N. A. Egamberdieva


Arxeologik davrlashtirish


Download 11.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana31.01.2024
Hajmi11.72 Kb.
#1832627
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
download-edfiles-19468

Arxeologik davrlashtirish 
(«blis-so‘rov» uslubi)
G uruh
bahosi
Guruh
xatosi
To‘g‘-
ri
javob
Yak­
ka
xato
Yakka
baho
Davrlar nomi
Mezolit
Ilk temir davri
Bronza
0 ‘rta asrlar
Neolit
Eneolit
Antik
Ashel
Arxaik
Olduvay
6-5 to‘g‘ri javob "qoniqarli"
8-7 to‘g‘ri javob "yaxshi"
9-10 to‘g‘ri javob V lo "
Yodda tuting! So‘nggi paleolit davrida
■ kromanon odam yashagan.
■ urug‘chilik va matriarxat tuzumi boshlangan.
diniy tasavvurlar, irqlar vujudga kelgan.
■ qoya tosh suratlari, haykaltaroshlik paydo boMgan.
■ M ehnat qurollarini ishlashda retushlash qoMlanilgan.
■ Pichoqlar paydo boMgan.
■ Suyakdan gaipun, igna, bigiz ishlaganlar.
■ 0 ‘rta Osiyoda 30dan ortiq joydan makonlar topilgan.
4-§. Mezolit davri va uning bosqichlari.
Er yuzida muzliklaming chekinishi natijasida iqlim o‘zgaradi. Bu 
esa, o‘z navbatida ibtidoiy odamlarning turmush tarzida o'zgarishlarga 
olib keladi. Olimlar bu davming o ‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga 
olib, uni o ‘rta tosh davri, ya’ni mezolit davri deb belgilaganiar.
«Mezolit» so‘zi yunoncha «mezos»-o‘rta, «litos»-tosh so‘zlaridan 
kelib chiqqan boMib, miloddan avvalgi 12 ming yillikdan 7 ming 
yillikgacha davom etgan.


Mezolit davrida iqlimning o ‘zgarishi bilan hayvonot dunyosi 
ham o‘zgaradi. Paleolit davridagi yirik hayvonlar yo‘qolib, ular 
o‘miga tez chopar va mayda hayvonlar: arhar, muflon, tog‘ echkisi, 
bug‘u, jayron, qulon, quyon, arslon, yo‘lbars, bars, qoplon va boshqa 
hayvonlar paydo boMdi. Ulami ilgaridagidek ovlash ibtidoiy odam 
uchun murakkablik tug‘dirdi. Natijada o‘q-yoy ixtiro qilindi. Bu mezolit 
davrining eng katta yutug'i edi. 0 ‘q yoyning kashf etilishi xo‘jalikda 
ovning ahamiyatini oshirdi. Endi ibtidoiy ovchilar uzoqdan turib o‘z 
oMjasini nishonga olish imkoniyatiga ega boMdilar va oziq-ovqatga 
bo‘lgan talabni qondira oldilar.
0 ‘simliklar dunyosida ham issiqtalab o‘simliklar salmog‘i oshdi. 
Daryolaming sersuv boMishi baliqchilikning vujudga kelishiga va 
dastlabki qayiqlaming paydo boMishiga olib keldi. Bu esa ibtidoiy 
odamning turmush tarzini o‘zgartirdi.
Ibtidoiy ovchilar hayvonlar (asosan bug‘ular) izidan yurib, yangi- 
yangi erlami o‘zlashtirib bordilar. Shu sababli, mezolit davri odamlari 
keng hududlarga tarqalganlar. Mezolit davrida 
0 ‘rta 
Osiyoning 
deyarli barcha hududlari yashash uchun qulay boMgan. Amudaryo 
bilan Sirdaryo oraliqlarida mezolit davriga oid yodgorliklar ko‘p 
uchraydi.
Bu davr jamoasida diniy tasavvurlar ma’lum bir shaklga kirdi. Bu 
haqda mezolit davri mozorlari, qoyatosh rasmlari darak beradi. 0 ‘rta 
Osiyodagi mezolit davri yodgorliklaridan 
3tasida - Qayla, Tutkaul, 
Machay makonlarida mozorlar topilgan. Ular mezolit davrining so‘ngi 
bosqichiga taalluqli. Qayla g'orida 2 mozor o‘rganilgan. Skeletlar 
chalqanchasiga 
yotqizilib, oyoqlari 
biroz 
bukilgan, ustiga 
oxra 
sepilgan. Yonlarida dengiz chig‘anoqlaridan yasalgan taqinchoqlar 
topilgan. Bosh suyagi ustiga ham mayda tosh munchoqlar tizib 
chiqilgan. Boshqa mozorlarda ham shu holat kuzatilgan. Bulami 
barchasi narigi dunyoga ishonishni bildiradi.
Jahon arxeologiyasida mezolit davri 2 bosqichga: Azil va 
Tardenuazga boMinadi. (3-jadval) Ular Fransiyadan topilgan makonlar 
nomlari 
bilan 
atalgan. 
Azil 
davri 
tosh 
qurollarining 
asosiy 
xususiyatlaridan biri - m ikrolit qurollarning yasalishidir (yunoncha 
mikros-kichik). Ular asosan o‘q uchi vazifasini bajargan. Ularning 
ko‘pchiligi tol bargiga o‘xshash boMgan.


3-jadval

Download 11.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling