh suyaklari, tishi, jag ‘i va boshqa a ’zolarining suyak qoldiqlari topilgan. Haligacha 0 ‘rta Osiyoning mezolit davriga oid yodgorliklaridan bunday topilmalar topilgani yo‘q. Shu jihatdan Machaydan topilgan odam suyaklari juda katta amaliy va ilmiv ahamiyatga egadir. Tadqiqotlar natijasida kalla suyaklarining biri ayol kishiga, biri erkak kishiga va uchinchisi yosh bolaga mansub ekanligi aniqlandi. Antropologik materiallami chuqur o ‘rganish asosida, ulaming qaysi irqqa mansub ekanligi aniqlandi. Ulaming hammasi evropoid irqiga mansub deb topildi. Bu materiallar 0 ‘zbekistonning eng qadimgi aholisini, uning tashqi qiyofalarini aniqlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. G ‘oming madaniy qatlamlarini qazish jarayonida antropologik materiallar bilan bir qatorda xilma-xil hayvonlarning suyaklari - paleontologik materiallar ham topildi. Palezoolog B. Botirov Machay g‘oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklarini topdi. Ular qizil bo‘ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon, dalasichqon, to‘ng‘iz, Buxoro bug‘usi, ayiq, echki, toshbaqa va boshqa yovvoyi hayvonlarga mansub boMgan. Machayliklar asosan arhar va jayron ovlaganlar. G ‘ordan hayvon suyaklarining topilishi bu erda yashagan mezolit davri kishilari ovchilik va termachilik shug‘ullanganliklarini bildiradi. Tadqiqotlar g‘oming mil.av. VII - VI ming yilliklarga mansub ekanligini ko‘rsatdi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling