N. A. Egamberdieva


M ezolit davri va uning bosqichlari


Download 11.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/64
Sana31.01.2024
Hajmi11.72 Kb.
#1832627
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
download-edfiles-19468

M ezolit davri va uning bosqichlari
Tardenauz makonlarida 
mikrolit qurollar juda ko‘p uchraydi. 
Ular juda mayda boMib, ba’zilari 1 sm ga etar etmas boMgan, 2 sm 
lilari esa kam uchraydi. 
Mikrolitlar turli xil geometrik shaklda 
boMgan (uchburchak, trapetsiya, romb). Ularning 
ishlatilishi haqida
2 xil fikr mavjud:
1) tayoq uchidagi yoriqqa tiqilgan va kamon o‘qi yasalgan.
2) suyak yoki yog‘och qurolllarga taqab o‘tkir tig‘ hosil qilingan.
0 ‘rta Osiyo mezoliti industriyasini o‘rganish orqali olimlar ulardagi
rivojlanish jihatlarini aniqladilar. Shu asosda ularni ilk, o‘rta va so‘nggi 
bosqichga boMdilar.
Ilk mezolit bosqichi yodgorliklarida mikrolit texnikasi endigina 
paydo boMgan. Bunday yodgorliklarda geometrik shakldagi (segment, 
trapetsiya, uchburchaksimon) tosh buyumlar kam uchraydi. Mikropa- 
raqalar kam. 
Bu davr yodgorliklarida so‘nggi paleolitga doir 
qirg‘ichchalar, o ‘zaklar, paraqalar ko‘p tarqalgan.
0 ‘rta mezolit bosqichida geometrik shakldagi mikrolit qurollarning 
yirik va qalinroq turli tiplari paydo bo'ladi. QirgMchchalarning har xil 
shakldagilari 
vujudga keladi. 
Bunday qurollar ko‘pincha tosh 
siniqlarining qirra tomonlariga va paraqalarning uchqir tomonlariga tig‘ 
chiqarish usuli bilan yasalgan, ularning hajmlari ancha kichiklashtirilib, 
takomillashtirilgan. 0 ‘zaklardan pichoqsimon uchirma ajratib olish 
texnikasi vujudga keladi. 0 ‘rta mezolit davri yodgorliklarining yana bir 
xususiyati qayroqtoshlardan yasalgan qurol va qirg‘ichlarning borligidir.
So‘nggi mezolit davrida mehnat qurollarining ko‘pchilik turlari 
maydalashgan. Qalamsimon mitti o‘zaklar soni ko‘paygan. Tosh bigiz


paydo boMgan. Ikkala uchli tomonlari yo‘nilgan shakldagi paraqalar va 
mikroparaqalar soni ko'payadi. Bu davr yodgorliklarida qurollami 
yasash texnikasi murakkablasha boradi.
Bu bosqichlarga oid yodgorliklar quyidagi guruhlarga ajratilgan:
1. Ilk mezolit bosqichi miloddan avvalgi XI-X ming yilliklami 
o‘z ichiga oladi. Ko‘shilish madaniyatida o‘z aksini topgan.
2. 0 ‘rta mezolit bosqichi miloddan avvalgi IX—VIII ming yilliklar 
boMib, Obishir madaniyatida o ‘z aksini topgan.
3. So‘nggi mezolit bosqichi miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklar 
boMib, Machay madaniyatida o ‘z aksini topgan.
0 ‘zbekistondagi mezolit davri yodgorliklarida prizma, konus, pona 
shakllaridagi nukleuslar topilgan. Tosh paraqalari birtomonlama kertma 
tarzda o‘tkirlangan. QirgMch qurollari tosh uchrindilardan va parcha- 
laridan 
ishlangan. 
Shuningdek, 
togMi 
hududlarda 
nukleuslar 
qayroqtoshlardan boMgan.
0 ‘zbekistonda ilk mezolit davriga oid manbalar XX asr boshlarida 
topilgan. Mezolit davrini sistemali o ‘rganishni A.P.Okladnikov boshlab 
bergan. Keyinchalik Katta va Kichik Balxash hududlarida ko‘p 
qatlamli 
mezolit davriga 
oid yodgorliklar, Ustyurtda, Markaziy 
Farg‘onada, Qizilqum, Pomirda mezolit yodgorliklari ko'plab topilgan.
A.M.Mandelshtam, X.Yu. Yusupov, Yu.A.Zadneprovskiy, OMslo- 
mov-Farg‘onada, E. Bijanov, V.Yagodin, 
A.Vinogradov, G.Xodja- 
niyozovlar Ustyurtda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Lekin 0 ‘zbekiston 
mezoliti boshqa davrlarga nisbatan kam o‘rganilgan. OMslomov shu 
kunga qadar 0 ‘zbekiston hududida o ‘rganilgan yodgorliklarni uchta -
Farg‘ona, Toshkent va Surxandaryo territorial xususiyatlarga boMdi.
Qo‘shilish makoni 
Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv 
anhorining chap sohilidan topilgan. U erdan nukleuslar, mayda 
paraqachalar, qirgMchlar topilgan. Q o‘shilishning madaniy qatlamidan 
topilgan mazkur qurollar so‘ngi tosh davri qurollariga nisbatan o‘zining 
ancha ixchamligi va qurol turlarining xilma—xilligi bilan ajralib turadi. 
Bu erdan topilgan nukleuslar va qirgMchlar Farg‘onadagi Obishir I, Y, 
AchchikoM va Machaydan topilgan nukleuslar va qirgMchlarga o‘xshab 
ketadi. Lekin Qo‘shilishdagi qurollar ancha qadimiy arxaik xususiyatga 
egadir. Qo‘shilishdan topilgan qurollarda o‘ziga xoslik ham bor, ya’ni 
bu erda geometrik shaklda yasalgan qurollar uchramaydi. Shuningdek, 
Qo‘shilishda boshqa makonlarda boMgan pichoqsimon 
paraqalar 
topilgan emas. Qo‘shilish qurollarining ba’zilari 
Yaqin va 0 ‘rta


Sharqdagi Shanidavr, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollar- 
ga o ‘xshab ketadi.
Farg‘ona vodiysida va 
uning janubidagi togMi 
hududlarda 
mezolit davri makonlar 
ancha 
ko‘p topilgan. Shular jumlasiga, 
Farg‘ona vodiysining janubidagi Qatron tog‘idan topilgan Obishir
I va Obishir V g‘or-makonlarini kiritish mumkin. Ular miloddan 
avvalgi IX-VIII ming yilliklarga oiddir.

Download 11.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling