N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal’a ham o ‘ziga xos qurilish uslubiga ega. U to ‘g‘ri
to ‘rtburchak shaklida qurilgan bo‘lib, qudratli m udofaa devoriga ega. Devor burchaklarida burjlar bor. U 17,5 gektar maydonni (500 x 350) egallaydi. M azkur yodgorlik XX asrning 40 - 50 yillarda S.P.Tolstov boshchili- gidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o'rganilgan. Shahar markazidan katta ko‘cha o ‘tgan bo‘lib u shaharni ikki qismga boMib turibdi. M arkaziy m aydonda qasr va ibodatxonalar joylashgan. Ushbu yodgorlikdagi devorlar rasm va haykaltaroshlik namunalari bilan bezatilgan. 138 ta haykallar, saroy a ’yonlari, jangchilar, ohular, sozan- da ayollar tasvirlangan rasm lar topilgan. 1948-1949 yillarda teri va yog*ochga yozilgan 140 ta hujjat chiqib, ulardan 26 tasi yaxshi saqlangan. Xorazm hududidan 60 ga yaqin Kushon tangalari topilib, ular Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka, Vasude- valar davrida zarb qilingan. Qadimgi davrda Xorazm haykaltaroshlik maktabida mintaqa aholisining tipi aniq m ahorat bilan aks ettirilgan. Haykallarda mahalliy aholining kiyim -kechagi va turmush tarzi ham aniq ifoda etilgan. Xaykallari asosan Q o‘yqirilgan qal’a, Oq q al’a, Tuproq qal’aladan topilgan. Tuproqqal’aning deyarli barcha zallari haykallar bilan bezatilgan. Masalan, saroyning «podsholar zali» deb nomlangan zalining devorlari uzun yaxtak, sharovar kiygan erkaklar va burmali ko‘ylakdagi ayollarning haykallari bilan bezatilgan. «Harbiylar zali»ning m arkazida yirik haykal va uning ikki tom onida o ‘ziga xos bosh kiyimdagi qurolli harbiylar haykallari o ‘matilgan. Boshqa bir zalda chordana qilib o ‘tirgan podshohni parvozdagi xudolar tom onidan g ‘alaba bilan tabriklash lahzalari tasvirlangan. Saroyning yana bir zali m ayxo'rlik bazmi va unda raqsga tushayotgan raqqosa va m asharabozlarning bo‘rttirib ishlangan haykallari bilan bezatilgan. «Ohular zali»da esa, ohular ketidan eldek uchib borayotgan otliq ovchilam ing tasvirlari devorga bo‘rittirib ishlangan. Ilgarigi adabiyotlarda Tuproqqa’a Qadimgi Xorazmning poytaxti sifatida e ’tiro f qilib kelinar edi, lekin keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli m amlakatning diniy marosimlari o'tkazi- ladigan sulolaviy markazi ekanligi o ‘z isbotini topdi. Qadimgi Xorazm poytaxtining izlari esa, Oqshaxonqal’adan topildi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling