N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Sug‘da Afrosiyob, Erqo‘rg‘on, Poykent; Xorazm da
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
Sug‘da
Afrosiyob, Erqo‘rg‘on, Poykent; Xorazm da Y onboshqal’a, A yozqal’a, B ozorqal’a, Tuproqqal’a, Q o‘yqi- rilganqala; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Farg‘onada Axsikent, Koson, M arhamat kabi yodgorliklar, yuzlab qishloqlar shakllandi. Shoshtepa Toshkent shahrining janubiy qismida, Jo ‘n kanali qirg‘og ‘ida joylashgan. Bugungi kunda bu hudud Sergeli tum anining Shoshtepa m ahallasiga qarashlidir. Yodgorlik dastlab qishloq tarzida shakllanib, mil.avv. II asrga kelib shahar qiyofasini ola boshlagan. Q ang‘ davlatining uzoq chegarasida joylashgan bo‘lib, uning shimoliy chegarasidagi strategik istehkom, hunarmandchilik markazi, ko‘chman- chi chorvador aholi bilan o ‘troq dehqonlar o'rtasida olib boriladigan o ‘zaro savdo aloqalari rivojida asosiy vazifani o‘tagan. Saqlanib qolgan qismining umumiy maydoni 300-250 m \ Ilgari u 25 ga maydonni egallagan. Shoshtepa yodgorligida dastlab 1896 yilda N.P.Ostroumov boshchi- ligida Turkiston havaskor arxeologlari qazish ishlarini olib boradilar. Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi 1978-1979 yillarda qazish ishlarini olib boradi. Shoshtepada o ‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida, uning quyidagi bosqichlarini aniqladi: 1. Shoshtepa I-miloddan avvalgi V I-IV asrlar davri bo‘lib, B urg‘uluk m adaniyatining so‘nggi bosqichi davri. 2. Shoshtepa II-mil.avv.II asr bo'lib, Qovunchi I madaniyatiga o ‘tish davri. 102 3. Shoshtepa III-mil.avv. II-I asrlar bo‘lib, Qovunchi I mada-niyati davri. 4. Shoshtepa IV-Qovunchi II madaniyatining birinchi bosqichi, y a ’ni milodiy II-III asrlar. 5. Shoshtepa V-Qovunchi II madaniyatining ikkinchi bosqichi, y a’ni milodiy IV-VI asrlar. 6. Shoshtepa Vl-mil. VII-VIII asrlarga oid 7. Shoshtepa VII-X oxiri XII asrlardagi kulolchilik markazi sifatida faoliyat yuritgan Shoshtepada yo‘lakli aylanma devor qoldiqlari topilgan. M arkaziy bino hochsimon shaklda qurilgan va unga kirish joyida ravoqli peshtoq aniqlangan. Yodgorlik zamonasining nodir m e’moriy obidalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar fikricha, mil.avv. II-I asrlarda shaham ing rivojlangan davri boMgan. Shoshtepadagi tadqiqotlar chogMda tashqi savdo aloqalaridan guvohlik beruvchi ikkita nodir buyum topilgan. Ulardan biri fil suyagidan yasalgan qadahning bir boMagi bo lib, uning hajmi 5-3,5 sm boMgan. Unda erkak kishining siymosi q^bartma qilib tasvirlangan. Ikkinchi bebaho topilma stil’-suyak qalam boMib, milodning I-II asrlariga mansubdir. Suyak qalam 15 sm uzunlikda boMib, bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi tomoni esa o ‘chirgMch uchun romb shaklidagi kurakcha shaklida ishlangan. Shoshtepadan topilgan topil m alar orasida eng diqqatga sazovorlaridan biri nuroniy m o‘ysafidning surati tushirilgan terrakota boMib, unda o ‘sha zamonlarda Choch yoki Shoshda yashagan qadimgi aholining etnik qiyofasi mujassamlashgan. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling