N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
K uchuktepa Qadimgi Baqtriya hududida so‘nggi bronza davriga oid
yodgorlik hisoblanadi. U Surxandaryo hududidagi Ulanbuloqsoy sohilida joylashgan. Yodgorlikni 1962 yilda L.I.Albaum tom onidan topilgan va 1963-1967 yillar davomida tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu tadqiqotlar natijasida uning 2 ta rivojlanish bosqichi ko‘rsatilgan. Keyingi yillarda Baktriya arxeologik otryadining olib borgan tadqiqotlari natijasida yodgorlik sanasi ancha aniqliklar kiritildi va 4 ta qurilish bosqichi aniqlandi: Kuchuk I -m ilo d d a n avvalgi 1300-1000 yillar; Kuchuk II -m ilo d d a n avvalgi 1000-850 yillar; Kuchuk III - miloddan avvalgi 850-650 yillar; Kuchuk IV - miloddan avvalgi 650-450 yillar; Ilk antik davrga o'tish —mil. av. 450-350 yillar; 82 Kuchuktepada 8 metr qalinlikdagi g ‘isht supa ustiga qurilgan atrofi m udofaa devorlar bilan o'ralgan qasr ochildi. Uning quyi uch qatlami so‘nggi bronza davri oid. Bu qatlamlardan qo‘lda ishlangan rangli naqshli sopollar va Sopolli madaniyatiga oid charxda ishlangan sopol idishlar topildi. Toshdan, terrakotadan ishlangan urchuqlar, suyakdan ishlangan igna, bigiz, uchburchak shaklidagi bronza o ‘q uchlari topilgan. Kuchuk II qatlamidan birinchi bor ikki parrakli asosi zo‘g ‘atasimon qilib ishlangan bronza paykonlar topilgan. Bu davrda kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlaming yangi formalari paydo boMgan. Ular bankasimon, cilindr-konus shaklida bo‘lib, gardishi qarmoqsimon qilib ishlangan. Bunday sopol xillari so'nggi bronza yodgorliklarida umuman uchramaydi. Shu sabab Kuchuk II qatlamini olim lar so‘nggi bronza davridan ilk temir davriga o‘tish davri deb hisoblaydilar. 1977 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kuchuk II qurilish bosqi- chidan 4 qator mudofaa devori bilan o ‘ralganligi aniqlangan. Bu devor bronza davridagi devorlardan 2 metr uzoqlikda qurilgan. 4-dev or 4,5 m etr qalinlikdagi madaniy qatlam ustiga qurilgan. 3-devor esa aylana shakldagi burjlar bilan mustahkamlangan. Kuchuktepaning yuqori qatlamlari, y a’ni Kuchuk III va IV qurilish bosqichlari ilk tem ir davriga oidir. Bu davrlarda sopol idishlari faqat kulolchilik charxida ishlangan. Bronza davri Kuchuktepa arxeologik kompleksi Bandixon qishlo- g‘idagi Maydatepadan ham topilgan. Bu yodgorlikda E.V.Rtveladze tadqiqot ishlari olib borib, Kuchuk I va Kuchuk II komplekslari M aydatepada mavjudligini isbotladi. Kuchuk I va Kuchuk II komplekslariga tegishli yodgorliklar Jarqo‘tonning yuqori qatlamidan, Sho‘rchi tumanidagi Qiziltepa, Bo‘yrachitepa, Mirshodi yodgor liklaridan ham topilgan. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling