N. A. Egamberdieva
VA 0 ‘RGANILISH BOSQICHLARI
Download 11.72 Kb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-19468
VA 0 ‘RGANILISH BOSQICHLARI
l-§. Arxeologiyaning tadqiqot manbai va uning vazifalari Kishilik jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O lz navbatida o ‘tmishni o‘rganish - har bir davming dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Arxeologiya fani ham tarixning tarkibiy qismi boMib, gumanitar fanlar orasida alohida o ‘rin tutadi. «Arxeologiya» - so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib - «arxayos»- qadimgi, «logos»-fan so'zlaridan tarkib topgan. Qadimiyat haqidagi fandir (Qadimshunoslik). Uni dastlab, miloddan avvalgi IV asrda Aflotun «Gippiy» dialogida, qadimgi zamon haqidagi fanni nazarda tutib ishlatgan. Shu tariqa bu so‘z qadimgi Yunonistonda qo'llanil- gan va o'tmish masalalari muhokamasi ma’nosini anglatgan. Vaqt o'tgach. uning ma’no doirasi ancha o‘zgarib, kengayib borgan va tarix fanining muhim tarmoqlaridan biriga aylangan. Arxeologiya - moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyatning o ‘tmishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Arxeologik manbalar tarixiy manbalarga nisbatan ancha qadimiydir. Uning ilk davri 2,5-3 million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat deb faraz qilsak, uning 23 soat-u 56 daqiqasi yozma manbalarsiz davrga, 4 daqiqasi yozma tarixga to‘g‘ri keladi. Demak, kishilik tarixining juda katta davrini o'rganish arxeologik manbalarga tayanib olib boriladi. Arxeologik m an b alar arxeologik yodgorliklardir, ya’ni inson tomonidan yaratilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g‘or va ungirlar, mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari, qoyatosh rasmlari, shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozma manbalar ham kiradi. Arxeologlar kishilik madaniyati tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarga tayanib ish ko'radilar. Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o‘rganish birdan bir maqsad qilib oiinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o‘sha zamon nafasini tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalar tarixiy tadqiqotlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga ega boMadi. Buyumlaming yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubda yasalganini aniqlash tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Download 11.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling