N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Tuproqqal’a ham o ‘ziga xos qurilish uslubiga ega. U to ‘g‘ri 
to ‘rtburchak shaklida qurilgan bo‘lib, qudratli m udofaa devoriga ega. 
Devor burchaklarida burjlar bor. U 17,5 gektar maydonni (500 x 350) 
egallaydi.
M azkur yodgorlik XX asrning 40 - 50 yillarda S.P.Tolstov boshchili- 
gidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o'rganilgan. Shahar 
markazidan katta ko‘cha o ‘tgan bo‘lib u shaharni ikki qismga boMib 
turibdi. M arkaziy m aydonda qasr va ibodatxonalar joylashgan. Ushbu 
yodgorlikdagi devorlar rasm va haykaltaroshlik namunalari bilan 
bezatilgan. 138 ta haykallar, saroy a ’yonlari, jangchilar, ohular, sozan- 
da ayollar tasvirlangan rasm lar topilgan.
1948-1949 yillarda teri va yog*ochga yozilgan 140 ta hujjat chiqib
ulardan 26 tasi yaxshi saqlangan. Xorazm hududidan 60 ga yaqin 
Kushon tangalari topilib, ular Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka, Vasude- 
valar davrida zarb qilingan.
Qadimgi 
davrda Xorazm
haykaltaroshlik 
maktabida mintaqa 
aholisining tipi aniq m ahorat bilan aks ettirilgan. Haykallarda mahalliy 
aholining kiyim -kechagi va turmush tarzi ham aniq ifoda etilgan. 
Xaykallari asosan Q o‘yqirilgan qal’a, Oq q al’a, Tuproq qal’aladan 
topilgan.
Tuproqqal’aning deyarli barcha zallari haykallar bilan bezatilgan. 
Masalan, saroyning «podsholar zali» deb nomlangan zalining devorlari 
uzun yaxtak, sharovar kiygan erkaklar va burmali ko‘ylakdagi 
ayollarning haykallari bilan bezatilgan. «Harbiylar zali»ning m arkazida 
yirik haykal va uning ikki tom onida o ‘ziga xos bosh kiyimdagi qurolli 
harbiylar haykallari o ‘matilgan. Boshqa bir zalda chordana qilib o ‘tirgan 
podshohni parvozdagi xudolar tom onidan g ‘alaba bilan tabriklash 
lahzalari tasvirlangan. Saroyning yana bir zali m ayxo'rlik bazmi va unda 
raqsga tushayotgan raqqosa va m asharabozlarning bo‘rttirib ishlangan 
haykallari bilan bezatilgan. «Ohular zali»da esa, ohular ketidan eldek 
uchib borayotgan otliq ovchilam ing tasvirlari devorga bo‘rittirib 
ishlangan. Ilgarigi adabiyotlarda Tuproqqa’a Qadimgi Xorazmning 
poytaxti sifatida e ’tiro f qilib kelinar edi, lekin keyingi davrlarda olib 
borilgan tadqiqotlar tufayli m amlakatning diniy marosimlari o'tkazi- 
ladigan sulolaviy markazi ekanligi o ‘z isbotini topdi. Qadimgi Xorazm 
poytaxtining izlari esa, Oqshaxonqal’adan topildi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling