N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koroplastika
Varaxsha Buxoro xukum dorlarining qarorgohi boMib, bu erdan
saroy qoldiqlari bilan bir qatorda devoriy suratlar ham topilgan. M azkur yodgorlik 1938-1953 yillarda tekshirilgan. Varaxsha devorlariga loy suvokdan so‘ng elimli rang bilan suratlar solingan. Ularda podsho,. saroyi hayoti tasvirlangan. Shuningdek, Varaxshadan ganchdan ishlangan haykallar ham topilgan. V araxsha devoriy suratlarida (VII-VIII asrlar) buxorxudodlam ing hayot tarzi, y a’ni saroy hayoti, ibodat va ov manzarasi tasvirlangan. Saroyning sharqiy zali janubiy devorining o ‘ng tom onida qanotli tuya shaklida ishlangan taxtda podsho tasviri, devorning chap tom onida saroy ahlining altar qarshisidagi ziyorati, saroyning qizil zal devoriy suratlarida esa fil mingan ovchining yoMbars bilan olishuv manzarasi tasvirlangan. Panjikent harobasini tekshirish 1946 yildan buyon olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida V-VII asrlarga oid boMgan turar joylar aniqlangan. Turar-joylar jum lasiga Divashtich saroyi, boy va oddiy shahar axolisi uylari kiradi. Boy xonadon uylari murakkab reja asosida qurilgan. Bu erda ham ijtimoiy uylar va 2 ta ibodatxona ochib o ‘rganildi. Saroy va yirik binolarning devorlariga hayotiy va diniy mavzudagi rasm lar solingan. Samarkand, Varaxsha, Panjikent rasmlari ilk o'rta asrlarda 0 ‘rta Osiyoda tasviriy san’at yuqori darajada boMganligini ko‘rsatadi. Ilk oMta asrlarda saroylar haykaltaroshlik namunalari bilan ham bezatilgan. Quva ibodatxonasi Budda haykallari topilgan. Badisatvalar, farishta va jin lar birgalikda tasvirlangan bu F arg‘ona haykaltaroshlik maktabining o'zig a xos tomonlari mavjudligini aks ettiradi. Uning shaklanishida hind ikonografiyasi bilan mahalliy, ilohiy sanamlari o ‘z aksini topgan. Haykaltaroshlik san’atining izlari mil. IV -V asrlarga oid Tohariston- ning K uyovqo‘rg‘on qal’adan topilgan. K uyavqo‘rg‘on haykallari zeb- 124 ziynatli bezaklarga boy engil kiyimlardagi erkak va ayol tasvirlaridan iborat. Ilk o ‘rta asrlar davri monumental m e’morchiligida ganch naqshinkorligi keng qoMlanilgan. Unda antik davr an’analari umuman uchramaydi, balki o‘z zamonasiga xos yangi uslubiy y o ‘nalishi shakllangan. Buni Afrosiyob, Varaxsha va Dumaloqtepa (Tohariston) qasr bezaklarida uchratish mumkin. Monumental san’at bilan birgalikda ilk o‘rta asrlarda amaliy san’atning barcha y o ‘nalishlari rivojlangan. Ular shaharlaring rivojlanishi va shahar hunarmandchiligining taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan edi. Oltin va kumushdan har xil idishlar yasash ko‘lami kengayadi. Ayniqsa, bu m asalada Xorazm maktabi, Tohariston va So‘g‘d ustalari katta yutuqlarga erishadilar. Arxeologik qazish materiallari va tasviriy san’at asarlari ilk o ‘rta asrlar davrida zargarlik va tosh o'ym akorlik san’ati yuksak darajada rivojlanganligini tasdiqlaydi. V-VI asrlarda oliy nasabli mulk egalari- ning shaxsiy muhri sifatida qimmatbaho ♦tosh-serdolikdan gemmalar yasash davom etgan. Ilk o ‘rta asrlar madaniyatida sanam lar yasash va ularga oilaviy sigMnish keng tus olgan. Ular Baqtriyada, So‘g‘dda, Choch va Farg‘onada mavjud boMgan. Arxeologiyada «koroplastika sanamlari» deb nom olgan badiiy san’atning markazi So‘g ‘diyona boMgan. Koroplastika Samarqand, Rabinjon, halibarzu, Kofirqal’a, Buxoro, Poykent va Erqo‘rg‘onda ko‘plab uchraydi. Ular oilaviy kult obrazlari, qahramonlik epos va rivoyatlarining personajlari sifatida ilk o 'rta asrlar madaniyatida keng o ‘rin olgan. Koroplastika bu haykalchalar boMib, ko'pincha sopoldan ishlangan, uning mum, gips va boshqa materiallardan ishlangani ham topiladi. Koroplastikada ko‘pincha ayol- ma’budalam iing xaykalchalari ishlangan. Lekin mil.avv.II asrdan erkak kishi va hayvonlarning koroplatikalari ham uchraydi. Sopol ko‘za va tut^tkich dastalarini har xil hayvonlar shaklida ishlash an’anaga aylandi. Ilk oMta asrlarda hunarmandchiligida ostodonlar tayyoriash keng rivojlandi. Chunki zardushtiylik dinida murdalarni bevosita erga ko‘mishni taqiqlagan va ularning tozalangan suyaklarini ostodon deb atalgan maxsus sopol yashiklarda ko‘mishni taqozo etgan. Bu sopol yashiklarning qopqoqlari va devorlarining tashqi tomoni har xil bo‘rtma naqshlar-ilohiy personajlar va m e’moriy kolonnalar, daraxt va o'sim lik barglari bilan bezatilgan. Ostodonlarning ishlanishi turli joylarda turlicha boMgan. Masalan: Xorazmda m e’moriy va statuar ostodonlar, 125 C hochda chizm a naqshli yashiksim on ostodonlar, So‘g‘da esa otashparastlik ilohiyati e ’tiqodi bilan bogMiq bo‘lgan syujetli ostodonlar keng tarqalgan. Ostodonlar maxsus inshoot - nauslarda saqlangan. VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning boshlarida 0 ‘rta Osiyo hududlariga islom diniy mafkurasining kirib kelishi mahalliy m adaniyat rivojlanishida to ‘sqinlikni keltirib chiqardi. Islom aqidashunosligi m ahalliy m uhitga majburan kiritildi, mahalliy an ’anaviy badiiy m adaniyat va san ’at olami islomiylashdi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling